6-mavzu. DRAPIROVKALAR, TAXLAMALAR VA SOYALAR.
DRAPIROVKA VA TAXLAMALAR RASMINI CHIZISH
REJA
1. Rukik burma va drapirovkalar rasmini chizish.
2. Oddiy va murakkab burmalar rasmini chizish.
3. Drapirovka rasmiui chizish.
Kiyim shakli bilan gazlama orasida o‘zaro bog'liqlik mavjud. Masalan, XVI—XVII asrlarda juda qalin va og'ir gazlamalar — movut, duxoba, kashmir, baxmal, parcha va h.k. to'qilar edi. Ular o‘sha zamonlarning murakkab, qo'pol kiyimlariga mos tushadi. Hozir esa kiyimning xarakteri o‘zgardi, og'ir, qo‘pol shakllar o'rniga, fakturaviy xossalarga ega bo'lgan yengil gaz- lamalar rasm bo‘ldi.
Erkin tushib turmagan gazlama bo'lagini ko‘zdan kechirib, uning sirtida xuddi to‘lqinlarga o'xshab bir-birining ustiga chiqib ketgan boliqlik va qavariqliklar hosil bo‘lishini ko'rish mumkin. Har xi! gazlamalar (jon, ip gazlama, baxmal, parcha va h.k.) hosil qiladigan burmalar bir-biridan ancha farq qiladi. Ular yirik, mayda, ravon va siniq bo‘ladi. Agar burmalar osilib tursa, uning burmalari konusli va silindr shakllarni hosil qiladi. Kiyim odam gavdasiga bog‘liq bo'ladi, shuning uchun burmalar odamning gavda tuzilishini hisobga olgan holda hosil qilinadi.
Burmalarni to‘g‘ri tasvirlash uchun ularni sinchiklab o'rganish lozim, aks holda rasm hech narsaga o'xshamaydigan va hech narsani ifodalamaydigan kiyim qiyofasida, pala-partish yotgan shtrixlardan iborat bo'lib qoladi.
Gazlamani asliga qarab chizishdan oldin bir necha bo'lagini olib, stolga qo'yish, devorga yoki stul suyanchig'iga osib qo'yish, manikenga yopishtirish kerak. Shunda har qaysi bo'lak turlicha draplanadi. Hosil bo‘lgan draplami bir-biriga taqqoslab, bur- malar orasidagi farqni ko'rish va ularning shaklini tahlil qilish mumkin.
Rasmda gazlamalarning bukmalarini aks ettirish lozim, buning uchun awal botiq va qavariq joylarni chiziq hilan belgilab olish kerak. Bu chiziq ravon bo'lishi, o‘ng va chap tomonlarida bukiqlar hosil qilishi darkor.
Burmalami rasmning asliga taqqoslab, barcha ahamiyatli va xarakterli elementlarni belgilab qo'yish kerak. Soya, yarim soya va yorug'likni esa shtrixlab qo‘yish lozim. Natijada bur- malarning hajmiylik taassuroti kuchayadi.
Burmalarning tasviri murakkablashtiriladi: parallel boMmagan kapalaknusxa burma va boshqa burmalar rasmini xayolan chizish lozim. Murakkabroq burmalami rejalash va yasash tartibi ham xuddi oddiy burmalarnikiga o'xshash bo'ladi.
Drapirovkalar rasmini chizish kiyim modelidagi qonuniyatni his qilish va tushunishga o'rgatadi hamda drapirovkaning o‘zi fasonda ko'zda tutilgan kiyimlaming rasmini chizishga olib keladi.
Drapirovkaning asliga qarab chizishda awal gazlama bo‘- lagining asosiy proporsiyasini aniqlab olish, so'ngra ingichka chiziqlar bilan yirik burmalarni belgilash kerak. Shundan so‘ng mayda va ikkinchi darajali burmalar belgilanadi va shirixlab chiqish orqali burma relefi bo‘rttiriladi.
Hozirgi paytda burmalar erkin tushib turadigan kiyimlar (plash, plerina, yubka, shuningdek, ayrim detallardagi etagi kengaygan polotnolardan fallar, basklar, rumalar, yig'malar, ■^valanlar, jabo)da uchraydi.
Tayanck ihoralar
Burma, drapirovka, vaian, ryuma, qiyofa.
Nazorat savollar
1. Oddiy va murakkah hurma/ar rasmda qanday tasvir/anadi?
2. Gazfama hurma/arining shakli qanday ho ‘ladi?
3. Hozirgi kiyimlardagi drapirovka va bantlar rasmini chizish.
Topshiriqlar
1. Kiyimlarda uchraydigan burmalar rasmini chizish.
2. Kiyim va burmaiarda uchraydigan drapirovka rasmini chizish.
Adahiyotlar
l. R .M . B u kin a . «C h izm a ch ilik va m axsus rasm tar chizish*.
2 N. Normatov. «Kamalak yashaydigan uy».
3. « U y -m ‘zg 'or ensiklopediyasi».
Do'stlaringiz bilan baham: |