Ishchi standart eritmasini tayyorlash. Taxminan 0,25 g kamfora va 4,0 g butanol 50 ml lik o‘lchov kolbasiga solinadi, 30 ml metanolda eritiladi, eritmaning xajmini shu erituvchi yordamida belgisigacha olib boriladi va aralashtiriladi.
Taklif qilingan yangi tarkibli diklofenak natriy surtmasining sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari
t/r
|
O‘rganilgan ko‘rsatkichlar va o‘lchov birliklari
|
Usullar va me’yorlar
|
Olingan natijalar
|
1.
|
Tashqi ko‘rinishi
|
Organoleptik, vizual
|
Oq rangli, bir xil konsistensiyali, o‘ziga xos xidli surtma
|
2.
|
CHinligi
|
SF, 276 nm
|
220-300 nm to‘lqin uzunligi oralig‘ida 276+2 nm to‘lqin uzunligida maksimum nur yutadi
|
3.
|
Kislotali yoki ishqoriyligi
|
XI DF, 1 nashr, 113 b (potensiometrik)
|
6,0-7,5
|
4.
|
Qadoq ichidagi massa
|
Gravimetrik,
OST 64-492-85 bo‘yicha
|
+ 4% gacha
|
5.
|
YOt aralashmalar
|
Xromatografik
|
1% gacha
|
6.
|
Zarrachalar o‘lchami
|
Mikroskopik okulyar 16x, ob’ektiv 10x
|
10 tagacha 60-90 mkm li zarrachalar bo‘lishi mumkin
|
7.
|
Bir xilligi (gomogennost, odnorodnost)
|
Organoleptik, vizual
|
Zarrachalar umuman ko‘zga ko‘rinmasligi kerak
|
8.
|
Mikrobiologik tozaligi
|
XI DF, 2 nashr, 193 b va №2 o‘zgartirish: 12.10.2005 y, kategoriya 2.
|
1 g surtmada 100 tadan ortiq umumiy aerob bakteriyalar va zamburug‘lar (yig‘indisi), 10 tadan ortiq enterobakteriyalar va grammanfiy bakteriyalar, umuman Pseudomonas aeruginosa, Staphylococcus aureus bo‘lmasligi kerak
|
9.
|
Miqdoriy tahlili:
diklofenak natriy
mentol
etil spirti
propilenglikol
glitserin
|
SF, 276 nm
Gaz xromatografik
|
0,0270 - 0,0330 g
0,0045 - 0,0055 g
0,0720 - 0,0880 g
0,0680 - 0,0830 g
0,0720 - 0,0880 g
|
Diklofenak natriy surtmasini qadoqlash, yorliqlash, tashish va saqlash.
Qadoqlash. 15 g, 40 g li alyumin tubalarga mo‘ljalangan yoki tibbiy surtmalar uchun laminarlangan polipropilen plyonkali folgadan tayyorlangan TU 64-7-678-90 bo‘yicha, GOST 16337-85E bo‘yicha past bosimli polietilendan, TU 5-05-1105-78 bo‘yicha polipropilendan, GOST 20282-86 e bo‘yicha polistirol PSS dan yoki OST 6-05-406-90 bo‘yicha zarbaga chidamli polistiroldan, yoki 25, 30 g li TU 64-2-281-84 bo‘yicha drotdan tayyorlangan bankalarda, yoki TU 64-2-239-79 bo‘yicha BDS bankalarda, yoki TSH 64- 17490735-01:2001 OST 64-2-281-84 bo‘yicha zichlovchi polietilen qopqoqli bankalarda yoki TU Uz-64-1696647-01-98, yoki TSH 64-15390981-02:2003, yoki TU 64-203636735>02-2007 OzDSt 936:20004 bo‘yicha plasmass bankalar, yoki TSH 64 -22956650-01:2009 bo‘yicha dorivor moddalar uchun polimerlar markalaridan tayyorlangan qopqoqli plastik bankalarda yoki TSH 64 - 15390981- 02:2003 bo‘yicha №1 o‘zgartirish xar bir banka yoki tubalarni ishlatilish bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton penallarga joylashtiriladi GOST 7933-80 bo‘yicha. Banka va tubalarni, bir-biridan ajratish uchun orasiga karton qo‘yib GOST 7376-89 bo‘yicha gofrirlangan kartondan tayyorlangan qutilarga joylashtiriladi, yoki GOST 7933-89E bo‘yicha qutilar uchun kartondan tayyorlangan, yoki steklomass yoki drotlardan tayyolangan to‘plashlarni o‘rov qo‘g‘ozi, GOST 8273-75 bo‘yicha o‘raladi, GOST 2228-81E bo‘yicha karton tagli qog‘ozlarga, yoki GOST 25951-83 bo‘yicha termokirishuvchan polietilen plyonkalardan tayyorlangan paketlar ichiga etiketkalar solinib joylashtiriladi.
Quti yoki to‘plamlarni GOST 8273-75 bo‘yicha o‘ram qog‘oz bilan o‘raladi, yoki qog‘oz qop bilan GOST 2228-81E bo‘yicha, yoki GOST 18251-87 bo‘yicha yopishqoq elimli etiketkalar bilan, yoki GOST 17308-88 bo‘yicha kanop bilan bog‘lanadi, yoki TU 17-05- 009-80 bo‘yicha propilen ip bilan bog‘lanib, ularni uchiga o‘zi yopishuvchi etiketka yopishtiriladi, yoki GOST 7625-86E bo‘yicha etiketka qog‘ozidan, yoki GOST 185I0-87E bo‘yicha yozuv qog‘ozidan.
Konteynerda tashilganda korobka, to‘plamlar yoki paketlarni yashiklarga joylash ruxsat etilmaydi.
Gruxlab transport qodoqlash GOST 17768-90E bo‘yicha.
Markalash. Tubada, pachkada yoki bankani etiketkasida ishlab chiqaruvchi korxonani nomi, tovar belgisi, manzili, preparat nomi lotin, o‘zbek va rus tillarida, 100g preparatda tasir etuvchi modda miqdori, preparat miqdori grammda, “Vrach tavsiyasi bilan ishlatilsin”, saqlash sharoitlari, ro‘yxatga olish guvoxnomasini tartib raqami, seriya raqami, saqlash muddati, shtrix-kodi, seriya raqami va ishlatish muddati tubani dumiga o‘yib tushiriladi. Tubani penalga joylashtirishda grafik bezashni qisqartirishgan matnini, ishlab chiqaruvchi korxona nomi bilan, savdo belgisi, manzili, preparat nomi lotin, o‘zbek va rus tillarida, 100g preparatda tasir etuvchi moddani miqdorini preparat miqdori grammda, ro‘yxatdan o‘tkazish guvoxnomasini raqami, seriya raqami, ishlatish muddatini ko‘rsatish ruxsat etiladi.
Gurux etiketkasida qo‘shilgan qodoqlar soni qo‘rsatiladi.
Transport tarasini markalashtirish GOST 14192-96 bo‘yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |