Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya


Evtektik aralashmalar hosil qiluvchi poroshoklar



Download 2,97 Mb.
bet26/291
Sana23.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#404736
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   291
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

Evtektik aralashmalar hosil qiluvchi poroshoklar

Ushbu poroshoklar, saqlanish jarayonida sochiluvchan xusiyatini kamayishi yuqori haroratda saqlanish vaqtida past haroratda erib ketish hususiyatini namoyon qiladigan evtetik aralashmalar hosil qiladi.


Bir-biri bilan eutektik aralashmalar hosil qiluvchi poroshoklar ro'yxati6

Jadval-3


Dori modda

Erish temperaturasi, С

Fеnol

40

Timol

49-51

Fеnilsalitsilat

42-43

Rеzortsin

109-112

Salitsil kislota

158-161

Kamfora

74-80

Bromkamfora

74-76

Xloralgidrat


49-55





  1. Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash

Ekstraktlar (Extractum) deb, o’simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug’latilgan ajratmalarga aytiladi.

Ekstraktlar konsistentsiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:



Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) uta qovushqoq, idishdan tukilmaydigan asalsimon chuziluvchan massa bo’lib, 25% gacha namlik saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi.

Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo’lib, 5% gacha namlik saqlaydi.

Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar bo’lib, 50% dan ko’p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.

Agarda retseptda ekstrakt turi ko’rsatilmagan bo’lsa, DF XI nashriga asosan quyuq ekstrakt olinadi.

Rp.: Extracti Belladonnae 0,015

Calcii carbonatis 0,3

Misce fiat pulvis.

Da tales doses N6.

Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.

Tayyorlanishi: a) hovonchaga 1,8 g kaltsiy karbonat solib maydalanadi va uni qogozga olib quyiladi. Kul tarozisida filtr kogozga 0,09 g quyuq belladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni hovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr kogozning orqa tomonidan 20% li etanol tomizilib yoki suv bilan xullanib filtr kogoz ajratib olinadi.

Ekstrakt hovonchada 1—2 tomchi spirt bilan eziladi va oldindan maydalab quyilgan kaltsiy karbonat kukunidan 2—3 bo’lakka solib, toki sochiluvchan bir xil poroshok hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,315 g dan 6ta mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi.



Pasporti:

Kalsiy karbonat 1,8 g

0,3*6=1,8

Belladonna quyuq ekstrakti (1:1) -0,09 g

0,015*6=0,09

mumumiy =1,8q0,09=1,89g

m 1 ta poroshokning og’irligi 1,89∕6=0,315 g

b) 1,8 g kalsiy karbonat hovonchaga solinib maydalanadi va uni qogozga olib quyiladi. So’ngra 0,18 g quruq belladonna ekstraktidan (1:2) olib, uni oz-ozdan maydalangan kalsiy karbonat bilan aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan bir xildagi kukun 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi.



Pasporti:

Kalsiy karbonat 1,8

0,3*6=1,8

Belladonna quruq ekstrakti (1:2) -0,09

0,015*6=0,09

0,09*2 =0,18

mumumiy =1,8q0,18=1,98g

m 1 ta poroshokning og’irligi 1,98∕6=0,33 g

c) 1,8 g kalsiy karbonatni hovonchaga solib maydalanadi va uning ustiga 5—6 tomchi (0,18 g) quyuq belladonna ekstrakti eritmasi (1:2) tomiziladi, so’ngra bir xil sochiluvchan poroshok hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog’oz xaltachaga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.

Pasporti:

Kalsiy karbonat 1,8

0,3*6=1,8

Belladonna suyuq ekstrakti (1:2) -0,09gr V –VI tomchi

0,015*6=0,09

0,09*2 =0,18

mumumiy =1,8q0,18=1,98g

m 1 ta poroshokning og’irligi 1,98∕6=0,33 g

Retsept tayyorlanib bo’lgandan so’ng, uni orqasida qaysi ekstraktdan foydalanilgani albatta ko’rsatilishi kerak.


Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish