I.ISHCHI DASTUR
Kirish
“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanining o‘quv fani sifatidagi ahamiyati, talabalarda mutaxassislik mahoratini mukammal shakllantirish, ularda sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan tayyor dori vositalarining sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash bo‘yicha umumiy ko‘nikmalar hosil qilish hamda zamonaviy texnologiya nuqtai-nazaridan farmatsevtik ishlab chiqarishda tayyor maxsulotning sifatini baholashni ta’minlashdan iborat.
O‘quv dasturida farmatsevtika fani va amaliyotining, farmatsevtik ishlab chiqarishning uzoq kelajakka mo‘ljallangan istiqbollari yoritilgan shuningdek, fanni farmatsevtik ishlab chiqarish va sog‘liqni saqlash amaliyotiga yaqinlashtirish to‘laligicha asoslab berilgan.
Fanning maqsad va vazifalari
“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanining o‘quv fani sifatidagi vazifasi, mutaxassislik mahoratini egallash, dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan umumiy ko‘nikmalarni ularni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash orqali xosil qilish, hamda ularni zamonaviy texnologiya nuqtai-nazaridan sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash usul va uslublarini takomillashtirish, saqlash sharoitlarini belgilash va turg‘unligini ta’minlashdan iborat.
O‘quv dasturida dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ularni sifatini nazorat qilish, qadoqlash va o‘rash bo‘yicha fanning va amaliyotining uzoq kelajakka mo‘ljallangan istiqbollari yoritilgan. Bu kurs qattiq, yumshoq, suyuq va boshqa turdagi dori shakllari, shuningdek oddiy va murakkab dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rashni o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda dori va yordamchi moddalarning o‘zaro mutanosibiligi, ular orasidagi bog‘lanishlar, ularni tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri, qadoqlash va o‘rash turlarini tayyor mahsulotning saqlanish muddati va turg‘unligiga ta’siri bayon etilgan.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- dori vositalarini ishlab chiqarish borasida farmatsevtik ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy texnik hujjatlar, unga qo‘yilgan talablar, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy va yordamchi moddalar, asbob-uskunalar va apparatlar, shuningdek tayyor dori vositalarining ta’rifi, tavsifi va tasnifi, dori vositalarini sifatini nazorat qilish, qadoqlash va o‘rash uchun eng qulay va oddiy hamda sodda usulni tanlashni bilishi kerak;
- dori vositalarini ishlab chiqarish uchun farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqarishga va asosiy va yordamchi moddalarga qo‘yilgan talablar, dori va yordamchi moddalarni to‘g‘ri tanlash, dori vositasini tayyorlash bo‘yicha ularni umumiy va o‘ziga xos tayyorlanish texnologiyalariga, shuningdek ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan ishlay olish va tayyor dori vositasini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash borasida alohida ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- dori vositalarini tayyorlashda farmatsevtik ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilish, unda ishlatiladigan dori va yordamchi moddalarni to‘g‘ri tanlash, dori vositasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va apparatlarni ishlatish, ularni tegishli parametrlarini ish rejimiga moslashtirish, ularni ish unumdorligini oshirish va tayyorlangan dori turini umumiy va xususiy sifat nazorati bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalangan holda tegishli usullar bo‘yicha o‘z malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |