Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari - Davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori tomonidan dori preparatlari retsept asosida tayinlanganda, retseptda shifokorning farmatsevt xodimga dori preparatining tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin yozuvida, dori preparatlarini qo‘llash usuli esa o‘zbek yoki rus tilida ko‘rsatilishi shart. Zarur hollarda malakali tarjimani ta'minlagan holda bemor tushunadigan boshqa tilda yozilishi lozim.
- Retsept bemorga uning yoshi, dori preparatini xalqaro patentlanmagan yoki kimyoviy nomi, murakkab tarkibli dori preparatlari uchun savdo nomi, dori preparati ekstemporal usulida tayyorlanganida uning tarkibiga kiruvchi dori preparatlarining nomlari, shuningdek ularning dozasi, davriyligi, qabul qilish vaqti va davomiyligi, oziq-ovqat bilan o‘zaro ta'sirlashuvchi dori preparatlari (ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatdan keyin) ko‘rsatilgan holda retsept blankiga muvofiq beriladi.
Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari - Bunda retseptda tayinlangan dori preparatlari (dori preparatlarining xalqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) retseptning yirtma koreshogida ham bir-biridan farqlanmaydigan holatda ko‘rsatilishi shart.
- Davolovchi shifokor tomonidan davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga retseptda oziq-ovqatlar bilan o‘zaro ta'sirlashuvchi dori preparatlari (ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatlanishdan keyin) qo‘llanilishi bo‘yicha ma'lumotlar ko‘rsatilmasligi mumkin
- Davolanayotgan bemor (bemorning qarindoshlari yoki uning sog‘lig‘idan xabar oluvchi boshqa shaxslar)ga dori vositalari va/yoki tibbiy buyumlariga retsept berilganligi haqidagi ma'lumotlar uning tibbiy hujjatlarida qayd etiladi.
Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari - Davolovchi shifokor tomonidan quyidagi holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi:
- mijozning tibbiy ko‘rsatmasi bo‘lmagan holatlarda;
- O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori preparatlariga O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori preparatlariga (bundan orfan dori vositalari va tibbiy buyumlari mustasno);
- faqat davolash-profilaktika muassasalarida qo‘llashga mo‘ljallangan dori preparatlari, shu jumladan narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dori preparatlariga;
- davolash-profilaktika muassasalarida dori preparatlari va tibbiy buyumlarni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizomning 5-ilovasiga muvofiq “Bir-biriga nomutanosib dori vositalari ro‘yxati”da ko‘rsatilgan dori vositalariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |