Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Indometatsin quruq qiyomini gigroskopikligini o‘rganish



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Indometatsin quruq qiyomini gigroskopikligini o‘rganish. 
Faol substansiyalarni xavodan suv bug‘ini tortib olish xossasi – gigroskopiklik deb ataladi. 
Moddalarning bu xossasi xavo tarkibidagi bug‘larning tarangligi, modda zarrachalarining yuzasidagi 
taranglikka nisbatan ko‘p bo‘lganda sodir bo‘ladi, bunda gigroskopik xossaga ega bo‘lgan moddalar
xavo tarkibidagi bug‘larni yutib, shu yutilgan namlikda eriy boshlaydilar. Fizikaviy jixatdan bu 
xodisani kengroq talqin etish uchun nam xavoning asosiy omillarini va faol substansiyalar 
tarkibidagi namlikni bog‘lanish turlariga to‘xtalib o‘tish lozimdir. 
Nam xavoni ta’riflovchi asosiy omillarga absolyut va nisbiy namlik, yoki xavoning 
to‘yinish darajasi, xavoning namlik va issiqlik (entalpiya) saqlashi kabi tushunchalar kiradi. Nam 
xavo bu quruq xavo va suv bug‘laridan tashkil topgan aralashma, u bir vaqtning o‘zida namlik va 
issiqlik saqlovchi yoki tashuvchi manbaa bo‘lib xizmat qiladi. 
Absolyut namlik deb, bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i miqdoriga (kg) aytiladi. 
Nisbiy namlik yoki xavoning to‘yinish darajasi ma’lum, teng sharoitdagi (xarorat, xajm, 
barometrik bosim) bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i massasining bir kubometr xavo 
tarkibidagi maksimal suv bug‘i massasidagi to‘yingan bug‘ zichligiga nisbatidir. Nisbiy namlik 
xavoning nam yutishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri. Suv bug‘i bilan to‘yinish borasida 
xavo namlanadi, uning xarorati pasayadi va xajmi o‘zgaradi. SHuning uchun xavoning namligini 
ifodalovchi “absolyut namlik” tushunchasi o‘rniga absolyut quruq – xavo massa birligi tarkibida 
saqlangan namlik miqdorini aniqlash qulay. Xavoning namligi deb bir kilogramm absolyut quruq 
xavo hisobiga to‘g‘ri keladigan nam xavo tarkibidagi suv bug‘ining (kg) miqdoriga aytiladi. Nam 
xavoning issiqlik saqlashi deb (entalpiya) ma’lum xavo xaroratida (
o
S da), absolyut quruq xavo S
qx

va suv bug‘i x i
p
(Dj/kg quruq xavo) entalpiyalarining summasiga aytiladi: 
I = S
qx
t + x i
b
bu erda 
S
qx
t – absolyut quruq xavoning o‘rtacha solishtirma issiqlik saqlashi, bu son 1000 Dj/(kg 
grad)(0,24 kkal/(kg grad) tashkil
etadi; 
i
b
– suv bug‘ining entalpiyasi, Dj/kg. 
Texnologik jarayonlarga ta’sir etishini izoxlash uchun nam xavoning asosiy xossalarini to‘la 
ifodalovchi doimiy bosim r=760 mm sm ust. (=99 kN/m
2
) uchun nam xavo I – x diagrammasi 
L.K.Ramzin tomonidan taklif etilgan. Ushbu diagramma xavoning doimiy entalpiyasiga ega 
sharoitda nam xavoning quruq material bilan muloqotga kirishi, ayniqsa bug‘-xavo aralashmasidan 
suvni kondensatsiyaga uchrashini (t
r
) izoxlaydi. Boshlang‘ich ma’lum bir haroratga ega (t
1
) va 
doimiy namlik saqlagan xavoning “shudring nuqtasi”gacha sovushi (t
sh
), uning tarkibidagi 
namlikning kamayishiga sabab bo‘lmaydi, biroq “shudring nuqtasi” dan haroratni ko‘proq pasayishi, 
xavo tarkibidagi namlikni ma’lum bir qismini kondensatsiyaga uchrab, miqdori kamayishiga olib 
keladi. Xavoning nisbiy namligi W
nisb
=100% ni tashkil etganda suvning erkin bog‘lanish energiyasi 
E=O ga teng bo‘ladi. Qanchalik qattiq jismda namlik kam saqlansa shunchalik undan namlik 
bug‘latish uchun ko‘p ishchi kuchi sarflash lozim. Ma’lum bo‘lishicha stexiometrik nisbatda material 


268 
bilan kimyoviy bog‘langan namlik eng mustaxkam deb hisoblanadi va u faqat o‘ta yuqori haroratda 
yoki kimyoviy reaksiya natijasida qattiq jismni tark etishi mumkin. Bu namlikni quritish jarayonida 
bartaraf etish mumkin emas. Quritish jarayonida qattiq jismlar fizik-kimyoviy va asosan mexanik 
bog‘langan namlikni yo‘qotadi. Fizik-kimyoviy bog‘langan namlikka misol qilib, adsorbsion 
(polimolekulyar va monomolekulyar qatlamlar namligi) va osmotik bog‘langan namliklarni keltirish 
mumkin. 
Adsorbsion namlik – lipofil guruxlarning molekulalar aro kuch maydoni (Van-der Vaals, 
vodorod, elektrostatik kuchlar) yordamida zarrachalarning atrof muxit chegarasida ushlab turadigan 
namlikka aytiladi. Bu namlik umumiy bo‘kish namlik hisobiga kiradi. Adsorbsion namlik material 
bilan qattiq birikishi tufayli bog‘langan namlik ham deb yuritiladi. Qattiq jismlarning sirti erkin 
potensial energiyaga ega bo‘lishi sababli gaz va suv bug‘larini adsorbsiyalaydi. YUqorida 
ta’kidlaganimizdek xavodagi bug‘larning tarangligi modda zarrachalarining yuzasidagi taranglikka 
nisbatan ko‘p bo‘lganida, namlikning adsorbsiyalash xossasi kuzatiladi. Adsorbsiyalanish natijasida 
suv bug‘ining hajmi kamayadi va kondensatsiyaga uchrab suvga aylanadi. Adsorbsiya jarayoni 
kolloid jismlarning nafaqat sirtida, balki ichki qatlamlarida ham kuzatiladi. Adsorbsiya jarayonining 
sodir bo‘lishi bilan birga gidrotatsiya issiqligi ajralib chiqadi, bunga sabab materialni sirtqi potensial 
energiyasi issiqlikka aylanishidir. Material tarkibidagi namlik miqdori ortib borishi bilan ajralib 
chiqayotgan issiqlik miqdori kamayadi va oxiri 0 ga teng bo‘ladi. Issiqlik ajralib chiqishi bilan 
yutilgan namlik miqdori va qattiq jism, suyuqlik hamda nam materialning hajmlarining ayrimasiga 
teng son - gidrotatsion namlik deb yuritiladi. Demak gidrotatsiya adsorbsion namlikni birikish 
jarayonidir. Gidrotatsion namlik esa adsorbsiyalangan namlik miqdori qanchalik materialning sirtki 
maydoni ko‘p bo‘lsa shunchalik adsorbsiya jarayoni tez kechadi. G‘ovakli materiallarda qanchalik 
g‘ovak katta bo‘lsa, shuncha adsorbsiya sekin ketishi kuzatiladi. 
Fizikaviy jihatdan namlikni adsorbsiyalash jarayoni uchun tezlik, qaytaruvchanlik, harorat 
ko‘tarilishi bilan adsorbsiyalangan namlikning miqdorini kamligi kabi sifatlar bilan tavsiflanadi. 
Qattiq jismlar namlikni adsobsiyalashi natijasida qattiq yoki ayrim xollarda suyuq eritmalar xosil 
qiladi. Ko‘pincha adsorbsiyalangan namlikda qattiq jismlarning butkul erib ketmasligiga adsorbsion 
qatlamda namlikni ma’lum bog‘langan xolda bo‘lishi, adsorbsiyalangan namlikning zichligi birdan 
farq qiladi va u nisbatan past haroratda muzlaydi. 
Fizik-mexanik bog‘langan namlikka mikro va makro kapillyarlardagi va bo‘kish namlikni 
misol qilib keltirish mumkin. G‘ovak materiallarda kapillyar kondensatsiya jarayoni kuzatiladi. Bu 
faqat kritik haroratdan past bo‘lgan haroratda kondensatsiyaga uchraydi. Kondensatsiyaga uchragan 
suyuqlik g‘ovak devorlarini yaxshilab namlasa, kapillyarlar ichidagi suyuq adsorbsion qatlamlar 
tutashishi natijasida ichki botiq menisk xosil bo‘ladi. Botiq menisk ustidagi bug‘ to‘yinishi natijasida 
kondensatsiya sodir bo‘lib, materialning g‘ovaklari suyuqlikka to‘ladi. Kapillyar kondensatsiya 
jarayonning o‘ziga xosligi bir xil haroratda botiq menisk ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi yassi yuza 
ustidagi to‘yingan bug‘ bosimiga nisbatan kichik bo‘ladi. Bu xol kapillyarlarda bug‘ kichik bosimda 
ham kondensatsiyaga uchrashi kuzatiladi. Qanchalik kapillyar radiusi kichik bo‘lsa, shunchalik botiq 
menisk ustidagi bug‘ bosimi kam bo‘ladi. SHuning uchun avval kichik so‘ngra yirik kapillyar 
kondensatsiyaga uchragan suvga to‘ladi. 
Kapillyar kondensatsiya jarayoni ikkilamchi jarayon bo‘lib, adsorbsion kuchlar evaziga 
emas, balki kapillyar ichidagi suyuqlik xosil qilgan ichki botiq menisk sirtiga bug‘ molekulalarini 
tortish kuchi hisobiga sodir bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya tez-bir necha daqiqa ichida sodir 
bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonini tasvirlovchi sorbsiya izotermasi S shaklida bo‘ladi. Bu 
izotermaning o‘ziga xos ta’rifi to‘g‘ri chiziq boshida ma’lum adsorbsiya chegarasi mavjud bo‘lib, 
kondensatsiyaga uchragan bug‘ning miqdori ortishi natijasida ma’lum bosimda egri chiziqning 
tepaga ko‘tarilishi kuzatiladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonining o‘ziga xosligi sorbsion gisterzis 
natijasida sorbsiya va desorbsiya izotermalarini bir biriga mos kelmasligi, bu xol g‘ovakdagi xavoni 
kapillyar devorini to‘la namlanashiga xalaqit berishi va kapillyarning shakli va o‘lchami turli 
bo‘lishiga bog‘liq. Makrokapillyar ichidagi namlik qattiq bog‘langan bo‘lmaganligi sababli uni erkin 


269 
namlikka tavsiflash mumkin.
Bo‘kish namligi deb, materialning osmotik zarrachalari tomonidan bo‘kilgan yoki kolloid 
tizimda immobillashgan ma’lum namlikka aytiladi. Bo‘kish namligi material tomonidan yutiladi va 
bunda uning hajmi ortishi kuzatiladi. Sochiluvchan materiallar tarkibida faqat kimyoviy bog‘langan 
namlik saqlansa, u quruq deb hisoblanadi. Agar sochiluvchan material tarkibida bog‘langan namlik 
bo‘lsa, biroq erkin namlik bo‘lmasa, bunday material quruq yoki tabiiy nam deb ataladi.
Dori substansiyalarini nam tortish xossasini o‘rganish katta amaliy ahamiyatga ega, xususan 
bu ko‘rsatkich tayyor dori vositalarini turg‘unligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nam 
tortish xossasi yuqori bo‘lgan faol substansiyalardan olingan granulalarning adgezion xossasi yuqori 
bo‘ladi, bu esa quruq qiyomning sochiluvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda parchalanishi 
bo‘yicha ko‘pincha talab darajasida bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan quruq qiyom nam tortish xossasini sun’iy ravishda yaratilgan, har xil 
nisbiy namliklarga ega bo‘lgan muhitlarda o‘rganish lozim deb topildi.
Tekshirilayotgan quruq qiyomning nam totish xossalari S.A.Nosovitskaya va uning 
muallifdoshlari taklif etgan usulga muvofiq aniqlandi. 
Bunda eksikatorlarda mos ravishda 58, 79, 90 va 100% nisbiy namlikka ega bo‘lgan 
muhitlar hosil bo‘ladi. Har bir aloxida eksikatorda joylashgan kukun tomonidan sorbsiyalangan 
namlikning miqdori xar 3 soatda so‘ng 3 kun davomida aniqlandi. 

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish