Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya



Download 2,97 Mb.
bet110/189
Sana01.06.2022
Hajmi2,97 Mb.
#626361
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   189
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

SHARCHALARNI KUYISH.
Rp.: Dermatoli
Ichthyoli 3,0.
Ol.cacao q.s
Ut.fiat suppos N 20.
D.S. kuniga 1 shamchadan
Agar shamchani og’irligi ko’rsatilmagan bo’lsa, hajmi 3 g kakao moyiga teng bo’lgan qolipni tayyorlash kerak. Bunda 54,0 kakao moyidan olib 3,0 ixtiol va 3,0 dermatolni aralashtirib massa hosil qilib koliplarga kuyish — umumiy og’irlik 60,0 bo’lishiga karamay, to’g’ri bo’lmaydi, chunki ixtiol bilan dermatolga nisbatan kakao moyining urin olish koeffitsenti hisobga olinishi kerak va unga nisbatan 3,0 ixtiol va 3,0 dermatol qanday hajmdagi kakao moyining urnini egallashi mumkinligi hisoblab chiqarilib, so’ng moyni gramm miqdori hisoblanishi kerak.
Bunday vaqtda kakao moyidan 60,0 — (1,15 q 2,73) = 56,12 gramm olish kerak.

Pasporti: Dermatoldan 3,0

Ixtioldan 3,0

Kakao moyidan 56,12


SHamchalarni tayyorlash uchun metall chumichga yoki chinni kosachaga kerakli miqdordagi kakao moyini solib, extiyotkorlik bilan suv hammomida eritiladi va unga yaxshilab maydalangan dermatol solib, suspenziya tayyorlanadi, so’ng ixtiol qo’shib yaxshlab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massani koliplarga quyib, sovitgichga shamchalar tulik kotguncha quyiladi. Tayyor shamchalar yuqorida aytib o’tilgan tartibda jihozlanadi.
Sharchalarni qo’yish
Rp.: Chinini hydrochloridi 0,2.
Acidi Borici 0,2.
Acidi citrici 0,02
Butiroli 3,0
M.f. globuli vaqinali.
D.t.d. N 10.
S.

Pasporti: Xinin gidroxlorid 2,0 (1/Ko’=0,83) 

0,2*10=2,0

2*0,83=1,66

Bor kislota- 2,0 (1/Ko’=0,625)

0,2*10=2,0

2*0,625=1,250

Sitrat kislota-0,2

0,02*10=0,2


Sitrat kislotaning miqdori 0,2 g bo’lgani uchun uning 1/Ko’ si hisobga olinmasa ham bo’ladi.

Butirol -27,09

30-(1,66q1,25)=30-2,91=27,09 g

mum=30,0

1 ta sharcha=3,0


Avvalo poroshoklarni umumiy qoidaga rioya qilgan holda yaxshilab ezib maydalab, so’ng eritilgan asos tarkibiga suspenziya holida qo’shiladi, yaxshilab aralashtirib bir xil me’yorlab, tarqalgan massani oldindan sovutib, sovunli spirt bilan artilgan qolipga quyiladi va sovuq yerga quyiladi. 10-12 minutdan so’ng qoliplar ochilib undagi shamchalar ajratilib, har biri alohida mumli qog’ozga o’ralib, jihozlab beriladi.
12-jadval
Ayrim dorivor moddalar uchun urin olish va teskari o’rin olish koeffitsienti




Dorivor modda

Ku

1/ Ku




Amidopirin

1,15

0,87




Analgin

1,27

0,79




Anestezin

1,33

0,75




Antipirin

1,25

0,80




Barmabil

1,81

0,55




Barbital

1,06

0,94




Barbital natriy

1,81

0,55




Vismut nitrat asosi

4,8

0,21




Glyukoza

1,23

0,81




Temir laktat

1,59

0,63




Ixtiol

1,1

0,91




Kalsiy glyukonat

2,01

0,50




Kalsiy laktat

1,53

0,65




Askorbin kislotasi

1,73

0,58




Bor kislotasi

1,6

0,625




Kseroform

4,8

0,63




Levometsetin

1,59

0,63




Kanakunjut moyi

1,0

1,0




Mentol

1,09

0,92




Morfin gidroxlorid

1,18

0,85




Natriy gidroxlorid

2,12

0,47




Novokain

1,40

0,71




Opiy poroshogi

1,3

0,77




Osarsol

1,45

0,64




Papaverin gidroxlorid

1,59

0,63




Protargol

1,4

0,71




Rezorsin

1,41

0,71




Tanin

0,9

1,1




Fenobarbital

1,4

0,71




Furazolidon

1,81

0,55




Xinin gidroxlorid

1,2

0,83




Rux oksid

4,0

0,25




Eufillin

1,25

0,80

Tayoqchalarni tayyorlash.
Tayoqchalarni juvalash, quyish, presslash usullari bilan tayyorlash mumkin. tayoqchalar asosan inson tanasining turli xil tabiiy va patologik teshik va yoriqlariga, bo’shliqlariga ishlatilganligi uchun shifokor tomonidan ularning o’lchamlari, ya’ni uzunligi va diametri ko’rsatilgan bo’ladi. Tayoqchalar tayyorlash uchun kerak bo’ladigan asos miqdori quyidagi formula yordamida topiladi:
X =  R2L d n,
bu erda X — asos miqdori, g;

 — doimiy son, 3,14 ;

R — tayoqcha radiusi ,sm;

L — tayoqcha o’zunligi,sm;

d — asos zichligi;

n — tayoqchalar soni.

12-jadvalda bitta tayoqcha tayyorlash uchun ketadigan kakao moyining miqdori keltirilgan. 


13-jadval
Bitta tayoqcha tayyorlashga ketadigan kakao moyining miqdori (g. hisobida)

Tayoqcha o’zunligi, sm

Tayoqcha diametri, sm

0,2

0,3

0,4

0,5

0,6

0,7

0,8

0,9

1,0

2,0

0,06

0,14

0,24

0,38

0,54

0,74

0,97

1,22

1,51

2,5

0,08

0,17

0,31

0,48

0,68

0,93


1,53

1,89

3,0

0,09

0,21

0,37

0,58

0,82

1,11


1,84

2,26

3,5

0,11

0,24

0,43

0,66

0,95

1,29

1,69

2,14

2,64

4,0

0,12

0,27

0,49

0,75

1,09

1,48

1,93

2,45

3,02

4,5

0,14

0,31

0,55

0,85

1,23

1,66

2,18

2,75

3,40

5,0

0,15

0,34

0,61

0,95

1,36

1,85

2,42

3,06

3,77

5,5

0,17

0,38

0,67

1,05

1,50

2,03

2,66

3,34

4,15

6,0

0,18

0,41

0,73

1,15

1,63

2,21

2,90

3,67

4,52

6,5

0,20

0,45

0,79

1,24

1,77

2,40

3,14

3,98

4,90

7,0

0,21

0,48

0,85

1,32

1,90

2,58

3,38

4,28

5,28

7,5

0,23

0,51

0,91

1,42

2,04

2,77

3,62

4,58

5,66

8,0

0,24

0,54

0,97

1,51

2,18

2,95

3,86

4,89

6,03

8,5

0,26

0,58

1,03

1,62

2,32

3,14

4,11

5,20

6,41

9,0

0,27

0,61

1,09

1,70

2,45

3,32

4,35

5,50

6,79

9,5

0,29

0,65

1,15

1,80

2,59

3,50

4,59

5,81

7,17

10,0

0,30

0,68

1,21

1,89

2,72

3,69

4,83

6,11

7,54

Rp.: Zinci sulfatis 0,2
Ol.cacao q.s.ut f. bacillus
Longitudine 10 cm et diametro 4 mm
D.t.d. № 6
S. 1 donadan siydik chiqaruv kanaliga kuniga bir mahal quyiladi.
Shifokor dorixatda qalamchaning o’zunligi, diametri va sonini ko’rsatgan bo’lsa, kerakli miqdordagi qalamcha asosini hisoblab topish qiyin emas, agar o’zunligi 10 sm va qalinligi 4 mm qalamchaga 1,21 g kakao moyi sarf bo’lishini bilsak (bu son 28-jadvaldan olindi) dorixatda ko’rsatilgan asos-kakao moyi miqdorini 6x1,21=7,26 g olishimiz kerak. Biroq shuni yodda tutish zarurki, 1,2 g rux sulfat hajmi bo’yicha 1,2x0,5=0,6 g kakao moyi urnini egallaydi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning ma’lum bir qismi oshib qolmasligi uchun 7,26-0,6=6,66 g kakao moyi olinadi.
Rux sulfat suspenziya ko’rinishida eritilgan kakao moyida tayyorlab olinib qoliplarga quyiladi. Kolip kanalchalarining o’zunligi 10 sm, diametri 4 mm. Qoliplarga massani quyishdan avval ularni 500S gacha isitib olish va sovunli spirt bilan yaxshilab artish lozim, aks holda qoliplar qotib qolib tayoqchalar chiqmaydi.


Presslash usuli
Dorixona sharoitida presslash usulini silindr shakliga ega bo’lgan shamchalar olishda qo’llaniladi. Bunda shamchalar olish uchun maxsus kurilma ishlatiladi. Bu kurilma (1) misdan tayyorlangan silindr, (2) porshen, (3) vint yordamida harakatlanuvchi uch xil shaklli (4) matritsadan iborat. Qurilma ishlash jarayoni 1.20.-rasmda ko’rsatilgan.

23-rasm. Preslash usulida shamchalar olish qurilmasi.
Shamcha massasi silindrga joylanadi va vint buraladi, bunda porshen bosim hosil qiladi va massani teshik­chalar orqali matritsa (kolip) bo’shligiga siqib chiqaradi va to’ldiradi. Keyingi berilayotgan shamchalar bosim yordamida (5) yopqichni ochadi va taxtakachlangan shamchalar (6) taxtakachdan chiqadi.
Bu usulda ham shamchalarni quyish usuli kabi dorivor modda va asoslarni har xil hajm egallaganligi uchun hisoblash formulalaridan foydalaniladi. Tayoqchalarni presslab olish usulida yana xuddi shu kabi qurilmalar bo’lib, unda ham silindr porshen vinti bilan turli o’lchamdagi qolipchalar bilan hosil qilingan massa ma’lum (kerakli) o’lchamdagi qalinlikda presslab chiqarilib, so’ngra bir tomoni ingichkalanadi (uchlanadi). Bunda ham kerakli miqdordagi asos jadvaldan topiladi yoki yuqorida keltirilgan formula yordamida hisoblab chiqiladi.
quyidagi dorixatni ko’rib chiqamiz.
Rp.: Aethacridini lactatis 0,01
Ol.Cacao q.s.ut f bacillus urethralis
longitudine 3 cm et diametro 3 mm
D.t.d. N10
S. tayoqcha
Jadvaldan foydalangan holda bu o’lchamdagi 10 ta tayoqchaga 0,21x10=2,1g kakao moyi sarf bo’lishini topamiz, 0,1 g etakridin laktat hovonchada 2-3 tomchi suv bilan dispergirlanadi, keyin kakao moyi bilan aralashtiriladi. Hosil bo’lgan xamirsimon massa presslash kurilmasiga solinib, kolipining o’lchami 3 mm bo’lgan pressda press­lanadi va uni 3 sm dan 10 ta bo’lakka bo’linadi.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish