viloyati Sho‘rchi tumanida yetishtirilganda barg tarkibidagi steviozid miqdori (vatani
Paragvay 6-7%), nisbatan ko‘p (12,5%gacha) bo‘lishligi amaliyotda aniqlandi.
Urug‘ unuvchanligining saqlanishi - 3 yil bo‘lib, uni yanvar oyi 13
0
S haroratda
plyonka ostiga 0,2-0,3 sm chuqurlikdagi namlangan tuproqqa ekish maqsadlidir.
Bunda bir gektarga 7 kg urug‘ sepiladi. 1 m.kv. maydonda 480-500 urug‘ ko‘chat
o‘stirish optimaldir. Urug‘ ko‘chatlarini erta bahorda egatlarga o‘tkazish, o‘simlik
balandligi 15-17 sm yetganda, mart - aprel oylarida 70x20 sm yoki 90x25 sm hatto,
50x70 sm qo‘shqatorlik sxemalarda ham amalga oshiriladi.
Mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ekishdan oldin I- va II-o‘rimdan keyin
bajariladi. Vegetatsiya davrida sug‘orish 12-13 marta ya’ni: aprel, may, iyun, iyul,
avgust, sentabr va oktabr oylarida o‘tkaziladi. O‘rim 8-10 sm dan, vegetatsiyaning
birinchi yilida avgust va ikkinchi marta sentabrda o‘tkaziladi. Introduksion
eksperiment bo‘yicha olingan ma’lumotlardan S.rebaudiananing urug‘ yetishtiradigan
plantatsiyalarini Surxondaryo viloyatida Sho‘rchi tumanida tashkil etish, ekin
maydonini kengaytirib mahalliy reproduktiv urug‘ni va quruq bargli massalarini
olish, steviozid ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ilmiy isbotlandi.
Sho‘rchi tumani sharoitida S.rebaudiananing asosiy urug‘ massasi noyabrda oyida
pishib yetiladi (1 gektardan - 30 kg.gacha). O‘simlik uchun anemoxoriya xos bo‘lib,
generativ novdalar yerdan 8-10 sm balanlikda o‘rilishi, urug‘larning mato yuzasiga
qoqib - terib olinishi maqbulligi aniqlandi. Oktabrda yetilgan urug‘lar yuqori
unuvchanlikka ega bo‘lishi, noyabr oyi o‘rtalarida esa unuvchanlik darajasining
pasayishi kuzatildi.
Va nihoyat, amlakatimizda birinchi marta tipik subtropik iqlimli Sho‘rchi
tumani sharoitida 1996 yildan buyon “Olloxyoroxun” steviya eksperimental fermer
xo‘jaligining qo‘shma ilmiy tajriba maydonida O‘zbekiston Milliy universiteti va
Toshkent Davlat agrar universiteti hamda Termez Davlat universiteti olimlari
J.Yu.Tursunov,
M.M.Raximov,
I.V.Bilolipov
va
A.M.Begmatovlar
bilan
hamkorligida “Stevia rebaudiana hemsl” nom bilan Davlat reestriga (9400611 va
9400612 raqamlarda) kiritilgan subtropik iqlimga mansub dorivor steviya -
shirinlatgich o‘simligi yetishtirildi va mahalliy iqlim sharoitiga to‘liq moslashib -
madaniylashtirilgan ko‘p yillik, shirinligi yuqori - steviozid moddasi bargida - 12,5%,
ekstraktida - 46% va kukuni (poroshogi)da - 72,8% bo‘lgan hosildor, sovuqqa
chidamli dala sharoitida tabiiy gullab, sifatli urug‘ beradigan yangi
“Stevia -
Surxon” formasi yaratildi (patent 4418, 1997 yil).
Xikmatulla Allayorov, professor,
“Olloxyoroxun” Steviya eksperimental fermer xo‘jaligi rahbari.
Abdusamat Begmatov, biologiya fanlari nomzodi,
Termiz davlat universiteti dotsenti.
Farxod Raximov, texnika fanlari doktori,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mas’ul xodimi.