Dori vositalarining nojo’ya tasiri
REJA
1.Dori
2.Dorilarni qo’llash usullari
3.Dorilarning organizmga nojo’ya tasiri
Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday D.ni odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. D.lar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim D.lar esa dorixonalarda tayyorlanadi. D.lar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.
Taʼsiriga koʻra, yurak D.lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa D.lar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan D.lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa D.lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. D.larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha D.ga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun D.ni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.
D.lar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi D.lar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (qarang Kumulyasiya). D.ni koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz D.larni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan D.lar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi.
D.lar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir D.ni yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan D.lar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.
Eng muhim terapevtik tadbirlardan biri dori darmonlar bilan davolash hisoblanadi. Tibbiyot hamshirasining asosiy vazifalaridan biri dori moddalarini saqlashni, bemorlarga o’z vaqtida dorilarni tarqatishi, organizmga yuborish yo’llarini bilishi zarur. Bu judayam katta ma'suliyatni talab qiladi, chunki bu ishlarni hammasi bevosita bemorlar bilan bog’liq. Hamshira bemorni hayoti va sog’lig’i uchun javobgarlik hissini sezishi kerak. U dorilar to’g’risida chuqur tushunchaga ega bo’lib (dorilarni asosiy va qo’shimcha ta'sirlarini, ishlatishga moneliklarni, asoratlarini) bilishi shart.Shuningdek dorilarni qanday yo’llar bilan yuborish va uni asoratlarida birinchi yordam ko’rsatish kerakligini bilishi kerak.Dorilarni zffektivligini oshirish va protseduralarni og’riqsiz bajarishda sharoitlarni yaratish (palata havosini tozaligi, tanani to’g’ri joylashtirish, qilinayotgan ishni maqsad va usullarini tushuntirish )kerak. Shuningdek hamshira bemorlarga mustaqil dorilarni qabul qilish instruktaji bilan xam tushuntirish ishlarini olib boradi. Dori moddalarini yuborish usullari: 1) tashqi usul teri qoplamalari, shilliq pardalar yoki nafas yo’llari orqali 2) ichki(znteral)usul og’iz yoki to’g’ri ichak orqali 3) parenterial usul me'da ichak yo’llarini chetlab, ya'ni teri osti, teri ichi, mushak ichi va vena ichi in'ektsiyalari orqali.
Dorilarni og’iz orqali ichirish texnikasi. Oshqozon – hazm trakti orqali dori yuborish – znteral yo’l deb ataladi. Kasal organizmga znteral dori yuborish 3 xil bo’ladi: • og’iz orqali – peroral • zond orqali – oshqozon va 12 barmoqli ichakka • to’g’ri ichak orqali – huqna yordamida Og’iz orqali yuborish. Og’iz orqali dori berish usuli oson, instrumentlar kerak emas, lekin bir qancha kamchiliklar mavjud: 1. Achchiq dorilar ko’krak yoshdagi bolalarga ichirish qiyin. 2. Ba'zi bir dorilarni ta'siri oshqozon shirasi ta'sirida kamayadi. 3. Ba'zi bir dorilar oshqozon- ichak shilliq qavatiga yomon ta'sir qiladi. 4. Dorilarni og’iz orqali ichgada aniq terapevtik dozasi bo’lmaydi. 5. Dorilarni og’iz orqali berganda ta'siri tez boshlanmay, ma'lum vaqt o’tadi. Dori tarqatish qoidasi: 1. Dori moddalari aniq vaqtda va ko’rsatma bo’yicha beriladi - ovqatdan oldin - ovqatdan keyin - ovqat paytida - uxlashdan oldin 2.Hamshira dorini rangini, hidini, ta'mini bilishi kerak. 3. Bolaga dori berishdan oldin hmshira ztiketkasini, tabletka korobkasini, ampulani, flakon va konvalyutani o’qishi kerak. 4. 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qattiq dori moddalarini icha olmaydi, shuning uchun ularni suyuq holatda nastoyka, damlama, zkstrakt va mikstura holida beriladi. Tabletka va drajelar maydalanib, suvga qo’shiladi. Noxush xidli bo’lsa sirop bilan aralashtiriladi, faqat shifokor qo’rsatmasi bilan. Kichik yoshdagi bolalar dori ichayotganda qarshilik ko’rsatadilar. Bunday paytda xamshira barmog’i bilan yuzni ikki yanog’ini bosadi, bola og’zini ochadi va shu paytda dori yuboriladi. Agar bu yo’l bilan dori yuborish qiyin bo’lsa, bolani burni siqiladi. Maktab yoshidagi bolalarga suyuq dorilar maxsus menzurkalarda beriladi (6, 10, 15, 20 ml). Tomchi dorilar pipetka orqali beriladi. Ba'zi bir suyuq dorilarni qoshiq orqali berish mumkin. Bir choy qoshig’iga 5ml, desert qoshig’iga 10ml, osh qoshig’iga 15ml ketadi. Tomchi dorilari pipetka yordamida beriladi. 1mldagi tomchilar soni suyuqlikka bog’liq: suvli suyuqlikda 1ml – 20 tomchi, yog’li suyuqlikda – 30 tomchi, spirtlida – 50 tomchi.
\
Foydalanilgan adabiyotlar
Y.M. Mamadov, M.A. Xo‘jamberdev, B.Y. Mamatov. Klinik farmakologiya.
Allayeva M.J. Farmakologiya, 2019.
Xarkevich D.A. Farmakologiya. - M.: Meditsina, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |