Dori vositalarining sanoat texnologiyasi



Download 18,6 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi18,6 Kb.
#637143
Bog'liq
Aktamjonova Durdona.Diplom ishi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
SANOAT FARMATSIYA FAKULETI
DORI VOSITALARINING SANOAT TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
Immun sistemasiga ta’sir ko’rsatuvchi balzam texnologiyasini ishlab chiqish” mazusida
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Bajardi: Sanoat farmatsiya fakulteti
Sanoat farmatsiya ta’lim yo’nalishi
4-kurs 406 A-guruh talabasi
Aktamjonova Durdona Ibrohimjon qizi
Ilmiy rahbar: DVST kafedrasi assistenti
Nusratova.N.N
TOSHKENT – 2022

MUNDARIJA


KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Bizga ma’lumki hozirgi kunda yuqumli va og’ir kasalliklar talay bo’lgan bir vaqtda , organizmning bunday patogen holatga uchramasligini oldini olish va ularga qarshi kurashish maqsadida immun tizimini kuchaytirish, rag’batlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda 70% dan ziyod aholida immun tanqisligi kuzatilmoqda. Bunday holatlarda organizmga turli vitaminlar , dori vositalari qo’llanilishi mumkun, lekin immunomodulyatorlardan ko’r-ko’rona foydalanish mumkun emas! Ular patogenlarga bevosita ta’sir qilmaydi, ammo hujayralarning immunitetini o’zgartirishi mumkun.Immunitetni mustahkamlash uchun tabiiy tarkibida ko’plab vitaminlar saqlaydigan vositalardan foydalangan ma’qul.
Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ekspert komissiyasi tomonidan olib borilgan epidemiologik tadqiqotlar isteʼmol qilinayotgan ozuqa tarkibi bilan bir qator kasalliklar, shu jumladan yurak-tomir tizimi patologiyalari va xavfli oʼsmalar yuzaga kelishi oʼrtasida bevosita va barqaror aloqadorlik mavjudligini koʼrsatdi. Аholini sifatli oziqlanishi va uning mutanosibligini taʼminlashda biologik faol qoʼshimchalar kompleksidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Butun jahon miqyosida farmatsevtika sanoatini rivojlanishida yangi innovatsion texnologiyalarni qoʼllagan holda dorivor oʼsimlik ekstraktlari asosida preparatlar yaratish boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada oʼsimlik xomashyolaridan zamonaviy usulda quruq ekstrakt olish; ularning tarkibidagi biologik faol moddalarning miqdorini aniqlash; dorivor oʼsimlik xomashyosidan olingan biologik faol qoʼshimchalar va samarali dori vositalari assortimentini kengaytirishni taqozo etmoqda. Respublikamizda mahalliy xomashyolar asosida biologik faol qoʼshimchalar va dori vositalari ishlab chiqarilishi natijasida aholini xavfsiz va arzon preparatlar bilan taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, muayyan ilmiy natijalarga erishilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moʼljallangan beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasining toʼrtinchi yoʼnalishida «farmatsevtika sanoatini yanada jadal rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari bilan taʼminlashini yaxshilash» ga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada farmatsevtik iqtisodiy ishlab chiqarish zonalarini tashkil etish, mahalliy xomashyolar asosida dori preparatlari va biologik faol qoʼshimchalar ilmiy asoslangan tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947son «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi, 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son «Farmatsevtika tarmogʼini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ2911- son «Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi, 2018 yil 23 yanvardagi PQ-3489-son «Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish choratadbirlari toʼgʼrisida»gi, 2018 yil 14 fevraldagi PQ-3532-son «Farmatsevtika tarmogʼini jadal rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha choratadbirlar toʼgʼrisida» gi qarorlari va mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Mustaqil Oʼzbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turgʼun va arzon dori-darmon bilan taʼminlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojini 10% ni qondira oladi xolos. Bundan koʼrinadiki, aholi uchun zarur bulgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan – valyuta hisobiga keltirilmokda. Bu esa dorining tannarxiga salbiy taʼsir koʼrsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab koʼymokda. Markaziy Osiyo Respublikalarida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologik muvozanatning buzila boshlashi, qolaversa, Orol fojeasi, qishloq xoʼjaligining turli sohalarida uzoq yillar davomida zaharli kimyoviy moddalarni nazoratsiz foydalanish ayrim kasalliklarni keskin koʼpayishiga olib keldi. Xususan, qandli diabet, allergiya, boʼqoq, jigar, buyrak va kamqonlik kabi kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning soni koʼpayib, dori darmonga boʼlgan ehtiyoj yil sayin oshib ketdi. Respublikada dori taʼminotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yoʼnaltirish, dorishunos, farmakolog va kimyogarlarning oʼzaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu muammoni hal qilishning yana bir yoʼli mahalliy xomashyolardan oqilona foydalanib, yangi dori turlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdir. Oʼzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida dorivor giyohlarga boy davlat hisoblanadi. Bu giyohlar zahirasini asrab avaylagan holda foydalanish, ulardan biofaol moddalarni ajratib olib oʼrganish va amaliyotga tatbiq qilish mutaxassislar oldida turgan jiddiy masalalardan hisoblanadi. Shulardan kelib chiqqan holda mahalliy dorivor oʼsimlik xomashyolar aralashmasidan tabletka, kapsula dori turlarini yaratish, tayyor mahsulotning mikdoriy tahlil usulini ishlab chiqish, ularni biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholash farmatsevtik texnologiyaning ustuvor yoʼnalishlaridandir.
Dorivor oʼsimliklardan olingan ekstraktlar va ular asosidagi preparatlar hozirgi vaqtda keng spektrdagi kasalliklarni davolash imkonini bermoqda. Zahiralari yetarli mahalliylashtirilgan xomashyo boʼlgan Godji oʼsimligi immunitet tanqisligi kasalliklarida ishlatiladi. Ilmiy tibbiyotda esa tabiiy ozdiruvchi, vitaminlar kompleksi bilan taьminlovchi, koʼz nurini yajshilovchi, organizmni umumiy tonusini koʼtaruvchi, sifatida qoʼllaniladi. Maʼlumki, koʼpchilik immunitet tanqisligi kasalliklarida qoʼllaniluvchi dori preparatlari asosan sintetik dori moddalaridan tayyorlanib, ular terapevtik samara koʼrsatishi bilan bir qatorda, nojoʼya taʼsirlarga ham egadir. Dorivor oʼsimliklar asosida tayyorlangan farmatsevtik mahsulotning organizmga nojoʼya taʼsiri yoʼqligini hisobga olib, dorivor xomashyolardan ilmiy asoslangan antioksidant taʼsirga ega kapsula dori vositasi texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Download 18,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish