Dorivor o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlari haqida yangi ma’lumotlar



Download 294,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.06.2022
Hajmi294,51 Kb.
#707672
  1   2   3
Bog'liq
dorivor-o-simliklarning-o-ziga-xos-xususiyatlari-haqida-yangi-ma-lumotlar



Dorivor o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlari haqida yangi 
ma’lumotlar 
Baxtiyor Baxshullayevich Toxirov 
b.toxirov197025@gmail.com 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya:
Hozirgi kunga kelib dorivor o’simliklarga bo’lgan talab yanada 
ortib bormoqda. Shuning uchun dorivor o’simliklarni o’rganish, ularning 
kasalliklarga ta’sir kuchi bilish, ulardan dori-darmon vositalarini tayyorlash dolzarb 
mavzulardan hisoblanadi. Ushbu maqolamizda dorivor o’simliklarni yetishtirish, 
dorivor o’simliklarning kasalliklarga tasir kuchi va ulardan tibbiyotda dori-darmon 
tayyorlash haqida eng so’nggi ma’lumotlar keltirildi. 
Kalit so’zlar: 
Dorivor o’simliklar, alkaloidlar, barg, gul, meva, urug’, glikozid, 
efir. 
New information about the specific properties of medicinal 
plants
Bakhtiyor Bakhshullayevich Tohirov 
b.toxirov197025@gmail.com 
Bukhara State University 
Abstract: 
The demand for medicinal plants is growing. Therefore, the study of 
medicinal plants, the study of their effects on diseases, the preparation of medicines 
from them is one of the most important topics. This article provides the latest 
information about the cultivation of medicinal plants, the effect of medicinal plants 
on diseases and the preparation of medicines from them in medicine.
 
Keywords: 
Medicinal plants, alkaloids, leaves, flowers, fruits, seeds, 
glycosides, ether. 
 
Dorivor oʻsimliklar
- odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish 
uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan 
o’simliklardir. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 
1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. 
O’zbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy 
sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va 
xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
112


darmonlarning qarib 40-47% [1-5] oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar 
murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy 
noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish 
qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, 
tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati, 
qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi. 
Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi 
moddalarning tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli; 2) 
farmakologik 
koʻrsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, 
uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini 
qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchilar. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir etuvchi 
moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi 
glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq 
moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, 
oqsillar, polisaxaridlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa 
birikmalar boʻlishi mumkin. 
Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy 
birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli 
miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri 
ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanish vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor 
moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning 
guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun 
oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi. 
Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga 
kirgan davrda - kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin - erta bahorda 
tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular 
bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi yigʻib olingan dorivor oʻsimlik 
mahsuloti tarkibida, yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha nam boʻladi. 
Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari 
parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi. 
Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan 
buyon dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3-4 
ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida shifobaxsh 
oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta 
Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimliklardan foydalanib davolanilgan. Shifobaxsh 
oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning „Kitob 
al-qonun fit tib“ nomli asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va 
ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hozirgi vaqtda dorivor 
oʻsimliklarning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
113


Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom,dorivor gulxayri, 
yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, 
choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, 
qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan 
pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigakdan anabazin, 
omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkaloidlar olinadi. Anor pustidan 
gijja haydovchi pelterin ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balgʻam 
koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻdan tayyorlangan dorilar qon ketishini 
toʻxtatuvchi, pista va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar meʼda ichak kasalliklarini 
davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmasevtika zavodida 
Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan dorivor oʻsimliklardan turli tuman dorilar 
tayyorlanadi. Dorivor oʻsimliklarni topish va ulardan alkoloidlar olishda Oʻzbekiston 
FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Institutda 4000 dan ortiq 
oʻsimlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida oʻrganilib, ulardan 1000 ga 
yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan 
ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan. Oʻzbekiston Fanlar 
Akademiyasi Botanika instituti va Botanika bogʻining efir moyli, dorivor va boʻyoqli 
oʻsimliklar laboratoriyasi ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda Oʻrta 
Osiyo hududida koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq (gepatit)ni 
davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori boʻlgan dorivor oʻsimliklar 
xom ashyolaridan tayyorlangan “Safro haydovchi Hojimatov yigʻmasi”ni yaratdilar 
va bu yigʻma ilmiy tibbiyotda qoʻllashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi. 
Shuningdek, SamDU Botanika kafedrasida, Toshkent davlat farmasevtika institutida 
dorivor oʻsimliklarni ekib yetishtirish texnologiyasi oʻrganilmoqda [10-15]. 
Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 
va Xorazm Maʼmun akademiyasida dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan maxsus 
xoʻjaliklar bor.
O‘zbekiston o‘simlik dunyosi juda boy va rang-barangdir. Cho‘l va dashtlar, 
tog‘lar va adirlar, pasttekisliklar va daryo deltalari yonma-yon joylashib ajoyib 
manzara hosil qiladi. Bu aql bovar qilmaydigan bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo 
aslida Markaziy Osiyoning qo‘shni mintaqalari bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning 
tog‘laridagi maydon birligiga nisbati bo‘yicha o‘simliklar soni bir necha baravar 
ko‘p. 
Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil o‘simliklar 
mavjud, ular orasida dorivor o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar ekologik toza bo‘lib 
oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom 
ashyo sifatida ishlatiladi. 
O‘simlik materiallarini kompleks qayta ishlash barcha zamonaviy qoidalarga 
muvofiq amalga oshiriladi, uning doirasida ishlab chiqarishning barcha xalqaro sifat 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
114


standartlariga javob beradigan ekstraksiya, tozalash, konsentratsiya, standartlashtirish 
amalga oshiriladi. Bu tajribalarni yo’lga qo’yishda matematik qonun va qoidalarini 
mukammal bilish zarur [16-17]. 
O‘zbekistonda eng keng tarqalgan dorivor o‘simliklar 

Download 294,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish