dostoni paydo bo’lishi Alpomish» dostonini o’rganish va mutolaasi “Alpomish» dostoni paydo bo’lishi «Alpomish»



Download 38,11 Kb.
bet3/4
Sana14.04.2022
Hajmi38,11 Kb.
#549689
1   2   3   4
Bog'liq
«ALPOMISH» DOSTONI MUTOLAASI VA TAHLILI

Xo‘ja kelsa chiqar murid naziri,
Xotin bo‘lmasmikan erning vaziri?!
Er deganning aqlin olmas bo‘lurmi,
Aldab-aldab yo‘lga solmas bo‘lurmi,
Biy otamman biy boboma na bo‘ldi, -
deb hijratga qarshi chiqadi. Shunday qilib, Barchin o‘zining Alpomish tarafida ekanini ko‘rsatadi. Bu vaziyat dostonning boshlanishida qayd etilgani bilan shoirning esidan chiqib ketmaydi. Barchin o‘zga yurtdan Hakimbekdan o‘zini qalmoqlardan qutqarishni so‘rab xat yozganida Boybo‘ri endi otalar avlodidan ekanini tan oladi. U xatni sandiqqa yashiradi va xat olib kelgan karvonga bu haqda hech kimga og‘iz ochmaslikni tayinlaydi. Ammo taqdir o‘z hukmini bu yerda ham o‘tkazadi: xatni sandiqdan Qaldirg‘och topib oladi va akasini safarga otlantiradi. Dostonni o‘qir ekanmiz, yana o‘ziga xos badiiy kashfiyot guvohiga aylanamiz. Endi Hakimbekning o‘zi ham Barchinoy oldiga butun vujudi bilan oshiqmayotgandek ko‘rinadi bizga. Badiiy kashfiyotning mohiyati ham shundaki, bu bahona bilan dostondagi harakat sur'atini Qaldirg‘och tezlatadi. U akasiga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib Barchinoyni olib kelishga undaydi. Hatto Hakimbekning or-nomusini, yigitlik g‘ururini ham o‘rtaga qo‘yadi. Natijada biz «zakot» tushunchasi bilan birlashgan uch yoshni yangilik tarafdorlari sifatida baholash uchun asosga ega bo‘lamiz: Hakimbek zakotni o‘ylab topdi; Barchinoy otasining zakot uchun o‘zga yurtga ko‘chishini ma'qul ko‘rmadi; Qaldirg‘och esa, akasini Barchinoy huzuriga borishga da'vat etdi. Ya'ni akasi Barchinoyga uylansa, ko‘chgan elni ham yurtiga qaytaradi va u eldan zakot olishni ham asoslaydi.
«Alpomish» dostonida olimlarni ham o‘ylantiradigan, asosli ilmiy izohlarni talab qiladigan yana bir muammo Qalmoq elidagi yurtni boshqarish sistemasi hisoblanadi. Avvalo, qo‘ng‘irotliklar qalmoqlar ekkan bug‘doyni o‘t hisoblab chorvani don unayotgan dalaga o‘tlagani qo‘yib yuboradilar. Yer egalari kelgindi ko‘chmanchilar das­tidan shikoyat qilib Toychixon oldiga boradilar. Voqeani to‘la o‘rganib chiqqan Toychi yer egalarini payhon bo‘lgan yerlari hisobiga yillik soliqdan ozod qiladi. Demak, Qalmoq yurtida zakot bor ekan-da. Undan tashqari, bu yerda qalmoqshohni tashqi dushmandan himoya qiladigan to‘qson alp ham xizmatda edi. Bu alplar yoyandoz, mergan, temirdan sovut kiygan edilar. Boysin-Qo‘ng‘irotda esa bunday vazifani bajaruvchilar haqida dostonda ma'lumot berilmaydi.
Yana bir qiziq ma'lumot. Qalmoqshohning qizi Tovka Yangibozor deb atalgan bozorda raislik vazifasini bajaradi: qirqta kanizi bilan bozor rastalarini nazorat qiladi. Bazzozlikni tergaydi, qalami, ya'ni gazmol sotiladigan rastaga kelib qalamini o‘lchab ko‘radi, o‘lchovdan qochganga tashvish beradi(jazolaydi), qassoblikdagi toshlarni tekshiradi, «toshi yengil chiqsa, ta'zir beradi» va hokazolar.
Vaholanki, bu g‘aroyib tartiblar Alpomish yurtida ko‘zga tashlanmaydi. Ana endi haqiqiy ma'noda chigal vaziyatga duch kelamiz. Chunki qalmoqlar yashaydigan yurtda ijtimoiy hayot Boysin-Qo‘ng‘irotdagidan dostonda yuqori holatda ifodalanadi. «Alpomish» dostoni yuzasidan ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan tadqiqotchilar bu haqda aniq bir xulosaga kelmaganlar.
Xullas, «Alpomish» dostoni xalq qahramonlik eposining yorqin namunasi bo‘lib, o‘zida o‘zbek xalqining avvallari turkiy qavmlar qatorida shakllanganini, keyinchalik alohida xalq sifatida rivoj topganini ifodalashi bilan qimmatlidir. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dostonda o‘zbekning tarixi haqiqiy ma'noda o‘zining badiiy aksini topgan. Adabiyot o‘qituvchisi doston yuzasidan o‘quvchilarga ma'lumot berishda dostonning bu xislatini nazarda tutib dars o‘tishi o‘quvchilar e'tiborini ­dostonga jalb etishda muhim ahamiyatga ega.


Download 38,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish