Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari
Retsept yozishda davolovchi shifokor “Asosiy retseptura qisqartmalari”dan foydalanishi mumkin.
Retseptda aynan qanday dori preparati yozilganligini aniqlashda adashtiruvchi ingrediyentlarning nomiga yaqin qisqartmalarni yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Har bir davolash-profilaktika muassasasidagi davolovchi shifokorlarga retsept blanklari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan javobgar shaxs tomonidan, dam olish va bayram kunlari hamda tungi vaqtlarda esa davolash-profilaktika muassasasining mas'ul navbatchi shifokori tomonidan beriladi.
Shifokorlarga beriladigan retsept blanklarining hisobi “Davolash-profilaktika muassasalarida retsept blanklarini berishni qayd qilish jurnali”ga muvofiq yuritiladi.
Retsept Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi chap burchagida davolash-profilaktika muassasasining nomi va manzili tegishli shtamp qo‘yilgan holda ko‘rsatilishi, xususiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda esa qo‘shimcha ravishda retseptning yuqori qismi o‘ng burchagida ushbu muassasaning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha berilgan litsenziyaning tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati ham ko‘rsatilishi lozim.
Retseptda "Ichish uchun", "Ma'lum", "Qoida tariqasida" va boshqa shu kabi belgilardan foydalanish man etiladi.
Ekstemporal dori preparatlari uchun retsept rasmiylashtirilishida qattiq va sochiluvchan dori moddalari grammlarda (0,001; 0,5; 1,0), suyuq dori moddalarining miqdori millilitr, tomchilarda ko‘rsatiladi.
Retsept blankida ko‘rsatilgan kataklar aniq va tushunarli tarzda to‘ldirilishi, unda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
Bemorga dori preparatlari va tibbiy buyumlarini shoshilinch yoki zudlik bilan berish zarur bo‘lgan taqdirda, retsept blankining yuqori qismiga «cito» (shoshilinch) yoki «statim» (zudlik bilan) belgisi qo‘yiladi. Shu kabi belgilar elektron retseptda ham joylashtiriladi.
Tayyor dori preparati uchun qog‘oz ko‘rinishidagi retsept yoki elektron retseptlar rasmiylashtirilganda ularning miqdori dori preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda davolovchi shifokor shaxsiy muhrining tashqi aylana diametri 20 mm, kichik aylana diametri 10 mm, aylanalar orasidagi masofa 3 mm va kichik aylana ichidagi chiziq uzunligi 8 mm bo‘lishi hamda katta aylana ichida davolovchi shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi, kichik aylana ichidagi chiziqda "shifokor" so‘zi yoziladi.
Qog‘oz ko‘rinishidagi retsept va/yoki elektron retseptlar ular rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qilad
Kasalligi surunkali bo‘lgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida kasalliklarning xalqaro tasnifi ro‘yxatiga kiritilgan dori preparatlari hamda asosiy farmakologik ta'sirga ko‘ra anabolik faolligi bilan ajralib turadigan dori preparatlariga retsept berilganda, davolovchi shifokor tomonidan istisno tariqasida retseptda ularning 60 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori, qolgan tayyor dori preparatlariga esa 90 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori ko‘rsatilishi mumkin. Bunda retseptda dorixonadan dori preparatlarini berish davriyligi (har hafta, har oy va boshqalar) ko‘rsatilishi shart
Qog‘oz ko‘rinishidagi retsept qo‘shimcha «Maxsus maqsadlar uchun» yozuvi bilan davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi, elektron retseptlarga esa «Maxsus maqsadlar uchun» belgisi va elektron raqamli imzo qo‘yiladi.
Statsionar davolash-profilaktika muassasasida davolangan bemorga ambulatoriya sharoitida davolanishni davom ettirish zarur bo‘lgan hollarda retsept ambulatoriya-poliklinika muassasasining shifokori tomonidan bemorning tibbiy hujjatlaridan olingan ko‘chirmasidagi davolovchi shifokorning ambulatoriya sharoitida dori preparatining qo‘llanilishi haqidagi tavsiyasiga asosan beriladi.
Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan qog‘oz ko‘rinishidagi va/yoki elektron retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi.