KEYS:
“
Kukunlar sifatini baholash
”
Kirish.
Xozirgi zamon korxona sharoitida dori ishlab chiqarish mashina ishlatishni taqozo
etadi, chunki bunda ishchilar mexnati engillashadi, tayyor maxsulot tannarxi arzonlashadi.
Sanoat miqyosida ishlab-chiqariladigan kukunlarni tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari
qo‘yidagilardan iborat: ular katta hajmda, maxsus sexlarda tayyorlanadi; tayyorlash jarayoni
asosan mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilgan bo‘ladi. Har bir bosqichni nazorat bo‘limi
tekshirib boriladi, maxsulot tayyor bo‘lganidan so‘ng qadoqlashdan oldin har bir turkumni sifat va
miqdor ko‘rsatkichlari tekshiriladi. Talab darajasida bo‘lsa qadoqlashga ruhsat etiladi. Qadoqlab
bo‘lganidan so‘ng har bir turkumdan qadoqlashgan yorliqlangan maxsulotdan olib, analitik
laboratoriyaga topshiriladi. U erda bitta idishdagi maxsulotni miqdori, tashqi ko‘rinishi, chinligi,
274
tozaligi, ta’sir etuvchi moddani miqdori tahlil etiladi. Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar MTH
talabiga javob bersa, nazorat bo‘limini xulosasi asosida maxsulot korxona omborxonasiga
topshiriladi. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan kukunlarni tayyorlash quyidagi texnologik
bosqichlardan iborat: tegishli asbob uskunalarni tayyorlash, boshlang‘ich maxsulotlarni maydalash,
elash, aralashtirish, qadoqlash va yorliqlash. Kukun tayyorlanadigan sex xona gigiena-sanitariya
talabiga javob berishi kerak, asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi moddalar
qo‘shilgan. Tuzsizlantirilgan suv bilan 2-3 marta yuviladi, so‘ngra suv bug‘i yuborib, quritiladi.
Kukunlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni maydalashdir. Bu maqsadda asosan
tegirmonlar ishlatildi. Tegirmonni tanlashda maydalanadigan moddani fizik-kimyoviy, morfologik,
gistologik xossalarini hisobga olish kerak. Substansiyalarni maydalashda ulardagi qoldiq namlik
katta ahamiyatga ega. Sex sharoitida ko‘pincha zo‘ldirli, dismembrator, dezintegrator, bolg‘achali
tegirmonlar ishlatiladi. Maydalanadigan modda tegishli tegirmonga solinadi. Elektr tarmog‘iga
ulanadi va reglamentda ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida maydalaniladi. Mayda langan modda barabanli,
vibratsion yoki sexda mavjud bo‘lgan boshqa elaklar yordamida elanadi. Elangan kukunlar
aralashtirgichlarga solib yaxshilab aralashtiriladi. Agar murakkab kukun bo‘lsa, hamma ingridientlar
yana elanishi kerak va qaytadan aralashtiriladi. Korxona sharoitida kukunlar asosan uchta usulda
aralashtiriladi:
1. Zettasimon ikki kurakchali aralashtirgichlar. Bular asosan ikkita yarim silindrsimon tubdan,
ikkita zetta-simon aralashtirgichdan, qopqoqdan, qopqoqdagi tuyikdan tashkil topgan.
Aralashtirgich kurakchalari xar hil tezlikda qarama-qarshi tomonga xarakat qiladi. Bundan maqsad
kukunni hamma qatlamlari bir hil aralashishidir. Aralashtirib bo‘lgandan so‘ng aralashtirgich
avtomatik usulda "ag‘dariladi" va kukun idishga tushadi. Korxonalarda bunday aralashtirgichlardan
40, 70, 100 litrlilari ko‘p ishlatiladi (rasm).
2. Laboratoriya sharoitida kukunni ko‘pincha zo‘ldirli tegirmonda aralashtiradilar. Bu maqsadda
barabandagi sharlarni bir qismini olib, barabanga kukun solinadi va elektr tarmog‘iga ulab ma’lum
vaqt baraban aylantiriladi. Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar. Bu usul oddiy, lekin unumdorligi
yuqori emas (rasm).
3. Yolg‘on qaynoq yuzada aralashtirish bu eng zamonaviy asbob bo‘lib, SG-30 turkumidagi
asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki qavatli elagi bo‘lgan va 30 kg kukunga
mo‘ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan engdan iborat. Aralashtirish lozim bo‘lgan
modda idishga solinadi, idishni gardishi (cheti) kapron eng bilan zich berkiladi, so‘ngra boshqaruv
pultidan idishni tubiga xavo bosim bilan yuboriladi. Bunda idishdagi massa bosim ostida yuqoriga
ko‘tarilib, muallak holga kelib , o‘zaro aralashadi, mayda zarrachalar kapron filtrda ig‘iladi,
aralashtirib bo‘lgandan so‘ng, filtr avtomatik usulda tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi.
So‘ngra teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi modda boshqa sig‘imga so‘linadi. Bu usulni
kamchiligi bosim me’yoridan yukori bo‘lsa, kapron yirtilib mayda fraksiya atmosferaga chiqib
ketadi. SHunday qilib, tayyor kukundan nazorat bo‘limi namuno olib analitik laboratoriyaga
tekshirishga yuboriladi. Agar natijada ijobiy bo‘lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi.
Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan sepma kukunlarini texnologiyasi boshqa kukunlardan
quyidagi tomonlari bilan farq qiladi:
1. Sepma tarkibiga kiradigan ingridientlar o‘ta quruq bo‘lishi kerak.
2. Sepma tarkibidagi moddalar alohida-alohida mayda kukun holigacha maydalanib, teshigini
diametri 100mk dan katta bo‘lmagan elaklar orqali elangan bo‘lishi kerak, chunki zarracha diametri
qanchalik kichchik bo‘lsa, uni biosamaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi, teriga yaxshi yopishidi.
Sepma dorilar quruq joida saqlanishi lozim, aqs holda namni tortib olib , qattiq bo‘lakchalar
hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi.
Sex sharoitida sepma dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak.
Quyidagi keys
– kukunlar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini
asoslash va mo‘‘tadillashtirish.
Kukunlarni ishlab chiqarishning umumiy va xususiy
texnologiyalarini bilish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar
275
(tegirmonlar, elaklar va aralashtirgichlar)ni to‘g‘ri tanlash.
Kukun tayyorlash jarayonida kelib
chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kukunlarni tayyorlash texnologiyasi
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va
ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |