Valeriana nastoykasini sifat ko’rsatkichlarini baholashda cho’kma tushganligi aniqlandi. (vaziyat)
Moskva farmatsevtik ilmiy-tadqiqot oliygohi tomonidan taklif etilgan usul (VNIIF) Perkolyasiya — rangsizlantirish,siqibchiqarish so‘zidan olingan bo‘lib,xar xil tuzilishga egabo‘lgai maxsus idishlar — perkolyatorlarda olibboriladi. Perkolyatorning tubida g‘alvirsimon tubi bo‘lib, ustiga mato qo‘yiladi. Xom ashyo (1—8mm) 50—100% mikdoridagi ajratuvchi bilan bo‘ktirish uchun 4-6 coatga qoldiriladi. So‘ng bo‘kkan xom ashyo jo‘mragi ochiq perkolyatorga o‘tkaziladi. Ustiga «oynasimon yuza» (3—4sm kavat) xosil bo‘lguncha ajratuvchi quyiladi, oqib chiqqan ajratma kaytib perkolyatorga quyiladi va ma’lum vaqtga qolidiriladi (24-48 coat). Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, umumiy olinishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulotning 1∕4 qismiga teng miqdorda ajratma quyib olinadi. Prekolyatorga yana «oynasimon yuza» (3—4sm kavat) xosil bo‘lguncha ajratuvchi quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So‘ng yana ∕4 qismiga teng miqdorda ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Tayyor mahsulotning hajmi kerak bo‘lganda toza ajratuvchi bilan etkaziladi.
Perkolyatorlarning ko‘rinishi
Tarkibi.
Valeriananing maydalangan ildizi
va ildizpoyasi - 200,0 kg
70% li etil spirti - 1000 l nastoyka xosil bo’lguncha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
50 кg maydalangan va changdan tozalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi.
Perkolyator - 1 ta.
Druk filtr
Mato va xom ashyoni bostirib qoyish uchun yuk.
70% li etil spirti - etarli miqdorda.
Tosh va tarozi.
Ishni bajarish tartibi:
Perkolyator tubiga 3-4 qavatli doka joylashtirilib, ajratuvchi bilan namlanadi (70% li etil spirti). 50 кg maydalangan va changdan tozalangan 0,5-0,8 mm da valeriana ildizi va ildizpoyasi, perkolyatordagi mato ustiga bir me'yorda joylashtiriladi va tayoqcha bilan zichlanadi. Ish jarayonida xom ashyo yuzaga qalqib chiqib ketmasligi uchun, uning ustiga filtr qog’ozi qo’yilib, yuk bilan bostirib qo’yiladi. Xom ashyo ichidagi xavoni chiqarib yuborish uchun perkolyatorning jo’mragi ochilib, suyuqlik tusha boshlagunga qadar toza ajratuvchi quyiladi va suyuqlik tusha boshlagach, jo’mrak berkitilib, “oynasimon yuza” xosil bo’lguncha (xom ashyo ustidan 1-2 sm qalinlikda) toza ajratuvchi quyiladi. Jo’mrakdan oqib chiqqan suyuqlik qaytadan perkolyatorga solinadi va perkoloyatorning ustki qismi berkitilib, 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng, umumiy olinishi lozim bo’lgan tayyor maxsulotning 1/4 qismiga teng miqdorda ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga yana “oynasimon yuza” xosil bo’lguncha toza ajratuvchi quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So’ng yana 1/4 qism ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Agar umumiy hajm 250 l ga etmasa, toza ajratuvchi ya'na 70% li spirt bilan etkaziladi. Tayyor ajratma begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-100S) bir kunga tindirib qo’yiladi. Valeriana nastoykasining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha baholanganda, ajratma tiniq emasligi va cho‘kma hosil bo‘lganligi kuzatildi. Buning oldini olish choralarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |