Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari



Download 81,5 Kb.
bet4/18
Sana28.06.2022
Hajmi81,5 Kb.
#712983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Dori va vositalari va farmatsevtika faoliyati to\'g\'risidagi qonun xujjatlari

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Asosiy dori vositalari ro‘yxatidagi dori vositalarining, shuningdek tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantiradi va ularning davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(6-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-212-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni 1-bandning uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1990-yil 21-sentabrdagi 315-sonli “Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi mehnat fronti qatnashchilariga imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan “Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar Ro‘yxati”ning II-bobi birinchi xatboshining 1-kichik bandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
Davlat farmakopeyasini tasdiqlaydi va chop etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 8-moddasi.
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” Qonuni 2-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” Qonunining 9-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi 181-sonli “Dorivor vositalar, tibbiy buyumlar va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-sonli “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori.
tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini, shuningdek etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” Qonunining 13 — 15-moddalari va “Giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari to‘g‘risida”gi nizomi (ro‘yxat raqami 1090, 29.12.2001-y.).
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qiladi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini to‘xtatib turadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘xtatib turishga olib keladigan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishini va tayyorlanishini to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini hamda tayyorlanishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
farmakologik nazoratni amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini, Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
(6-modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diruvchi infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani yetkazib berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasini shakllantiradi;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yil 12-noyabrdagi 96-sonli “Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3200, 06.12.2019-y.).
Asosiy dori vositalari ro‘yxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Tibbiy buyumlar ro‘yxati” (ro‘yxat raqami 2809, 12.07.2016-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida”gi nizom.

Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish