Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash. Tayyor dori vositalarining saqlanish



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

 
Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash. Tayyor dori vositalarining saqlanish 
muddatini belgilash. Inebrin tabletkasi misolida. 
Dorilarning turg‘unligini o‘rganish va turg‘un dori turini yaratish farmatsevtik 
texnologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Dori vositalarini saqlash muddati, ularning 
terapevtik faolligi va MTH talablariga javob berish vaqti bilan belgilanadi. 
Hozirgi vaqtda qattiq dori turlari uchun saqlanish muddati kamida 2 yil deb belgilangan. 
Dorilarning turg‘unligini o‘rganish davomida dori turiga hamma omillar ta’sirini inobatga olib, 
ularning texnologik ko‘rsatgichlari, biosamaradorligi, terapevtik faolligi, o‘tkir zaharliligi 
ko‘rsatilishi lozim. Saqlanish davomida dori turida sifat va miqdor o‘zgarishlar bo‘lmasligi kerak. 
Belgilangan muddat oralig‘ida asosiy xususiyatlarini saqlab qola olishi dorilarning 
turg‘unligi deyiladi. Dorilarning turg‘unligini o‘rganishda organoleptik, parchalanish va erish 
tezligini aniqlash uchun mikrobiologik va zamonaviy fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. 
Ta’sir qiluvchi va yordamchi moddalarni dori turidagi o‘zgarishlari fizikaviy, kimyoviy va 
mikrobiologik xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Kimyoviy o‘zgarishlarga oksidlanish, gidroliz, 
dekarboksillanish, almashinish va polimerlanish reaksiyalari kiradi. Oksidlanish ko‘pincha fenollar, 
vitaminlar, steroidlar, alkaloidlar saqlagan moddalarda uchraydi. Dori moddalarning oksidlanish 
mexanizmi asosida esa ularning havo kislorodi bilan bevosita birlamchi muloqoti yotadi. 
Gidroliz qattiq dori turlaridagi qoldiq namlik asosida kechadi. Qattiq jismlar tarkibida oz 
miqdorda suv bo‘lishi, boshqa reaksiyalarga qaraganda gidroliz tezroq sodir bo‘lishini ta’minlaydi. 
Misol tariqasida atsetil salitsil kislotasining parchalanishini matematik modeli, vitamin V
3
va uning 
xosilalarini, mikrofenoksat kislotasini gidrolizini keltirish mumkin. 
Keyingi yillarda dorilarning mikrobiologik turg‘unligi dolzarb muammolardan biri bo‘lib 
qolmoqda. Mikrobiologik turg‘unlikni yo‘qolishi dori substansiyasini parchalanishiga, faolligini 
pasayishiga, zaharliligini oshishiga, tashqi ko‘rinishiga, mazasi va xidini o‘zgarishiga olib kelishi 
mumkin. Mikrobiologik, kimyoviy va fizikaviy o‘zgarishlar orasiga aniq chegara qo‘yib bo‘lmaydi, 
chunki mikroorganizmlar yashash jarayonida fermentlar, murakkab efirlar hosil qilib, dori 
moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini keskin o‘zgartirishi mumkin. 
Kimyoviy o‘zgarishlar bilan bir qatorda saqlash davomida fizikaviy o‘zgarishlar ham sodir 
bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bu hol qattiq dori turlarida, jumladan tabletkalarda uchraydi. Ta’sir 
etuvchi moddaning tabletkadan ajralib chiqish tezligiga saqlanish muddati ham ta’sir qiladi. 
Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda biofarmatsevtik noturg‘unlik 


266 
konsepsiyasi shakllangan. Dori turlarini biofarmatsevtik turg‘unligi bo‘yicha olib borilgan 
izlanishlar, preparatlarning xaqqoniy saqlash muddatini biofarmatsevtik baholashsiz belgilash 
mumkin emasligini ko‘rsatadi. Dori turg‘unligini o‘rganish o‘ta murakkab va ko‘p bosqichli 
jarayondir. Tabletkalarning turg‘unligiga yordamchi moddalar turi va miqdori, texnologik jarayon, 
atrof muxit va qadoqlanadigan materiallar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu omillar ta’sirida adsorbsiya, 
oksidalanish, gidroliz, dekarboksillanish, polimerlanish, kompleks birikmalar hosil qilish kabi 
xodisalar sodir bo‘lishi mumkin. 
Substansiyalarning texnologik xossalari va tabletkaning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash 
maqsadida presslanadigan massa tarkibiga yordamchi moddalar qo‘shiladi. Yordamchi moddalar 
massaga zarur texnologik xossalar berish bilan birga, tabletkaning terapevtik faolligiga va saqlanish 
davomidagi turg‘unligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ba’zi yordamchi moddalar dori turini tarkibidagi namlik miqdorini o‘zgarishi bilan, uning 
gidrolizga uchrashiga sabab bo‘ladi. YOrdamchi moddalar dorilarning oksidlanishi, yangi birikmalar 
hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bir qaraganda indiferent va keng ko‘lamda ishlatiladigan sut 
qandi, amfetamin, tiamin, sulfametaksozol, dekstroamfetaminlar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. 
Bentonit, kaolin, magniy stearat, streptomitsin va antipirinni, metilsellyuloza esa sintofillinni rangini 
o‘zgarishga olib keladi. Magniy karbonat tabletka tarkibidagi dimedrolni parchalanishiga sabab 
bo‘ladi. Saxaroza askorbin kislotasi bilan birgalikda qo‘llanilsa shoxkuya alkaloidlari yig‘indisining 
turg‘unligini bir yilga uzaytiradi. 
Yordamchi moddalarning tabletka turg‘unligiga ta’siri mutaxassislar tomonidan xar 
tomonlama o‘rganilgan. Masalan, kraxmal shilimshig‘i kofein, teobromin va teofillin tabletkalari 
tarkibida ishlatilganda, tayyor mahsulotning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, aksincha natriy 
karboksimetilsellyuloza va PVS ishlatilsa, bunday o‘zgarishlar kuzatilmagan. 
Demak, yordamchi moddalar tabletkalarning saqlanish muddatini oshirishi yoki 
kamaytirishi mumkin. Tabletka tarkibiga qo‘shiladigan yordamchi moddalar texnologik va 
biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholanishi lozim. 

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish