MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Havoda zaryadli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) to‘plami qanday birliklarda o‘lchanadi?
a) lk;
b) mg/m3;
v) mg/sm2;
g) kg.
2.Organik changlar qatorini ko‘rsating?
a) o‘simlik, yog‘och, torf, ko‘mir, plastmassa
b) erkin kremniy IV oksid
v) kvars, asbest, oxak
g) b va v javoblar.
3. Kelib chiqishi bo‘yicha changlarning turlarini ko‘rsating?
a) agressiv va noagressiv;
b) tabiiy va sun’iy;
v) qum tuproqlarning erroziyalanishi;
g) organik va aralash
4. Zaxarli changlar qatorini ko‘rsating?
a) uran, berilliy,qo‘rg‘oshin, sink, simob, margimush
b) oltingugurt, xrom angidridi
v) anilin bo‘yoqlari
g) barcha javoblar to‘g‘ri
5.CHang zarrachalarining xajmi bo‘yicha taqsimlanishi.
a) Eng kamida – agar 1 m3 havoda 50 mg gacha chang bo‘lsa, o‘rtacha 500 mg gacha, 500 mg dan ancha yuqori.
b) Eng kamida – agar 1 m3 havoda 60 mg gacha chang bo‘lsa, o‘rtacha 500 mg gacha, 500 mg dan ancha yuqori.
v) Eng kamida – agar 1 m3 havoda 50 mg gacha chang bo‘lsa, o‘rtacha 600 mg gacha, 500 mg dan ancha yuqori.
g) Eng kamida – agar 1 m3 havoda 50 mg gacha chang bo‘lsa, o‘rtacha 500 mg gacha, 600 mg dan ancha yuqori.
g) 0,1 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
MASHG‘ULOT № 6
MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARDA SHOVQINDAN SAQLANISH.
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyati xavfsizligi, faoliyat, tovush, silkinish, detsibel, shovqindan ximoyalanish vositalari.
Mashg‘ulot maqsadi: SHovqin xaqida umumiy ma’lumotlar. Tovushning asosiy o‘lchov birliklari. SHovqin darajasini meyorlashtirish va o‘lchash. SHovqindan ximoyalanish vositalari va usullari xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari xaqida ma’lumot berish.
Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Blits” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.
O‘qituvchi-shovqin kelib chiqish manbai bo‘yicha turlari
O‘qituvchi-shovqindan ximoyalanish
Mavzuning ahamiyati. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Insonni doimiy yuqori intensivliqdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘lig‘iga ta’sir etadi, bosh miya qobig‘iga ta’siri natijasida odam asabiylashadi, u tez charchaydi, psixologik reaksiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek, shovqin insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, xarakatning aniqligini va muvozanatini buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatining susayishiga xam olib keladi. Bundan tashqari shovqin ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni keltirib chiqaradigan asosiy manba hamdir. SHovqin darajasi qancha katta bo‘lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar ta’siri ham kattalashadi. Ayniqsa inson qulog‘i eshitmaydigan shovqinlar, ya’ni infratovushlar (tovush chastotasi 16 Gs dan kichik shovqinlar) va ultratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gs.dan katta) inson sog‘ligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
SHovqinni tovush chastotasi bilan bog‘lanishini xarakterlovchi miqdor shovqinning chastota spektri deb ataladi. SHovqinni insonga fiziologik ta’sirini baxolash maqsadida u tovush chastotasiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: past chastotali (300 Gs.gacha), o‘rta chastotada (300.. .800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs.dan yuqori). SHovqin ma’lum gerslarda ifodalanadigan chastotaga va detsibellarda o‘lchanadigan intensivlikga ega.
Bundan tashqari shovqinlar GOST 12.1.003-76 ga asosan spektrning xarakteri va ta’sir etish vaqtiga ko‘ra sinflarga bo‘linadi. Spektrning xarakteriga ko‘ra shovqin: keng polosali va tonal ko‘rinishida bo‘ladi. Agar 8 soatlik ish kuni vaqtida shovqin darajasi vaqt bo‘yicha 5 dB dan oshmasa doimiy shovqin xisoblanadi. Agar shovqin darajasi vaqt oralig‘ida 5 dB dan ortiq o‘zgarib tursa nodoimiy (o‘zgaruvchan) shovqin, ushbu o‘zgarish keskin kamayish orqali sodir bo‘lsa uzlukli shovqin deb ataladi. Agar shovqin 1 sek.dan kam vaqt davom etuvchi bir yoki bir necha tovush signallaridan iborat bo‘lsa impulsli shovqin deyiladi. Impulsli shovqin darajasi bir sekundda 100 dB dan ortiq o‘zgaradi. Bundan tashqari, shovqin, xosil bo‘lish manbaiga ko‘ra mexanik, aerodinamik, gidrodinamik va elektromagnit turlarga bo‘linadi. Mexanik shovqin chiqaruvchi omillarga quyidagilar kiradi: har xil mashina mexanizmlar qismlarining turli tezlanishda harakatlanishi natijasida kelib chiqadigan inersiya kuchlari, birikmalardagi zarba kuchlari ta’sirida; birikmalardagi ishqalanish kuchlari, zarba yo‘li bilan ishlov berish (toblash, shtampovka); mashina bajarayotgan ishga bog‘liq bo‘lmagan shovqinlarga sharikli podshipniklar, tishli g‘ildiraklar, qayishli uzatishlar va mexanizmlarning muvofiqlashtirilmagan aylanma harakat qiluvchi qismlari chiqarayotgan tovushlar kiradi. Mexanik shovqinlarni kamaytirishning asosiy omili bu mashina-mexanizmlarning birikuvchi qismlarini tayyorlashda iloji boricha aniqlikka erishish hisoblanadi. Ko‘pincha, mashina-mexanizmlarning yoyilib ketgan qismlari shovqinning zo‘rayishiga olib keladi. Mexanizmlarning birikuvchi qismlarini o‘z vaqtida moylash ham shovqinni kamaytirishda yaxshi natija beradi. Zarbali jarayonlarni zarbasiz bajariladigan jarayonlar bilan almashtirish, masalan, qiyshiq tishli va ekssentrikli uzatmalarni gidravlik uzatmalar bilan almashtirish, shtampovkani presslash bilan, qoqishni payvandlash bilan almashtirish kerak va h.k.
Iloji boricha metalldan qilingan detallarni metallmas detallar, masalan, kapron, tekstolit, plastmassa detallar bilan almashtirish yoki metall tishli g‘ildiraklar juftiga kapron, tekstolitdan yasalgan g‘ildiraklar o‘rnatish shovqinni 10-12 dBga kamaytirishi mumkin.
Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda xarakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin xosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida xam yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon xarakati natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samara bermaydi. Shu sababli, bunday shovqinlar darajasi shovqin yo‘liga shovqin susaytirgichlar («glushitel») o‘rnatish orqali kamaytiriladi.
Gidrodinamik shovqinlar. Gidrodinamik shovqinlarga suyuqliklarni nasoslar yordamida bir joydan ikkinchi joyga yuborishda hosil bo‘ladigan shovqinlar asosan nasosning harakatlanuvchi qismlarining nosozligi va gidravlik zarbalar ta’sirida kelib chiqadigan shovqinlarni keltirish mumkin. Bu shovqinlarni yo‘qotishda mana shu shovqinlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni, ya’ni nasoslarning harakatlanuvchi qismlarining mutanosibligini ta’minlash, gidravlik zarbalar kelib chiqishini yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarur.
Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit xarakterdagi shovqinlar yuzaga keladi. Bunday shovqinlar xosil bo‘lishining asosiy sababi-o‘zgaruvchan magnit maydon ta’sirida ferromagnit massalarning titrashi xisoblanadi. Transformatordagi bunday shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan foydalanish orqali kamaytiriladi.
Titrash, insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jixozlar, kurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan kontaqda bo‘lgan vaqtda ta’sir etadi. Insonga ta’siri xarakteri bo‘yicha umumiy va maxalliy (lokal) uyg‘unlashtirilganga bo‘linadi. Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so‘ng boshlanadi. Bunda bosh og‘rig‘i, ko‘rishni susayishi, tana xaroratini oshishi, oshqozon va yurak-tomir sistemasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, terining sezishini kamayishiga olib keladi. Lokal ko‘rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a’zolariga (masalan, qo‘l, oyoq va x.k.) ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda nerv va suyak-bo‘g‘in sistemasi ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonni og‘irligi kamayadi xamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi.
Xar xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta’sir etadi. Titrash yuzasida tik turib ishlaydigan kishiga ikki rezonans xolat- 5-12 Gs va 17... 25 Gs, o‘tirib ishlayotgan kishiga esa - 4...6 Gs to‘g‘ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun rezonans chastotasi 20... 30 Gs atrofida bo‘ladi. Shu sababli, titrashning inson a’zolariga ta’sir xususiyatini va titrashning turini xisobga olgan xolda titrash parametrlarining ruxsat etilgan gigienik normalari ishlab chiqilgan.
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o‘rta kvadrat miqdori- 0,2 m/s va logarifmik - 132 dB bo‘lib, u o‘rtacha geometrik chastotasi 1 Gs ga teng bo‘lgan vertikal transport titrashlar uchun qabul qilingan.
Ma’muriy binolar, konstruktiv byurolar, tibbiy punktlar va ishxonalar uchun qattiq talab qo‘yilgan bo‘lib, o‘rta geometrik chastota 63 Gs bo‘lganda titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori 28 m/s dan, logarifmik darajasi esa 70 dB dan oshmasligi talab etiladi. Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish-titrashning o‘rta geometrik chastotasi 1000 Gs bo‘lganda, titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori-0,60 m/s, logarifmik darajasi esa-102 dB ga tengdir.
YUqoridagilardan kelib chiqqan xolda, titrashni kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Ularga ishchi a’zolariga ta’sir etuvchi kuchlarning teng ta’sir etishiga erishish, krivoship mexanizmlarni teng aylanuvchi mexanizmlariga almashtirish, gidrouzatmalardan foydalanish, o‘zaro birikuvchi detallar sirtining tozalik va aniqlik sinfini oshirish kabilar kiradi. Bundan tashqari turli xil konstruksiyadagi titrash izolyatorlaridan («vibroizolyator») foydalanish xam yaxshi samara beradi. Bunday izolyatorlarga AKSS-15M, AKSS-25M, AKSS-400I larni misol qilish mumkin. Titrash bilan ishlovchi jixozlar bilan ishlashda turli xil vositalardan foydalaniladi. Masalan, qo‘lni titrashdan ximoyalash uchun xar xil titrashdan ximoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan ximoyalanish uchun esa turli xil titrashdan ximoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi. Titrash ta’sirini kamaytirishda yuqorida ko‘rsatilgan texnik tadbirlardan tashqari profilaktik tadbirlar xam qo‘llaniladi. Buning uchun titrash bilan ishlovchi jixozlar bilan ishlashga 18 yoshga to‘lmagan, tibbiy ko‘riqdan va yo‘riqnomadan o‘tmagan shaxslarga ruxsat etilmaydi.
Titrash bilan ishlovchi jixozlar ishlatiladigan xonaning xarorati 16°S dan kam bo‘lmasligi lozim. Agar bunday jixozlar tashqi muxitda ishlatilsa, ish joyi yonida isitiladigan va xarorati 22°S dan kam bo‘lmagan dam olish xonalari bo‘lishi zarur. Ishchi titrash bilan ishlovchi jixozlar bilan ishlaganda xar bir soatda 10-15 minut tanaffus kilishi va jixoz bilan ishlashning umumiy vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo‘lmasligi lozim. Titrashga xavfli mashinalar va jixozlar bilan ishlaganda ish vaqtidan tashqari ishlashga ruxsat etilmaydi.
Ish joylarining titrashga xavfliligi darajasini aniqlashda NVA-1, ISHV-1 markali asboblardan, 3501 tipdagi asboblar komplektidan xamda «Byul i K’er» va KG‘T (Germaniya) markali chet el asboblaridan foydalaniladi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda shovqinning o‘rta geometrik chastota oraliqlari belgilangan. Bu oraliqlar quyidagicha belgilanadi.
O‘rta geometrik chastota oraliqlari: 63 (45-90) (qavsda shu chastotani ifodalaydigan chegara miqdorlar berilgan), 125 (90-180), 250 (180-355), 500 (355-710), 1000 (710-1400), 2000 (1400-2800), 4000 (2800-5600), 8000 (5600-11200).
Ish joylaridagi shovqin GOST 12.1.003-76 da berilgan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshib ketmasligi kerak.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:
Ishlab chiqarish shovqinni va titrashlarni xususiyatlari va ularni inson organizmiga ta’siri.
Inson qulog‘i qancha Gersgacha bo‘lgan tovush chastotasini eshitadi?
SHovqinning turlarini ayting?
SHovqindan himoyalash vositalari va usullari.
Ultratovush va infratovushlarning inson organizmiga ta’siri.
Tovush izolyasiyasi nima?
SHovqin o‘lchov birliklari va ularni o‘lchov asboblari.
Titrashga izox bering.
Titrashga qarshi kurash choralarini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |