Drawing
rasm chizish
Groupmate
gruppadosh
Meet
uchrashmoq
Visit
ziyorat qilmoq
Walk
Yurmoq.
Short
Qisqa.
Country
Mamlakat.
Boil
Qaynamoq.
Glasses
Ko'zoynak.
Painting
Bo'yamoq.
Stay
Qolmoq.
Birthday party
Tug'ilgan kun bazmi.
Dictionary
Lug'at.
Library
Kutubxona.
Dress
Kiyim.
Skirt
Yubka.
Typical
Odatiy.
Study
Oʻrganmoq.
Exactly
Aniq.
Thin
Ingichka.
Already
Allaqachon.
Appearance
Tashqi ko’rinish.
Architecture
Me'morchilik.
Blond
Sariqsoch.
Blouse
Bluzka.
Boyfriend / Girlfriend
Yigiti.
City
Shahar.
Detail
Tafsilot.
Describe
Tasvirlab bermoq.
Important
Muhim.
Kettle
Choynak.
Life
Hayot.
Lipstick
Lab bo'yog'i.
Next
Keyingi.
Phone
Telefon.
Ponytail
Kokil.
Portrait
Portret.
Slim
Ozg’in.
Sociology
Jamiyatshunoslik.
Tie
Bog'lash.
Village
Qishloq.
Wavy
To’lqinli, jingalak.
/////////////////////////////////////////////
Present Continuous: Uses|Hozirgi davom zamonning ishlatilishi
Present continuous zamoni asosan quyidagi holatlarda ishlatiladi:
Biz so’zlayotgan paytda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni tasvirlashda:
Masalan:
You are listening to me. (Siz meni tinglayapsiz.)
My friends are chatting. (Mening do’stlarim suhbatlashayapdi.)
2. Bundan tashqari, Present continuous zamoni vaqtincha sodir bo’layotgan ish-harakatlarni ifodalashda ham ishlatiladi.
Masalan, sizning noutbukingiz buzilib qoldi va siz uni ta’mirlash uchun ustaga berib keldingiz. Usta sizni kompyuteringizni tuzatgunicha, siz singlingizning kompyuteridan foydalanib turayapsiz. Bu esa, present continuous zamoni bilan quyidagicha aytiladi: I am using my sister’s laptop. (Men singlimning kompyuteridan foydalanayapman.)
Aytaylik, sizning dadangiz ishga o’zining shaxsiy mashinasida boradi. Ammo, ikki kun bo’ldiki u manziliga metroda qatnayapti, chunki uning mashinasi ustaxonada. Bu esa, present continuous zamoni bilan quyidagicha aytiladi: My dad is taking the metro these days. (Mening dadam shu kunlarda metrodan foydalanyapdi.)
Ko’rib turganingizdek, ushbu ikkita holatda ish harakat vaqtincha sodir bo’lyapti. Ya’ni, siz hamma vaqt singlingizning kompyuteridan foydalanmaysiz yoki sizning dadangiz hamma vaqt ishga metroda qatnamaydi. Bularni hammasi vaqtincha.
3. Present continuous zamoni shuningdek, allaqachon rejalashtirib bo’lingan ish-harakatlarni ifodalashda ishlatiladi. Bunday ish harakatlarning o’zgarishi, ya’ni sodir bo’lib yoki bo’lmay qolishi odatda kutilmaydi.
Aytaylik, sizning ammangiz Londonda yashaydi. U sizga kecha qo’ng’iroq qildi va sizning yakshanba kuni bo’ladigan tug’ilgan kuningizga kelish uchun allaqachon, chipta sotib olganini aytdi. Demak, uning kelishi aniq va rejalashtirilgan. Shuning uchun siz present continuousda bemalol, My aunt is coming to my birthday, ya’ni (Mening ammam tug’ilgan kunimga kelayapti) deb aytasiz.
Yoki, siz do’stingiz bilan uchrashib dam olish kuni ertalab tennis o’ynashga kelishib oldingiz. Shu sababdan, siz yakshanba kuniga boshqa hech narsani rejalashtirmadingiz. Demak, sizning tennis o’ynashingiz oldindan rejalashtirildi. Buni esa, present continuous zamonida quyidagicha ifodalaysiz: I am playing tennis with my friend at the weekend. (Men dam olish kuni do’stim bilan tennis o’ynayapman.)
My aunt is coming to my birthday party on Sunday.
I am playing tennis with my friend at the weekend.
Ko’rib turganingizdek, ushbu ikkita misolda, ya’ni ammangizni tug’ilgan kunga kelishi va do’stingiz bilan dam olish kuni tennis o’ynashingiz oldindan rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |