MASHG‘ULOT-18
MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARNI LOYIHALASH VA QURISHDA YONG‘INGA QARSHI KURASH TADBIRLARI
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; yonish, yong‘in muxofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalari, chaqnash, alangalanish, o‘z-o‘zidan alangalanish, yonuvchan suyuqliklar, portlash, yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalar.
Mashg‘ulot maksadi: YOng‘inlar xalq xo‘jaligiga juda katta moddiy zarar keltirish bilan birga ko‘plab kishilarning, ayniqsa yosh bolalarning hayotini olib ketadi. Katta yong‘inlar tabiatning ekologik muvozanatini buzadi. Bu xolatlarni oldini olish va ularga karshi kurash choralari mavzuda bayon kilinadi.
Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Zakovat” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi. “Zakovat” usulidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar: unda raqamlar bilan belgilangan bo‘lib, konvertlarda yangi mavzu bo‘yicha savollar yashiringan bo‘ladi. Konvertlar aylanma doira ustiga qo‘yib chiqiladi va doira aylantiriladi. Doira strelkasi qaysi raqamda to‘xtasa o‘sha raqamli talaba shu konvert ichidagi savolga javob beradi. O‘yin toki aylanma doiradagi konvertlar barchasi ochilguncha davom etadi.
Mavzuni ahamiyati: YOnishning fizik-kimyoviy asoslari.
YOnish deb, yonuvchi modda bilan oksidlovchining o‘zaro ta’sir jarayoni natijasida issiqlik va yorug‘lik ajralib chiquvchi murakkab fizik-ximik jarayonga aytiladi. Oddiy sharoitda oksidlovchi vazifasini havodagi kislorod bajaradi. Ayrim hollarda xlor, brom va boshqa ximiyaviy moddalar oksidlovchi vazifasini bajaradi.
YOnish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. YOnishning quyidagi fazalari belgilangan:
1. CHaqnash - yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o‘chishi. Agar sekin-asta qizdirib borilayotgan suyuq yonilg‘i ustiga alanga olib borilsa, undan ajralib chiqayotgan bug‘lari ma’lum bir haroratda ko‘k alanga berib chaqnaydi va o‘sha zahoti o‘chadi. Ana shu haroratni shu moddaning chaqnash harorati deyiladi. Ajralib chiqqan gazning o‘chib qolishiga sabab, bu haroratda yonishni davom ettirishga etarli bug‘ ajralib chiqmasligidir.
2. Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.
3. Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi. Suyuqlikni qizdirish davom ettirilsa, chaqnash haroratidan keyin uning qizishi orta borgan sari ajralib chiqayotgan gazlar miqdori ham orta boradi va shunday payt keladiki, alanga olib kelinganda, gazlar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Bu voqea sodir bo‘lgan harorat alangalanish harorati deyiladi.
4. O‘z-o‘zidan alangalanish o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan davom etishi. Agar yonuvchi moddani alangalanish haroratidan yuqori haroratda qizdirish davom ettirilsa, lekin ochiq alanga olib berilmasa, shunday vaqt keladiki, undan ajralib chiqayotgan gazlar o‘z-o‘zidan alangalanib ketadi. Bu sodir bo‘lgan harorat, shu moddaning o‘z-o‘zidan alangalanish harorati deyiladi.
5. O‘z-o‘zidan yonish-moddalar ichida asosan organik moddalarda ro‘y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi. Ayrim qattiq yonuvchan moddalar noto‘g‘ri saqlanganda o‘z-o‘zidan yonib ketishlari mumkin. Masalan, nam poxol, nam toshko‘mir, nam paxta, moyli latta va sh.o‘. Bu hodisa ma’lum haroratlardagina bo‘lishi mumkin. Bu haroratni o‘z-o‘zidan yonib ketish harorati deyiladi.
6. Portlash-o‘ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o‘tishi.
YOnuvchi modda ma’lum haroratlarda o‘zidan yonuvchi bug‘lar ajratib chiqarishi natijasida alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi. Ba’zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko‘mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega. CHunki ular g‘ovak asosga ega, oksidlanishi mumkin bo‘lgan yuzasi juda katta bo‘lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda tushib qolsa, ob-havo sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi.
Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o‘z-o‘zidan qizish jarayoni deb ataladi.
Bunday hodisalar ba’zi bir kimyoviy moddalarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, ishqoriy er metallar, kalsiy karbid, so‘ndirilmagan ohak uncha ko‘p bo‘lmagan suv ta’siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko‘pincha yong‘in chiqishiga bevosita sababchi bo‘ladi.
Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari.
Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va bug‘larning yong‘inga hamda portlashga xavfliligi ularning alangalanish chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan belgilanadi.
Gazlarning yonish jarayoni juda tez kechadi. Ularning har bir molekulasi havodagi kislorod molekulasi bilan kontaktda bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular baravar yonishga tayyor bo‘ladi. Gazning havo bilan aralashib yonishi aralashma hosil bo‘lgandagina vujudga keladi. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanish chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda quyi chegara deb gazning minimal miqdor alanga hosil qilgan holati tushuniladi va mana shu chegara sanoat korxonasining yong‘inga va portlashga xavflilik toifasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun etarli miqdorda yig‘ilgan bo‘lsa, u ma’lum haroratgacha qizdirilganda alangalanib ketadi, mana shu harorat yonish harorati deb ataladi. Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar ta’sirida juda katta diapazonni tashkil qilishi mumkin (450→2000°C). Ko‘pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ular aralashmalarining miqdoriga va gazning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3-0.8 m/s ni tashkil qiladi. Bundan vodorod bilan atsetilen gazi mustasno bo‘lib, ularning yonish tezligi 2,76 va 1,56 m/s dan iborat. Alanganing normal tarqalish tezligi gazlardagi fizik-kimyoviy xususiyat bo‘lib, ma’lum o‘zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi. YOnishning tez kechishi portlash deyiladi. YOnish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo‘ladi.
Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya’ni bug‘ga aylangan) fazasida bo‘ladi. Bug‘ga aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Shuningdek, bunga aylanish jarayoni tashqi muhit haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Havo muhitida bug‘larning, shuningdek, gazlarning yonishi, ma’lum diapazon zichlikdagina ro‘y berishi mumkin.
Havodagi yonuvchi bug‘ va gazning miqdori, umuman to‘yingan holatdagi miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun bu moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi modda alangalanishining yuqori chegarasi deb yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to‘yinish nuqtasidan past bo‘lgan hollarda ham ma’lum haroratda alangalanish hodisasi ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ham har xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda minimal miqdorda bo‘lgan holat uchun ham alangalanish harorati aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb yuritiladi. Demak, har qanday yonuvchi suyuqlikning yonish jarayoni bo‘lishi uchun suyuqlik ma’lum haroratgacha qizdirilishi (bu harorat, albatta, alangalanishning quyi chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak) va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug‘lar miqdori alangani davom ettira oladigan miqdorda bo‘lishi kerak. Suyuqliklarning ana shu xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish tushunchalari kiritiladi. Uncha katta bo‘lmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik bug‘larining havo bilan aralashmasi hosil bo‘ladi va bu aralashmaga tashqaridan uchqun berilsa, yonib ketadi. Bu chaqnash harorati deb aytiladi. Bunda muqim yonish jarayoni davom etmasligi mumkin. Agar yonib ketgan suyuqlik bug‘larining ajratgan issiqligi suyuqlikning yonish uchun ajralishi kerak bo‘lgan bug‘ miqdori uchun etarli bo‘lsa, yonish davom etadi, aksincha, o‘chib qoladi.
Mana shu xoccaga asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga bo‘linadi:
1)Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61°C ga teng yoki kichik bo‘lsa, bunday suyuqliklar engil alangalanuvchi suyuqliklar (EAS) deb ataladi. Ularga spirtlar, atseton, benzin oltingugurt gidroksidi va boshqa suyuqliklar kiradi. 2) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61°C dan katta bo‘lsa, bunday suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar (YOS) deb ataladi. Ularga neft mahsulotlari yog‘lar, kerosin, mazut, glitserin solyarka va boshqalar kiradi.
Alangalanish harorati deb suyuqlikning minimal haroratdagi chaqnash hodisasi suyuqlikdan etarli darajada bug‘lar ajralib chiqishini ta’minlashi natijasida alangalanish davom etadigan holatiga aytiladi. Engil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat chaqnash haroratidan 1-5°C yuqoriroq bo‘ladi, yonuvchi suyuqliklar uchun esa 30-35°C ga borishi mumkin. Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug‘lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Gazlar va suyuqlik bug‘larining havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Portlash ma’lum sharoit bo‘lganda amalga oshadi. YOnuvchi modda bo‘ylab alanganing tarqalish tezligi m/s larda bo‘lsa yonish deb, yuzlab m/s larda bo‘lsa portlash deb, minglab m/s larda bo‘lsa - detonatsiya deb ataladi. Detonatsiya xususiyati ammonal, tol va sh.o‘. moddalarda mavjud.
Qattiq, moddalarning yonish va yong‘inga xavflilik xususiyatlari. Qattiq jismlarning yonish xususiyati deganda, uning qizdirish natijasida parchalanib, yonuvchi gazsimon va bug‘simon moddalar hosil qilishi tushuniladi. YOnuvchi moddalarning mana shu parchalanish holati ularning uchuvchi qismi deb ataladi. Uchuvchi qismning yonish qonuniyatini o‘rganishda, ularga gazsimon moddalarning yonish qonuniyatlarini qo‘llash mumkin. Masalan, quruq moddalarni qizdirib haydash yo‘li bilan gazga aylantirish mumkin. Haydashdan keyin hosil bo‘lgan yoki qolgan qoldiq koks qoldig‘i deb yuritiladi. Koks qoldig‘ining yonish jarayoni gazsimon moddalarning yonish jarayonidan birmuncha farq qilsada, ammo o‘z-o‘zidan alangalanishning issiqlik nazariyasini bu koks qoldiqning yonish jarayonini tushuntirish uchun qo‘llash mumkin.
Qattiq moddalarning yong‘inga xavflik xususiyatlari 1 kg qattiq modda yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, o‘z-o‘zidan alangalanish yonib bitish tezligi va material yuzasida yonishning tarqalishi bilan ifodalaniladi. Qattiq jismlarning yonish harorati yonganda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori va yonish zonasiga kelayotgan havo miqdoriga bog‘liq.
CHanglarning yonishi va portlash xususiyatlari
Qattiq moddalarning maydalangan har xil kattalikdagi zarralari havo muhitida uzoq vaqt suzib yuradigan va birmuncha katta zichlikka ega bo‘lgan tumansimon muhitni vujudga keltiradi. Bunday mayda zarrachalarning ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganda xuddi gaz va yonuvchi suyuqliklar bug‘lari kabi portlash xususiyatiga ega bo‘ladi.
Odatda, havo tarkibidagi changlar miqdori g/m3 yoki mg/m3 birliklarda o‘lchanadi. Ko‘pgina yonuvchi moddalar changlarining portlashi uchun pastki zichlik miqdori juda katta birliklarni tashkil qiladi va bunday birlikdagi aralashma hosil qilishi qiyin (masalan, qand pudrasi, torf changi, bularning portlashi uchun quyi chegaradagi zichlik 1350 g/m3 va 2200 g/m3), shuning bilan birga bunday changlarni portlatib yuborish uchun katta quvvatdagi yondiruvchi impuls zarur.
Portlashning boshlang‘ich fazasida havo tarkibidagi eng mayda zarralar alangalanadi va ularning ajratgan issig‘ida kattaroq zarralar alangalanadi, shundan keyin zichligi etarli bo‘lsa, alangalanish hajmiy tus oladi va portlashga olib keladi. Shuning uchun ham zichlikning quyi chegarasi asosida changlarning yong‘inga va portlashga xavfliligi aniqlanadi. Portlashga xavfli changlar to‘lfasiga zichligi 65 g/m3 gacha bo‘lgan, alangalanish quyi chegarasiga to‘g‘ri kelgan changlar kiritiladi (oltingugurt changi, un va boshqalar). Agar alangalanishning quyi chegarasi 65 g/m3 dan ortiq zichlikka to‘g‘ri kelsa, ular yong‘inga xavfli changlar toifasiga mansub bo‘ladi (tamaki, yog‘och changi).
Binolarning ishlab chiqarish toifasi va o‘ta bardoshlilik darajasiga qarab ularning qavati tanlanadi.
A,B toifasi uchun qavatning soni 6 dan oshmasligi lozim. V toifasi uchun qavatlar soni cheklanmaydi, lekin asosiy konstruksiyalar noyonilg‘i va yonishi qiyin yonilg‘i materiallardan qilinishi lozim. Evakuatsiya yo‘llari qisqa va etarli kenglikda bo‘lishi kerak. CHiqish eshiklari faqat tashqariga ochilishi zarur (tebranadigan va xarakatlanuvchi eshiklarga joylashishga ruxsat berilmaydi). > 10 m dan yuqori bo‘lgan binoni tashqaridan yong‘in zinapoyalari bilan jixozlaydilar.
Sanoat korxonalari binolarini yong‘indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar QMQ 2.01.02 92: asosida aniqlanadi.
A, B va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli ob’ektlarda yong‘in haqida xabar beruvchi datchiklar o‘rnatiladi. Ular yong‘in bo‘lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. Bunday sistemalar yong‘in signalizatsiyasi deb ataladi. YOng‘inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi (YOASK) to‘g‘ri va aylanasimon sxemada o‘rnatiladi. Ular ishlatiladigan datchiklar turiga bog‘liq holda issiqlik, tutun muhofazalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Bu qurilmalar yong‘in va muhofaza-yong‘in turlariga bo‘linadi. YOng‘indan muhofaza sistemalari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. YOng‘in va uning muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong‘in to‘g‘risida xabar beruvchi qurilma qabul qilish stansiyasi, aloqa tarmog‘i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug‘likli signal qurilmasi kiradi.
YOng‘in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik yong‘in qurilmasiga-STPU-1 lar misol bo‘la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong‘in to‘g‘risida avtomatik xabar beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik o‘zgarishi, tutun va issiqlik o‘zgarishi hamda yorug‘lik energiyasining o‘zgarishini qayd etish asosida ishlaydi.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:
YOng‘inga ta’rif bering.
YOnishning fizik-kimyoviy asoslari.
YOnish fazalari va portlash chegaralari.
YOng‘inga qarshi kurash choralari.
O‘t o‘chirishni tashkil qilish.
Ishlab chiqarishlarning yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalari.
YOnish fazalari.
YOng‘in sabablari?
YOng‘in nazorati tashkilotlarining vazifalari?
YOng‘in haqida xabar berish va aloqa vositalari?
Ishchilarning xavfsiz evakuatsiya qilish?
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar yonish xususiyati bo‘yicha necha turga bo‘linadi va ular kaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |