Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Loyihani bajarish tartibi



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Loyihani bajarish tartibi: 
talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, 
amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog 
o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi. 
Loyihaning baholanishi 

 
ishchi
 
guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi 
(guruhning har bir a’zosi uchun): Ma’lumotnoma (eng yuqori 40 ball); hisobot (maks. Ball – 32); 
loyiha taqdimoti (eng yuqori 20 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 8 ball). 
Tayyorlov bosqichi:
loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini 
tashkil etish. 
Loyihani bajarish bosqichlari:
auditoriyadan tashqari faoliyat davrida. 
Yakuniy bosqich:
loyiha
taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning 
loyihalashtirish faoliyatini baholash. 
Loyiha asosida o‘qitishni boshqarish:
 
auditoriyadan tashqari faoliyatda. 
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: 
lavhali bo‘lib, 
hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu 
tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi 
o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim 
qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan. 
Ushbu keysdan “Dori vositalarini ishlab chiqarish” fanidan hamda murabbiylik soatlarida 
foydalanish mumkin. 
 
KEYS: 

NASTOYKA SIFATINI BAHOLASHDA YUZAGA KELGAN KAMCHILIKLARNI 
BARTARAF ETISH” 
Kirish. 
Galen preparatlariga ekstraktlar, nastoykalar, o‘ta tozalangan (novogalen) preparatlar, 
fitonsidlar, biogen stimulyatorlar, yangi yig‘ib olingan o‘simliklardan tayyorlanadigan, xayvon 
organlaridan olinadigan preparatlar kiradi. Bularga eramizdan oldin 201—131 yillarda Rimda 
yashab ijod etgan shifokor va dorishunos olim: Klavdiy Galen asos solganligi uchun Galen 
preparatlari deyiladp. Uning ta’limotyaga binoan, o‘simlik va hayvon xom ashyolarida ta’sir 
etuvchi moddalardan tashqari, keraksiz yot moddadar ham bo‘lganligi sababli ulardan ajratma olish 
lozimligi ta’kidlangan. Bu fikr o‘z davrinipg katta yutuqlaridan biri bo‘ldi. Bu ta’limotni 
keyinchalik tibbiyot ilmi bilimdoni Abu Ali ibn Sino rivojlantirdi va davom ettirdi. Amaliyotda bu 
guruh preparatlarini olish usullari va ishlatiladigan ajratuvchilar u davrdagidan butunlay farq 
qiladi, lekin ularni olishda Galen ta’limotiga amal qilinganligi uchun ularning nomi shartli 
ravishda saqlanib qolgan. fitopreparatlar yoki kimyofarmatsevtika preparatlari deb ham yuritiladi. 
O‘simliklardan tayyorlangan preparatlarga xozir xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda qiziqish 
ortib bormoqda.
Fitopreparatlar tarkibida turli sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘ladi (yurak 


285 
glikozidlari, steoritlar, antraxinon, pektin, fenol va x.k.). Sanoat miqiyosida ular sun’iy usulda 
olinmaydi. Fitopreparatlarning afzalligi ular tarkibida ma’lum biofaol moddalar borligidadir. Ular 
tanada oson zararsizlantiriladi, shuning uchun zaxarli hisoblanmaydi. Modda almashish 
jarayonida faol ishtirok etadi, allnrgenlik xususiyati sun’iy preparatlarnikidan bir necha marotaba 
kam bo‘ladi. Bu xossasi xozirgi vaqtda allergiya kassalligi keng tarqalgan davr uchun ayniqsa 
muhimdir. SHunga qaramay fitopreparatlar ishlab chiqarish o‘ziga xos kamchiliklardan xoli emas.
- biofaol moddaning faqat 50-60% gina ajratib olinadi. 
- 40% dan ko‘proq fitopreparatlarning xaqqoniy baholash usullari ishlab chiqilmagan. 
Shuning uchun ular ular son ko‘rsatkichlari bilan baholanib kelinmoqda. 
- ba’zi dorivor o‘simlik turlari kamayib ketgan (Kavkaz dioskereyasi-diosponin olinadi, 
keng bargli krestovnik-platifillin va boshq.) 
- texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sirt faoll moddalar, suyultirilgan karbonat 
angidridini ishlatish, xom ashyoning maydalik darajasini oshirish 
- xalq tibbiyotida ishlatiladin dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda o‘rganish, ularni 
madaniylashtirish va etishtirishda agrotexnika qoidalariga amal qilish 
- mahsulot sifatini baholashning haqqoniy usullarini ishlab chiqish va chiqindisiz 
texnologik jarayonlarni yo‘lga qo‘yish. 
Ajratuvchilar (ekstragentlar). Sanoat miqiyosida fitipreparatlar ishlab chiqarishda ularning 
turg‘unligini ta’minlovchi ajratuvchilarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega. 
Fitopreparatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ajratuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi.
- ta’sir etuvchi moddani yaxshi ajratib olish (diifuzion qobiliyati yuqori bo‘lishi) 
- ta’sir etuvchi modda va asbob uskunalarga salbiy ta’sir etmasligi 
- zaxarli va oson alangalanuvchan bo‘lmasligi, xidsiz, rangsiz, mazasiz va arzon bo‘lishi 
kerak. 
- nisbatan past xaroratda oson uchuvchan, lekin turg‘un bo‘lishi kerak. 
Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan ajratuvchilar yuqoridagi talabalrning xammasiga 
javob bera olmaydi. SHu sababli muayyan sharoitda u yoki bu ajratuvchi ba’zan ularning xar xil 
aralashmalari ishlatiladi. Lekin fitopreparatlar ishlab chiqarishda asosiy ajratuvchi bo‘lib, xar xil 
kuvvatli etil spirti ishlatiladi. O‘simlik xom ashyolaridan ajratma olishda ishlatiladigan asosiy
ajratuvchilarning xossalari jadvalda keltirilgan. 
Korxona sharoitida ajratma olish uchun xom ashyo tarkibida qaysi guruh ta’sir etuvchi 
moddalari borligi, ishlatiladigan asbob-uskunalar va boshka jixatlar xisobga olingan xolda 
ajratuvchi tanlanadi. 
Quyidagi keys
 – talabalarni-
nastoykalar tarixi, ta’rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Afzallik 
va kamchiliklari. Nastoykalarni bugungi kundagi ishlab chiqarilish xolati.Ularni ishlab chiqarish. 
Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularga qo‘yilgan talablar. Nastoykalarni 
tayyorlash usullari va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Ularni tuzilishi va ishchi qismlari. 
Ularni ishga sozlash va samaradorligini oshirish yo‘llari. Valeriana nastoykasini tayyorlash. Ishlab 
chiqarish jarayoni uchun kirim-chiqim nisbatlarini tuzish va undan to‘gri foydalanish va boshqalar 
orqali amalga oshirishda kerakli ko‘nikmalariga ega bo‘lish zarur. 
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi: 

o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash; 

muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va 
ko‘nikmalarni qayta topshirish; 

mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash; 

o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish. 

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish