Mavzuning o‘rganilish darajasi.
Xalq ijodini o‘rganish– xalqning tarixi,
urf-odati, an’analari, o‘y-kechinmalari, buguni va kelajagini tadqiq etish demakdir.
Unda millatning o‘zini anglashi, o‘zligini namoyon qilish xislatlari, intilishlari,
hayot
tarzi,
dunyoqarashi
aks
etgan.
Yurtboshimiz
Islom
Karimov
ta’kidlaganlaridek: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning
tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur
etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna
tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”
1
. Ana
shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og’zaki ijodini tom
ma’noda anglash uchun esa uning g’oyaviy-badiiy va janr xususiyatlari, poetik
shakllanishi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslarini atroflicha tadqiq etish
lozim bo‘ladi. Xalq ijodini o‘rganishda bunday muayyan yondashuv uning jonli
og’zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yashash, tarqalish xususiyatlarini, uzoq
asrlik tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog’liq
ayrim hodisalarning aks etish darajasi, aniq asarlar syujet tizimida tutgan o‘rni,
badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab qiladi.
“Alpomish”dostonining turkiy dostonlar qatorida tutgan o‘rni, uning epik
timsollar tizimi tadrijidagi mavqei, jahon mifologik tafakkur tajribasining
“Alpomish” dostoniga ko‘rsatgan ta’siri va undan o‘rganilgan jihatlar, doston
syujetining yaratilishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, etnik-
maishiy omillar, asardagi timsollar tizimi va boshqalar tekshirilgan. Bevosita
doston badiiyatini o‘rganishga qaratilgan ishlar sirasiga M.Saidovning “O‘zbek
xalq dostonchiligida badiiy mahorat masalalari” (T.,1969), I.Yormatovning
“O‘zbek xalq eposi badiiyati (“Alpomish” dostoni asosida)” (T.,1993), yana shu
muallifning
“O‘zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati” (T., 1994),
Q.Yo‘ldoshevning “Alpomish”talqinlari (T., 2002) kabi ishlarni kiritish mumkin.
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 30-bet.
8
Ammo dostonni o‘qimishliligini ta’minlagan, xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olgan
jihati uning milliy ruhiyatimiz bilan chambarchas bog’liqligidadir. Holbuki,
“Alpomish” millat uchun faqat o‘tmish emas, hozir va kelajak hamdir. U- barcha
badiiy buyuk asarlar singari abadiyatga daxldor. Shuning uchun asarda milliy
o‘zlik masalasi, qahramonlar ruhiyatida milliylik masalalarini tekshirish
adabiyotshunosligimizning kechiktirib bo‘lmas masalalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |