DTPI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI 1-KURS 8-GURUH BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI TALABASI XO’SHBAQOV BEHRUZNING BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN MUSTAQIL ISHI - BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI VA UNING ELEMENTLARI
- Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: ayrim voqealarni bilish, o’rganish usuli va alohida usul, harakat usuli yoki ko’rinishi.
- Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega bo’lib, har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o’z usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan quyidagi usullar ma’lum; hujjatlashtirish; inventarizatsiya; baholash; kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; hisobot. Ushbu tushunchalar usul elementlari ham deyiladi.
- Ikkinchi ma’noda - alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo’llaniladigan usullar yig’indisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi.
- Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni yechish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo’yiladigan talablar xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.
- Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo’ladigan barcha xo’jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag’larni aks ettiruvchi axborotlarni shakllantiradi. Har Xil jarayonlarda sodir bo’ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag’lar turi va manbalari juda ko’pdir. Har Bir xo’jalik operatsiyasi mablag’lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirish hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi.
Lekin xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo’qolish, mablag’larni qabul qilish va topshirshp paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o’g’riliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og’ishishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo’layottanda emas, balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy qo’shimchalar, ya’ni qayta ro’yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko’rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi
Buxgalteriya hisobining obyektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning ustidan
alohida guruhlar bo’yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag’lari va hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida mablag’larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo’yicha tashkil qilish kerak bo’ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag’lari ularning joylashgan joylari bo’yicha hisob-kitob, valuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo’lishi kerak. Shu bilan birga bunday guruhlash ko’pincha yetarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, navi, katta-kichikligi va hokazolar to’g’risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. Shunga o’xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablag’lar manbalari va xo’jalik jarayonlari bo’yicha ham amalga oshiriladi
Buxgalteriya hisobi, aniq obyektlarning keng bo’lgan tarkibi korxona xo’jalik mablag’larini doimiy ko’zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo’jalik mablag’larini ikki, ya’ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab, ko’rsatadigan buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Хo’jalik mablag’larini aks ettirishning bunday tartibi ularning barcha yig’indisini o’zaro bog’langan holda ko’rish imkonini beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni yengillashtiradi.
Хo’jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko’zdan kechirish buxgalteriya hisobida ularni tavsiflovchi ko’rsatkichlar ustidan kuzatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko’rsatkichlar xo’jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo’yicha belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma’lumotlari asosida budjet bajarshshshining yig’ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisob-kitoblarning ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko’rsatkichlarnin to’g’riligini va ularning o’tgan davrdagi xuddi shunday ko’rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning xuddi shunday ko’rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlaydi.
- Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi, desak bo’ladi. Bu usullardan foydalanish buxgalteriya hisobining muhim vazifalari hisoblangan korxona va uning tarkibiy bo’linmalarini boshqarish, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash kabi muhim bo’lgan vazifalarni yechishni ta’minlaydi. Korxonada operativ boshqarish hujjatlari va schyotlari ma’lumotlari bo’yicha har kuni amalga oshiriladi, lekin u uzoqroq bo’lgan muddatdagi korxonalar ishini chuqur tahlil qilish imkonini bermaydi. Хo’jalik faoliyati natijalarini uzoq bo’lgan vaqtlar uchun har tomonlama va mukammal taxlil qilishni faqat balans va hisobot yordamidagina amalga oshiriish mumkin
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |