Bog'liq Dori vositalarining sanoat texnologiyasi (1)
Indometatsin quruq qiyomini gigroskopikligini o‘rganish. Faol substansiyalarni xavodan suv bug‘ini tortib olish xossasi – gigroskopiklik deb ataladi. Moddalarning bu xossasi xavo tarkibidagi bug‘larning tarangligi, modda zarrachalarining yuzasidagi taranglikka nisbatan ko‘p bo‘lganda sodir bo‘ladi, bunda gigroskopik xossaga ega bo‘lgan moddalar xavo tarkibidagi bug‘larni yutib, shu yutilgan namlikda eriy boshlaydilar. Fizikaviy jixatdan bu xodisani kengroq talqin etish uchun nam xavoning asosiy omillarini va faol substansiyalar tarkibidagi namlikni bog‘lanish turlariga to‘xtalib o‘tish lozimdir.
Nam xavoni ta’riflovchi asosiy omillarga absolyut va nisbiy namlik, yoki xavoning to‘yinish darajasi, xavoning namlik va issiqlik (entalpiya) saqlashi kabi tushunchalar kiradi. Nam xavo bu quruq xavo va suv bug‘laridan tashkil topgan aralashma, u bir vaqtning o‘zida namlik va issiqlik saqlovchi yoki tashuvchi manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
Absolyut namlik deb, bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i miqdoriga (kg) aytiladi.
Nisbiy namlik yoki xavoning to‘yinish darajasi ma’lum, teng sharoitdagi (xarorat, xajm, barometrik bosim) bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i massasining bir kubometr xavo tarkibidagi maksimal suv bug‘i massasidagi to‘yingan bug‘ zichligiga nisbatidir. Nisbiy namlik xavoning nam yutishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri. Suv bug‘i bilan to‘yinish borasida xavo namlanadi, uning xarorati pasayadi va xajmi o‘zgaradi. SHuning uchun xavoning namligini ifodalovchi “absolyut namlik” tushunchasi o‘rniga absolyut quruq – xavo massa birligi tarkibida saqlangan namlik miqdorini aniqlash qulay. Xavoning namligi deb bir kilogramm absolyut quruq xavo hisobiga to‘g‘ri keladigan nam xavo tarkibidagi suv bug‘ining (kg) miqdoriga aytiladi. Nam xavoning issiqlik saqlashi deb (entalpiya) ma’lum xavo xaroratida (oS da), absolyut quruq xavo Sqx t va suv bug‘i x ip (Dj/kg quruq xavo) entalpiyalarining summasiga aytiladi:
I = Sqx t + x ib bu erda
Sqx t – absolyut quruq xavoning o‘rtacha solishtirma issiqlik saqlashi, bu son 1000 Dj/(kg grad)(0,24 kkal/(kg grad) tashkil etadi;
ib – suv bug‘ining entalpiyasi, Dj/kg.
Texnologik jarayonlarga ta’sir etishini izoxlash uchun nam xavoning asosiy xossalarini to‘la ifodalovchi doimiy bosim r=760 mm sm ust. (=99 kN/m2 ) uchun nam xavo I – x diagrammasi L.K.Ramzin tomonidan taklif etilgan. Ushbu diagramma xavoning doimiy entalpiyasiga ega sharoitda nam xavoning quruq material bilan muloqotga kirishi, ayniqsa bug‘-xavo aralashmasidan suvni kondensatsiyaga uchrashini (tr) izoxlaydi. Boshlang‘ich ma’lum bir haroratga ega (t1) va doimiy namlik saqlagan xavoning “shudring nuqtasi”gacha sovushi (tsh), uning tarkibidagi namlikning kamayishiga sabab bo‘lmaydi, biroq “shudring nuqtasi” dan haroratni ko‘proq pasayishi, xavo tarkibidagi namlikni ma’lum bir qismini kondensatsiyaga uchrab, miqdori kamayishiga olib keladi. Xavoning nisbiy namligi Wnisb=100% ni tashkil etganda suvning erkin bog‘lanish energiyasi E=O ga teng bo‘ladi. Qanchalik qattiq jismda namlik kam saqlansa shunchalik undan namlik bug‘latish uchun ko‘p ishchi kuchi sarflash lozim. Ma’lum bo‘lishicha stexiometrik nisbatda material bilan kimyoviy bog‘langan namlik eng mustaxkam deb hisoblanadi va u faqat o‘ta yuqori haroratda yoki kimyoviy reaksiya natijasida qattiq jismni tark etishi mumkin. Bu namlikni quritish jarayonida bartaraf etish mumkin emas. Quritish jarayonida qattiq jismlar fizik-kimyoviy va asosan mexanik bog‘langan namlikni yo‘qotadi. Fizik-kimyoviy bog‘langan namlikka misol qilib, adsorbsion (polimolekulyar va monomolekulyar qatlamlar namligi) va osmotik bog‘langan namliklarni keltirish mumkin.
Adsorbsion namlik – lipofil guruxlarning molekulalar aro kuch maydoni (Van-der Vaals, vodorod, elektrostatik kuchlar) yordamida zarrachalarning atrof muxit chegarasida ushlab turadigan namlikka aytiladi. Bu namlik umumiy bo‘kish namlik hisobiga kiradi. Adsorbsion namlik material bilan qattiq birikishi tufayli bog‘langan namlik ham deb yuritiladi. Qattiq jismlarning sirti erkin potensial energiyaga ega bo‘lishi sababli gaz va suv bug‘larini adsorbsiyalaydi. YUqorida ta’kidlaganimizdek xavodagi bug‘larning tarangligi modda zarrachalarining yuzasidagi taranglikka nisbatan ko‘p bo‘lganida, namlikning adsorbsiyalash xossasi kuzatiladi. Adsorbsiyalanish natijasida suv bug‘ining hajmi kamayadi va kondensatsiyaga uchrab suvga aylanadi. Adsorbsiya jarayoni kolloid jismlarning nafaqat sirtida, balki ichki qatlamlarida ham kuzatiladi. Adsorbsiya jarayonining sodir bo‘lishi bilan birga gidrotatsiya issiqligi ajralib chiqadi, bunga sabab materialni sirtqi potensial energiyasi issiqlikka aylanishidir. Material tarkibidagi namlik miqdori ortib borishi bilan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori kamayadi va oxiri 0 ga teng bo‘ladi. Issiqlik ajralib chiqishi bilan yutilgan namlik miqdori va qattiq jism, suyuqlik hamda nam materialning hajmlarining ayrimasiga teng son - gidrotatsion namlik deb yuritiladi. Demak gidrotatsiya adsorbsion namlikni birikish jarayonidir. Gidrotatsion namlik esa adsorbsiyalangan namlik miqdori qanchalik materialning sirtki maydoni ko‘p bo‘lsa shunchalik adsorbsiya jarayoni tez kechadi. G‘ovakli materiallarda qanchalik g‘ovak katta bo‘lsa, shuncha adsorbsiya sekin ketishi kuzatiladi.
Fizikaviy jihatdan namlikni adsorbsiyalash jarayoni uchun tezlik, qaytaruvchanlik, harorat ko‘tarilishi bilan adsorbsiyalangan namlikning miqdorini kamligi kabi sifatlar bilan tavsiflanadi. Qattiq jismlar namlikni adsobsiyalashi natijasida qattiq yoki ayrim xollarda suyuq eritmalar xosil qiladi. Ko‘pincha adsorbsiyalangan namlikda qattiq jismlarning butkul erib ketmasligiga adsorbsion qatlamda namlikni ma’lum bog‘langan xolda bo‘lishi, adsorbsiyalangan namlikning zichligi birdan farq qiladi va u nisbatan past haroratda muzlaydi.
Fizik-mexanik bog‘langan namlikka mikro va makro kapillyarlardagi va bo‘kish namlikni misol qilib keltirish mumkin. G‘ovak materiallarda kapillyar kondensatsiya jarayoni kuzatiladi. Bu faqat kritik haroratdan past bo‘lgan haroratda kondensatsiyaga uchraydi. Kondensatsiyaga uchragan suyuqlik g‘ovak devorlarini yaxshilab namlasa, kapillyarlar ichidagi suyuq adsorbsion qatlamlar tutashishi natijasida ichki botiq menisk xosil bo‘ladi. Botiq menisk ustidagi bug‘ to‘yinishi natijasida kondensatsiya sodir bo‘lib, materialning g‘ovaklari suyuqlikka to‘ladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonning o‘ziga xosligi bir xil haroratda botiq menisk ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi yassi yuza ustidagi to‘yingan bug‘ bosimiga nisbatan kichik bo‘ladi. Bu xol kapillyarlarda bug‘ kichik bosimda ham kondensatsiyaga uchrashi kuzatiladi. Qanchalik kapillyar radiusi kichik bo‘lsa, shunchalik botiq menisk ustidagi bug‘ bosimi kam bo‘ladi. SHuning uchun avval kichik so‘ngra yirik kapillyar kondensatsiyaga uchragan suvga to‘ladi.
Kapillyar kondensatsiya jarayoni ikkilamchi jarayon bo‘lib, adsorbsion kuchlar evaziga emas, balki kapillyar ichidagi suyuqlik xosil qilgan ichki botiq menisk sirtiga bug‘ molekulalarini tortish kuchi hisobiga sodir bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya tez-bir necha daqiqa ichida sodir bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonini tasvirlovchi sorbsiya izotermasi S shaklida bo‘ladi. Bu izotermaning o‘ziga xos ta’rifi to‘g‘ri chiziq boshida ma’lum adsorbsiya chegarasi mavjud bo‘lib, kondensatsiyaga uchragan bug‘ning miqdori ortishi natijasida ma’lum bosimda egri chiziqning tepaga ko‘tarilishi kuzatiladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonining o‘ziga xosligi sorbsion gisterzis natijasida sorbsiya va desorbsiya izotermalarini bir biriga mos kelmasligi, bu xol g‘ovakdagi xavoni kapillyar devorini to‘la namlanashiga xalaqit berishi va kapillyarning shakli va o‘lchami turli bo‘lishiga bog‘liq. Makrokapillyar ichidagi namlik qattiq bog‘langan bo‘lmaganligi sababli uni erkin namlikka tavsiflash mumkin.
Bo‘kish namligi deb, materialning osmotik zarrachalari tomonidan bo‘kilgan yoki kolloid tizimda immobillashgan ma’lum namlikka aytiladi. Bo‘kish namligi material tomonidan yutiladi va bunda uning hajmi ortishi kuzatiladi. Sochiluvchan materiallar tarkibida faqat kimyoviy bog‘langan namlik saqlansa, u quruq deb hisoblanadi. Agar sochiluvchan material tarkibida bog‘langan namlik bo‘lsa, biroq erkin namlik bo‘lmasa, bunday material quruq yoki tabiiy nam deb ataladi.
Dori substansiyalarini nam tortish xossasini o‘rganish katta amaliy ahamiyatga ega, xususan bu ko‘rsatkich tayyor dori vositalarini turg‘unligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nam tortish xossasi yuqori bo‘lgan faol substansiyalardan olingan granulalarning adgezion xossasi yuqori bo‘ladi, bu esa quruq qiyomning sochiluvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda parchalanishi bo‘yicha ko‘pincha talab darajasida bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan quruq qiyom nam tortish xossasini sun’iy ravishda yaratilgan, har xil nisbiy namliklarga ega bo‘lgan muhitlarda o‘rganish lozim deb topildi.
Tekshirilayotgan quruq qiyomning nam totish xossalari S.A.Nosovitskaya va uning muallifdoshlari taklif etgan usulga muvofiq aniqlandi.
Bunda eksikatorlarda mos ravishda 58, 79, 90 va 100% nisbiy namlikka ega bo‘lgan muhitlar hosil bo‘ladi. Har bir aloxida eksikatorda joylashgan kukun tomonidan sorbsiyalangan namlikning miqdori xar 3 soatda so‘ng 3 kun davomida aniqlandi.