Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya


Efir moyi qo’shib poroshok tayyorlash



Download 2,97 Mb.
bet16/189
Sana01.06.2022
Hajmi2,97 Mb.
#626361
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

Efir moyi qo’shib poroshok tayyorlash
Efir moyi poroshok tarkibiga qand bilan aralashgan holda qo’shiladi va bu aralashmani efir moy-qand aralashmasi (eleosaccharum) deb ataladi. Efir moyi poroshok tarkibiga ta’sir etuvchi va ma’lum ta’m beruvchi modda sifatida ham qo’shiladi.
Efir moy-qand aralashmasi 2,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo’shib tayyorlanadi. Ammo efir moy-qand aralashmasi atirgul va achchiq apelsin efir moyidan tayyorlanadigan bo’lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo’shiladi. Efir moy-qand aralashmasi kerak bo’lganda tayyorlanadi, chunki efir moylari oddiy sharoitda ham uchuvchan bo’ladi. Tayyor efir moy-qand aralashmasi ogzi jips berqiladigan shisha idishlarda, miqdorlarga bo’lingani esa pergament kogozlarda beriladi.
Rp.: Elaeosacchari Menthae 0,4
Natrii hydrocarbonatis 0,1
Misce fiat pulvis
Da tales doses N10
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Pasporti: Yalpiz moyi 2 tomchi
qand poroshogi 4,0
Natriy gidrokarbonat 1,0
mumumiy =1q4=5g
m 1 ta poroshokning og’irligi 5∕10=0,5 g
Tayyorlanishi: 4 g qand kukuni hovonchaga solib yaxshilab maydalanadi, uning ustiga 2 tomchi yalpiz efir moyi tomizib aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan yalpiz efir moy-qand aralashmasi pergament kogozga olib quyiladi. So’ngra hovonchaga 1,0 g natriy gidrokarbonat solib maydalanadi, uni ustiga tayyorlab quyilgan yalpiz efir moyi-qand aralashmasi solib, sochiluvchan poroshok hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,5 g dan pergament qogozga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi, so’ng kerakli erlik epishtiriladi.
Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash
Murakkab poroshoklar tarkibiga ayrim hollarda nastoykalar kiradi. Nastoyka deb, o’simlik va hayvon mahsulotlaridan har xil konsentratsiyali spirt, spirt-efir yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Nastoykalar odatda 1:5 va 1:10 nisbatda tayyorlanib, dorixonalarga tayyor holda keltiriladi. Suyuqliklar poroshok tarkibiga qo’shib tayyorlanganda, ularning sochiluvchanlik darajasiga ta’sir etmasligi kerak. Agarda sochiluvchanligi talabga javob bermasa, u holda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi:
1. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta’sir etuvchi moddasi uchmaydigan bo’lsa (masalan, belladonna nastoykasi) u holda poroshok qizdirilgan hovonchada tayyorlanadi.
2. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta’sir etuvchi moddasi uchsa (masalan, valeriana nastoykasi), u holda poroshokka indifferent modda (qand, sut qandi) qo’shib tayyorlanadi. Indifferent modda poroshok tayyor bo’lguncha qo’shiladi va qancha olinganligi retsept hamda signaturada ko’rsatiladi.
Rp.: Tincturae Belladonnae gtt. II
Sacchari 0,3
Misce fiat pulvis
Da tales doses №6
Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish