1991 yilda WWW tizimi CERN da keng foydalanila boshladi. WWWning dastlabki foydalanuvchilariga gipermatnli hujjatlar va UseNet telekonferensiya maqolalariga kirish huquqi berildi. Rivojlanish bosqichida Internet servis turlariga interfeys qo’shildi (WAIS, FTP va boshqalarga o’xshash); 1992 yili CERN WWW loyihasi to’g’risida juda keng ma’lumot tarqatishni boshladi. Internetning butun jahon jamiyati tomonidan tan olinishi turli xil, rang-barang ma’lumotlarga kirish imkoniyati paydo bo’lganidir. Ko’p sonli WWW serverlari yaratildi. Ba’zi jamoalar WWWdan foydalanuvchilar uchun ishlashni osonlashtiruvchi dasturlar yozishga kirishishdi. 1993 yildan boshlab WWW Internetning resurslari ichida eng ommaviysiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |