257
bu yerda: D
1
– tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
D
0
– giperozid GSN eritmasining optik zichligi;
m
0
– tortib olingan giperozid GSN ning og’irligi, grammlarda.
Preparatdagi flavonoidlarning giperozidga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan
kam bo’lmasligi kerak.
Ilova.
1. Giperozid GSN eritmasini tayyorlash. Oldindan 130-135ºC haroratda 3 soat
davomida quritilgan giperozid GSN (FM 42-1088-81) dan 0,05 g (aniq tortma) olib hajmi 100 ml
bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirti bilan suv hammomida qizdirilib turgan
holda eritiladi, eritmani xona haroratigacha sovutiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan kolba
belgisigacha yetkaziladi, aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 1 oy.
2. pH 4,0 bo’lgan bufer eritmasini tayyorlash. 10 ml 1 mol/l natriy gidroksidini hajmi 100 ml
bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 57 ml sirka kislotasi qo’shiladi, belgisigacha suv bilan
yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 2 oy.
3. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi 100
ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirtida eritiladi, eritma hajmi keltirilgan
spirt bilan belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.
2 – usul (alternativ). 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 6 ml
alyuminiy xlorid eritmasidan qo’shiladi, suv hammomida 3 daqiqa davomida qizdiriladi, tezda
sovutiladi, belgisigacha 70% li etil spirti bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda 430 nm to’lqin uzunligida va qalinligi 10 mm li
kyuvetada o’lchanadi.
Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml li o’lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat
va hajmi belgisigacha 70 % li spirt bilan yetkazilgan eritmadan foydalaniladi.
Preparat tarkibidagi flavonoidlarning kversetinga nisbatan hisoblangan foiz miqdori (X)
nisbiy yutish ko’rsatkichi
yordamida topiladi:
bu yerda: D
1
– tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
475 – kversetin va alyuminiy xlorid kompleksining 430 nm to’lqin uzunligidagi nisbiy yutish
ko’rsatkichi
.
Flavonoidlar yig’indisining kversetinga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan kam
bo’lmasligi kerak.
Ilova. 1. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi
100 ml bo’lgan o’lchov kolbasida 50 ml 70% li etil spirti bilan eritiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt
bilan kolba belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.
Do'stlaringiz bilan baham: