271
saqlanadigan davrda asta-sekin namoyon qilib borishi mumkin. Xuddi shunday ta’sir qo‘llaniladigan
texnologik usul asosida ham yuzaga kelishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki
tayyorlangan dori turlari saqlanish davomida nafaqat dorivor moddaga ta’sir ko‘rsatilib, unnig
faolligi ortishi, kamayishi yoki umuman yo‘qolishi kuzatiladi, balki dori turiga xos bo‘lgan sifat
ko‘rsatkichlari: tashqi ko‘rinishi, mustaxkamligi, parchalanish vaqti, eruvchanligi kabilarni
o‘zgarishi ham kuzatilishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar asosida ta’sir etuvchi modda o‘rtasida
yoki yordamchi modda o‘rtasida yoki yordamchi modda va yordamchi modda o‘rtasida, shuningdek,
ta’sir etuvchi modda va yordamchi moddalarning texnologik jarayonlar ta’sirida kuzatilishi mumkin
bo‘lgan kimyoviy o‘zaro ta’sirlar, kislotali, asosli, tuz ko‘rinishidagi kimyoviy modifikatsiyalarga
aylanishi,
parchalanishi,
oksidlanish-qaytarilish
jarayonlari,
yoizik-kimyoviy
o‘zgarishlar,
polimerlanish, eruvchanlikning o‘zgarishi, gigroskopiklik holatini ortishi, kolloid hosil bo‘lishi
kabilar kuzatilishi mumkin. Dori turi o‘z xususiyatlariga ko‘ra etarlicha turg‘unlikka ega bo‘lgan
holatda ularning xususiyatlariga mos kelmaydigan joylash idishlarining qo‘llanilishi yoki idishlarga
joylangan dori turlarini talablar darajasida bo‘lmagan sharoitlarda (yuqori yoki juda past nisbiy
namlikka ega bo‘lgan xonalarda, tashqi muhit xarorati yuqori yoki past bo‘lgan yoki quyosh nuri
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan sharoitlarda) saqlanishi ham dori turlari turg‘unligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Tabletka dori turlarining xar bir seriyasini kontur-uyachali qadoqlash idishi (DST 64-744-6-
81), plastmassa qopqoqli qo‘ng‘ir rangli shisha idish (TST 64-287-81), burama plastmassa qopqoqli
(TST 64-20-8780) qo‘ng‘ir rangli shisha idish (TST 64-2-71-80)larga joylandi va tegishli yorliqlar
bilan yorliqlandi. SHu usulda tayyorlangan tabletka dori turlari alohida-alohida karton qutilarga
joylashtirilib, tabiiy usulda olib borilgan tadqiqotlarda karton qutilardagi dorilar erto‘la
omborxonalarining laboratoriya xonalaridagi peshtaxtalarida saqlandi. Bunda tadqiqotlar olib
borilayotgan xonalarning xarorati yil davomida oralig‘ida, nisbiy namlik oralig‘ida bo‘lishi
kuzatildi. Tadqiqotlar davomida xar 6 oy oralig‘ida nazorat ostidagi tabletka namunalari tanlab
olinib, ularni tegishli MTH lari talablariga asosan tekshirib ko‘rildi.
Ma’lumki dori turlari turg‘unligini tabiiy sharoitlarda o‘rganish bir muncha haqqoniy
natijalarni beradi. Chunki bunda tajriba sharoitlari amaliyotga yaqindir. Biroq bu usulda tajribalarni
uzoq davom etishi sababli “Tezlashtirilgan usul” da dori vositalarning turg‘unligini o‘rganish tavsiya
etilgan bo‘lib, u yo‘riqnoma xujjatga asosan amalga oshiriladi. Ushbu yo‘riqnomaga asosan
xususiyatga ega bo‘lgan dori turlarini yaroqlilik muddatlarini “Tezlashtirilgan usul” da amalga
oshirish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: