UDK531.(371.3)
Begmatova Dilfuza Abdullajonovna
O‘zMU p.f.n. dotsent
Jumayeva Lobar Shokir qizi
DTPI, talaba
Didactic basis of the use of computer technology in teaching physics
Abstact
The article discusses the didactic basis of the use of pedagogical software in teaching physics. Methods of using computer technology and didactic requirements are studied in the educational process.
Key words: computer technologies, educational film, virtual model, simulator, didactics, software.
Дидактические основы использования компьютерных технологий в обучении физике
Аннотация
В статье рассматриваются дидактические основы использования педагогических программ в обучении физике. В учебном процессе изучаются методы использования компьютерных технологий и дидактические требования.
Ключевые слова: компьютерные технологии, учебный фильм, виртуальная модель, тренажер, дидактика, программное обеспечение.
Fizika o‘qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari
Annotatsiya
Maqolada fizika o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning didaktik asoslari haqida so‘z boradi. Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish metodlari va unga qo‘yilgan didaktik talablar o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: кompyuter texnologiyalari, o‘quv filmi, virtual model, simulyator, didaktika, dasturiy vosita.
Kirish (Introduction). Simulyatorlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni beqiyos hisoblanadi, xususan ta’lim jarayonining samaradorligi o‘qituvchilarning, talabalarning mustaqil faoliyatini faollashtirishga bo‘lgan intilishlari bilan aniqlanadi. Biz taklif etayotgan “Interactive physics” simulyatori orqali talabalarning intiluvchanlik, izlanuchanlik, topqirlik xislatlarini tarbiyalash va shaklantirish, mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishda fizika ta’limi jarayonida foydalanish katta natijalarga olib keladi. Ayrim tajribalarni talaba faqat laboratoriya hamda namoyish tajribalrini o‘tkazish xonalaridagina bajarishi mumkin. Simlyatorlardan foydalanilganda esa, talaba o‘zining shaxsiy kompyuterida fizikaviy tajribalarni modellashtirishi, virtual laboratoriya ishlarini bajarishi mumkin bo‘ladi. Biz yaratgan masofaviy ta‘lim platformasi orqali o‘quvchi internetga kirib, unga tegishli bo‘lgan topshiriqni olishi va bajarilgan topshiriqni o‘quvchilarning elektron pochtasiga yuborishi mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar orasida kommunikativlik xislatini rivojlantirishga olib keladi. Quyida biz “Interactive physics” simulyatoridan foydalangan holda ta‘lim jarayonini tashkillashtirish masalasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |