Modda miqdorining bir xilligi. Aniqlash DF XI, 2 tom, 156 b. ga asosan olib boriladi. 1 ta tabletkani hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solib, ustiga natriy gidrofosfatni atsetonitrildagi eritmasining 15 ml miqdori qo’shiladi, kolba tabletka to’liq parchalanguncha chayqatiladi, 10 daqiqa davomida ultratovushli vannada eritiladi, belgilangan miqdorga yuqoridagi erituvchi bilan yetkaziladi, aralashtiriladi va teshigining diametri 0,45 mkm bo’lgan “Millipor” filtri orqali filtrlanadi, boshlang’ich 10-15 ml filtrat tashlab yuboriladi.
“Miqdoriy tahlil” bo’limida yozilganidek, navbatma navbat 50 mkl miqdordagi tekshiriluvchi va simvastatin ISN eritmasini yuqori sifatli suyuqlik xromatografiyasi usulida xromatografiyalanadi.
1 ta tabletkadagi simvastatinning foiz miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
S0 – standart namuna xromatogrammasidan olingan simvastatin ISN eritmasi hosil qilgan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
S1 – tekshiriluvchi eritma xromatogrammasidan olingan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
ast – simvastatin ISN miqdori, mg;
a – simvastatin miqdori, “1 ta tabletka uchun tarkib” bo’limida keltirilgan, mg;
P – standart namunasidagi simvastatinning foiz miqdori.
1 ta tabletkadagi simvastatinning miqdori DF XI, 2 tom, 156 b. talabiga javob berishi kerak.
Mikrobiologik tozaligi. Preparat DF XI, 2 tom, 193 b. va 12.10.2005 y. O’zgartirish №2, kategoriya 3 “A” talabiga javob berishi kerak. Preparat tekshiruv jarayoni davomida antimikrob xususiyatni namoyon qilmaydi.
Miqdoriy tahlil. Simvastatin. Maydalangan tabletkalardan 307,5 mg miqdordagi kukunni tortib olib, hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi. Unga natriy gidrofosfatning atsetonitrildagi eritmasidan 50 ml qo’shiladi, 10 daqiqa davomida ultratovushli vannada eritiladi, eritma hajmi belgigacha yuqorida keltirilgan erituvchi bilan yetkaziladi, aralashtiriladi va teshigining diametri 0,45 mkm bo’lgan “Millipor” filtrida filtrlanadi, boshlang’ich 10-15 ml filtrat tashlab yuboriladi.
50 mkl miqdordagi tekshiriluvchi eritma va simvastatin ISN eritmasini UB – detektorli yuqori sifatli suyuqlik xromatografiyasi usulida 150 x 3.9 mm o’lchamli Waters LC 1 Plus sorbenti to’ldirilgan Nova-Pak C18 60 A kolonkasida, har bir eritmadan 3 tadan kam bo’lmagan miqdordagi xromatogramma olinmaguncha quyida ko’rsatilgan sharoitda navbatma navbat xromatografiyalanadi:
- harakatlanuvchi faza – 50 qism atsetonitril va 50 qism suyultirilgan fosfat kislotasi (1:1000), istalgan qulay usulda degazatsiyalangan;
- oqim tezligi – 3 ml/daq;
- detektirlash – 238 nm;
- kolonka harorati – xona harorati.
1 ta tabletka tarkibidagi simvastatinning mg miqdori (X) quyidagi formula yordamida topiladi:
S0 – standart namuna xromatogrammasidan olingan simvastatin ISN eritmasi hosil qilgan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
S1 – tekshiriluvchi eritma xromatogrammasidan olingan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
ast – simvastatin ISN miqdori, mg;
a – tortib olingan preparat miqdori, mg;
b – tabletkaning o’rtacha miqdori, mg;
P – standart namunasidagi simvastatinning foiz miqdori.
1 ta tabletkaning o’rtacha og’irligiga ko’ra, simvastatin miqdori 9,0 dan 11,0 mg gacha bo’lishi kerak.
Ilova: simvastatin ISN eritmasini tayyorlash. 60,0 mg (a.t.) simvastatin (Yevr. F. 2003, AQSH 26) va 0,9 mg (a.t.) lovastatin (Yevr.F 2003) olib hajmi 200 ml bo’lgan o’lchiv kolbasiga solinadi, natriy gidrofosfatning atsetonitrildagi eritmasidan 100 ml qo’shiladi, 10 daqiqa davomida ultratovushli vannada eritiladi, keltirilgan erituvchi bilan eritma hajmi belgilangan miqdorga yetkaziladi.
Natriy gidrofosfatning atsetonitrildagi eritmasini tayyorlash. Atsetonitril va 0,01 mol/l natriy gidrofosfatning (60:40) aralashmasini “moviy tasma” filtri yordamida filtrlanadi va pH fosfat kislotasi bilan 4,0 ga keltiriladi.
Askorbin kislotasi. 10 ta tabletkani hajmi 250 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 25 ml 1,0% li shavel kislotasi va 200 ml astetonitrildagi atsetat buferidan qo’shiladi, to’liq dispergirlanguncha chayqatiladi, ultratovushli vannaga solinadi, hajmi atsetat buferini atsetonitrildagi eritmasi bilan belgigacha yetkaziladi, aralahstiriladi, teshigining diametri 0,45 mkm ga teng bo’lgan “Millipor” filtri yordamida filtrlanadi, boshlang’ich 10-15 ml filtrat tashlab yuboriladi.
50 mkl miqdordagi tekshiriluvchi eritma va simvastatin ISN eritmasini UB – detektorli yuqori sifatli suyuqlik xromatografiyasi usulida 150 x 3.9 mm o’lchamli Waters LC 1 Plus sorbenti to’ldirilgan Nova-Pak C18 60 A kolonkasida, har bir eritmadan 3 tadan kam bo’lmagan miqdordagi xromatogramma olinmaguncha quyida ko’rsatilgan sharoitda navbatma navbat xromatografiyalanadi:
- harakatlanuvchi faza – 90 qism atsetonitril va 10 qism 0,025 mol/l fosfat kislotasining aralashmasi, istalgan qulay usul yordamida degazatsiyalangan;
- oqim tezligi – 1,5 ml/daq;
- detektirlash – 246 nm;
- kolonka harorati – xona harorati.
1 ta tabletkadagi askorbin kislotasining mg miqdori (X) quyidagi formula yordamida topiladi:
S0 – standart namuna xromatogrammasidan olingan askorbin kislotasi ISN hosil qilgan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
S1 – tekshiriluvchi eritma xromatogrammasidan olingan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
ast – tortib olingan askorbin kislotasi ISN miqdori, mg;
a – tortib olingan preparat miqdori, mg;
b – tabletkaning o’rtacha miqdori, mg.
Ilova. 0,025 mol/l fosfat kislotasini tayyorlash. 1,65 ml 85% li fosfat kislotasiga 1000 ml suv qo’shiladi.
Atsetat buferining atsetonitrildagi eritmasini tayyorlash. Atsetonitril va pH 4,0 bo’lgan atsetat buferini 80:20 nisbatda aralashtiriladi.
pH 4,0 bo’lgan atsetat buferini tayyorlash. 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga 200 ml suv, 0,75 ml sirka kislotasi solinadi. pH 4,0 bo’lguncha NaOH ning 20% li eritmasi qo’shiladi. Eritma hajmi kolba belgisigacha suv bilan yetkaziladi.
Oksalat kislotasining 1,0% li eritmasini tayyorlash. 1 g oksalat kislotasini hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va oz miqdordagi suv bilan eritiladi. Eritma hajmi kolba belgisigacha suv bilan yetkaziladi.
Askorbin kislotasi ISN eritmasini tayyorlash. 25 mg (aniq tortma) (Yevr.F.2003) askorbin kislotasini hajmi 250 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 25 ml 1% li oksalat kislotasida eritiliadi, 200 ml atsetat buferining atsetonitrildagi eritmasi qo’shiladi, aralashtiriladi, eritma hajmi kolba belgisigacha huddi shu erituvchi bilan yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |