Jag’-jag’ (Capsella) turkumi. Bu turkum 5 ta turni o'z ichiga oladi. O'zbekistonda uning C. bursa pastoris turi dorivor o'simlik sifatida qadrlanadi. U guli oq, qo'zoqchasi uzun bandli, bir yillik o't. Erta bahorda, ya’ni mart-aprel oylarida gullab, may-iyun oylarida mevasi yetiladi. U o'sish uchun joy tanlamaydi. O'zbekistonda keng tarqalgan. Jag’-jag’ o’simligining preparatlari tug’gandankeyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to’xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi. Jag’-jag’ (Capsella) turkumi. Bu turkum 5 ta turni o'z ichiga oladi. O'zbekistonda uning C. bursa pastoris turi dorivor o'simlik sifatida qadrlanadi. U guli oq, qo'zoqchasi uzun bandli, bir yillik o't. Erta bahorda, ya’ni mart-aprel oylarida gullab, may-iyun oylarida mevasi yetiladi. U o'sish uchun joy tanlamaydi. O'zbekistonda keng tarqalgan. Jag’-jag’ o’simligining preparatlari tug’gandankeyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to’xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Xantal yoki gorchitsa — karamdoshlar oilasining Sinapis va Brassica turkumiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi;[1] moyli ekin. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda tarqalgan. Sinapis turkumi 7—10 turni oʻz ichiga oladi. Oq xantal turi (S.alba) Oʻrta dengiz mamlakatlarida oʻstiriladi, asosan, Gʻarbiy Yevropada ekiladi. Boʻyi 25— 100 sm, poyasi tik oʻsadi. Toʻpguli koʻp gulli, ikki jinsli, oʻzidan hamda chetdan changlanadi. Mevasi qoʻzoqcha. Urugʻi och sariq yoki och jigarrang, taʼmi achchiq, efir hidi keladi. Yovvoyi xantal yoki dala xantali (S.arvensis) bir yillik (bahorgi ekinlar dalalarida oʻsadigan) begona oʻt. Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda tarqalgan. Qora xantal (S.nigra) qoʻzoqlari poyaga yopishgan. Kichik Osiyo, Yevropa va Amerikada ekiladi. Habashiston xantali (B.carinata) Efiopiyada ekiladi.
Xantal namsevar, sovuqqa chidamli, uzun kun oʻsimligi. Oʻsuv davri 95—120 kun. Xantal urugʻidan non, qandolatchilik, konserva, parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan sifatli moy olinadi (35— 40 %). Xantal kunjarasidan olinadigan kukundan tibbiyotda ishlatiladigan xantalli qogʻoz va isteʼmol kilinadigan ziravor boʻtqa tayyorlanadi. Xantalnyng ildizmevali va bargli navlari sabzavot oʻsimligi hisoblanadi. Hamma xantallar asal beruvchi ekin.
Do'stlaringiz bilan baham: |