Seminar mashg‘ulotlar mavzulari
|
Soat
|
KT(AT-5-semestr); TTKT(KT –TK-AX- 6 – semestr)
|
1
|
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim va tarbiya.
|
2
|
|
2
|
Insonning biologik, ijtimoiy rivojlanishi va uning shaxs sifatida shakllanishi.
|
2
|
|
3
|
Tarbiya nazariyasi va tarbiya metodlari.
|
2
|
|
4
|
O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi joriy etilayotgan islohotlar.
|
2
|
|
5
|
Psixologiyaning ilmiy - tadqiqot metodlari.
|
2
|
|
6
|
Ijtimoiy xulq motiv va motivatsiyasi.
|
2
|
|
7
|
Sezgi, diqqat, xotira va ularning turlari.
|
2
|
|
8
|
Idrok, tafakkur, nutq va xayol turlari.
|
2
|
|
9
|
Xarakter, temperament va qobiliyatlarni bilishning ahamiyati.
|
2
|
|
10
|
O‘spirinlik va etuklik davrlarining ong taraqqiyotiga ta’siri.
|
2
|
|
11
|
Muomala texnikasi va strategiyasi.
|
2
|
|
12
|
Rahbarlik odobi va muomala madaniyati.
|
2
|
|
13
|
Jamoadagi psixologik iqlim.
|
2
|
|
14
|
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar.
|
2
|
|
15
|
Kasbiy sohadagi ziddiyatlarning psixologik asoslari.
|
2
|
|
|
Jami
|
30
|
|
Seminar mashg‘ulotlar bir akademik guruhga bir o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim . mashg’ulototlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, pedagogic va axborot texnologiyalaridan unumli foydalaniladi.
4. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
“Pedagogika.Psixologiya” fani bo’yicha talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, mavzular bo’yicha savol javoblarda istirok etadilar. Auditoriyadan tashqarida ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydilar. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad - professor-o’qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o’rganishini tashkil etish, olingan bilim, ko’nikmalarini chuqur o’rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishini shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda «Pedagogika.Psixologiya» fanining xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni turli xil o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, berilgan mavzu buyicha referat tayyorlash, seminar mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish va h.k.
“Pedagogika.Psixologiya” fanidan mustaqil ishlar mavzulari fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko‘rinishida shakllantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |