WWWning yaratilish tarixiga biroz nazar tashlasak, 1989 yili CERN (Yevropa elektron zarralar fizikasi laboratoriyasi) tadqiqotchilari o’z oldilariga shunday tizim yaratish masalasini qo’yishadiki, bu tizim turli ilmiy guruhlar o’zaro aloqa qilishlarini ta’minlashi kerak edi. CERN tadqiqotlarida turli shaharlarda faoliyat ko’rsatuvchi ilmiy markazlar va doimiy axborot almashishga qiziqqanlar qatnashdilar. Biroq bu oson kechmadi, matnni ko’rish yoki grafik tasvirlarni ko’rishda doimo qidirilayotgan hujjatning joylashgan o’rnini qidirishga va bu harakatlarni bajarish uchun bir necha amaliy dasturlardan foydalanishga to’g’ri keldi. TelNet, FTPlarga o’xshash, grafik tasvirlarni ko’ruvchi dasturga o’xshash dasturlar kerak bo’ldi. Shuning uchun tizimni ishlab chiqishda, maqsadga yetish uchun juda ko’p oraliq qadamlardan foydalanildi. 1990 yil oxirida CERN tadqiqotchilari matn va grafik holatlarda ko’rish uchun NeXT oilasiga tegishli dastur yaratishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |