ONA TILI VA ADABIYOT
46.Nisbat o„zgarishi o„timli-o„timsizlikka ta‟sir qilgan fe‟l
juftligini ko„rsating.
A) o„qidi-o„qitdi B) keldi-keltirdi
C) bajarishadi-bajartirdi D) yig„ladi-yig„landi
47.
Tanaffus bo‘ldi deguncha do‘mbirasini chalib,
hammani og‘ziga qaratadi, goh kuldiradi, goh
yig‘latadi. (O. Yoqubov)
O„timli fe‟llarning soni nechta?
A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta
48.
Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda
qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo
keltirmasdi.
To„g„ri hukmni toping.
A) 3 ta yasama fe‟l bor.
B) 2 ta orttirma nisbat shakli bor.
C) 2 ta sifatdosh shakli bor.
D) 3 ta o„timli, 1 ta o„timsiz fe‟l bor.
49.
Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan
kosasini tushirib sindirdi, buni ko‘rgan kelini nordon
so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron qildi.
Ushbu gapda nechta o„timsiz fe‟l qatnashgan?
A) 5 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta
50.
Kelin esa eri keltirib bergan yog‘och kosada
qaynotasiga ovqat bera boshladi.
Gapdagi fe‟llarning umumiyligi nimada?
A) barchasi sof fe‟l
B) barchasi yasama fe‟l
C) barchasi qo„shma fe‟l
D) barchasi yetakchi va ko„makchi fe‟l
51.
Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, ma’sum
so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning
qayg‘u-alamlarini yengillashtirardi.
Necha o„rinda nisbat qo„shimchasi mavjud?
A) 5 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta
52. Qaysi qo„shma so„zning sinonimi sodda yasama so„z
emas?
A) bayon etmoq-so„zlamoq B) uf tortmoq-uflamoq
C) tiqir etmoq-tiqirlamoq D) hamnafas-yaqin
53.Orttirma nisbat ma‟nosi kuchaygan sodda yasama fe‟lni
toping.
A)o‟qittir B)ishlattir C)yozdirildi D)to‟ldirg‟iz
54.Qizlar qoshlariga o‟sma qo‟yishardi. Ma‟no ko‟chish
turini aniqlang.
A)metafora B)metanimiya
C)sinekdoxa D)vazifadoshlik
55. Qaysi qatorda so‟zlarning birinchi bo‟g‟ini jarangli
undosh bilan tugagan?
A) ko‟ngil, dengiz B) tanga(pul), yanga
C) sajda, mengiz D) ingliz, fransuz
56. Akademik(ot)-- akademik(sifat) so‟zlarida urg‟u qaysi
qatorda to‟g‟ri izohlangan?
A) Har ikki so‟zning ham oxirgi bo‟giniga urg‟u tushadi.
B) 1-so‟zda 1-bo‟ginga, 2-so‟zda oxirgi bo‟g‟inga
C)1-so‟zda oxirgi, 2-so‟zda 3-bo‟g‟inga
D)1-so‟zda 3-bog‟inga, 2-so‟zda oxirgi bo‟ginga urg‟u
tushadi.
57.Jarangsiz til undoshlari qator kelgan bir bo`g`inli
so`zlarni toping.
A) baxt, daraxt B) fasl, estrada
C) do`st,shaxs D) bahs,sport
58. Qaysi javobda paronimi mavjud bo„lgan ot berilgan?
A) asil B) halol C) xiyla D) ta‟rif
59. Qaysi javobdagi gapda tinish belgilarining ishlatilishi
bo`yicha qoidalarga rioya qilinmagan?
A) Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday, qanaqa, qaysi,
so`roqlariga javob bo‟ladi.
B) O`zbek, qirg`iz, qozoq, turkman, tojik – barchamiz bitta
yurtning farzandlarimiz.
C) Yana uvlar dahshat shamoli, Ko`kni qora bulut quchadi.
D) Taqdirin qo`l bilan yaratur inson, G`oyibdan kelajak
baxt – bir afsona.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |