Berilgan tabletkani balandligini diametriga mutanosibligini aniqlang.
Bu mutanosiblik tabletkalarni avtomatik ravishda qadoqlashda muhim ahamiyatga ega. Tabletkalarning balandligi mikrometrdan foydalanilgan holda 0,01 mm aniqlikda o‘lchanadi.
Tabletkalarning balandligi va diametri ma’lum mutanosiblikda bo‘lishi kerak, bu TST (OST) 64-7-170-75 da keltirilgan ikki tomoni yassi tabletkalar balandligi va diametrining mutanosibligi uchun berilgan jadval bo‘yicha belgilanadi.
3-laboratoriya ishi
Berilgan tabletkalarning o‘rtacha og‘irligi va undan chetlanishini aniqlang.
Tabletkalarning og‘irlikdagi farqlarini aniqlash uchun 20 ta tabletkani birgalikda 0,001 g aniqlikda tortib, o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi. So‘ng xar bir tabletka shu aniqlikda alohida tortilib, o‘rtacha og‘irlikdan farqi, foiz miqdorda topiladi.
0,1 g gacha bo‘lgan tabletkalar uchun bu farq +10% , 0,1-0,3 g - +7,5%, 0,3 g va undan yuqorilari uchun +5% ni tashkil etishi kerak. Obakilash usuli yordamida olingan, alohida qobiqli tabletkalarning massasi, o‘rtacha massadan farqi +15% dan oshmasligi kerak.
F aqat 2 ta tabletkagina ko‘rsatilgan chegaralardan oshuvchi, biroq ikki martadan ko‘proq oshmaydigan chetlanishga ega bo‘lishi kerak.
4-laboratoriya ishi
Berilgan tabletkalarning qattiqligini aniqlang.
Tabletkalar qadoqlash jarayonida, tashish va saqlash davomida mexanik ta’sirlarga etarli darajadagi qattiqlikka ega bo‘lishi kerak. Tabletkalarning qattiqligi ikki xil ko‘rsatkich - ishqalanishga va sinishga bo‘lgan qattiqliklar bo‘yicha aniqlanadi.
Tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi xar xil ko‘rinishdagi asboblar yordamida aniqlanadi. XI DF ga binoan tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi do‘mbirali ishqalagich asbobida aniqlanadi.
Asbob qopqog‘i ochiladigan, diametri 200 mm bo‘lgan, ichki devorlariga 200 burchak ostida 12 ta kurakcha joylashtirilgan do‘mbira, soatli mexanizm va do‘mbirani daqiqasiga 20 marta aylanishini ta’minlovchi elektr yurgichdan iborat.
Tekshirish uchun 10 dona tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinib, do‘mbiraga solinadi. Qopqog‘i yopilgach, 5 daqiqa elektr tarmog‘iga ulanadi. Belgilangan vaqt o‘tgach tabletkalar changdan tozalanadi va ularning massasi 0,001 g aniqlikda tortiladi. So‘ngra tabletkaning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
bunda P – tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi, %;
Rb – tabletkalarning tekshirishdan oldingi og‘irligi, g;
Rk - tabletkalarning tekshirishdan keyingi og‘irligi, g.
Tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni ishqalanuvchanligi 3% dan oshmasligi kerak.
Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligi kg yoki N da ifodalanadi, biroq bu ko‘rsatkich tabletkanig sifatini xar doim aniq belgilay olmaydi. Masalan, amidopirin, sut qandi, terpingidrat, papazol tabletkalarida bu ko‘rsatkich 20-40 N bo‘lishiga qaramay, chetlari tez uqalanuvchan bo‘ladi.
Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligini aniqlash uchun xar xil asboblar mavjud. Bu asboblarning asosiy ishchi qismi pastki va yuqorigi puansonlar bo‘lib, tabletka ular orasiga joylashtiriladi va ezilib maydalanguncha kuch beriladi.
Taklif etilgan tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligi Toshkent famatsevtika instituti Dori vositalarini standartlash Ilmiy Markazida majud bo‘lgan «ERWEKA» firmasining «TVN-30» rusumli asbobida aniqlandi. Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqlik me’yori, qattiqlik ko‘rsatkichi orqali ifodalanib, u quyidagi tenglamani qoniqtirishi kerak:
,
bunda K – qattiqlik ko‘rsatkichi;
R – sindirish uchun sarflangan kuch, kg;
D – tabletka diametri, mm;
h – tabletka balandligi, mm.
5-laboratoriya ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |