Sovun-glitserinli asos. X DF da keltirilishicha, bu asos tarkibi quyidagicha:
Natriy karbonat — 2,6 Stearin kislota — 5,0 Glitserin — 60,0
Ko’rsatilgan bu tarkib 20 dona sovun-glitserinli shamcha tayyorlash uchundir, ularni glitserinli shamchalar deb ataladi.
Rp.: Suppositoriae Glycerini № 20
M.D.S. Yotishdan oldin 1 shamchadan to’g’ri ichakka.
Glitserinli shamchalarni tayyorlash uchun avval kumli hammomda 60 g glitserinni chinni kosachaga solib qizdiriladi va unda 2,6 g kristallik natriy karbonat eritiladi, so’ng 5 g stearin kislotasi oz-ozdan qo’shib boriladi. Stearin kislotasini birdaniga qo’shib bo’lmaydi, aks holda hosil bo’layotgan karbonat angidrid gazi pufakchalari korishmani ko’pirtirib yuborishi mumkin. qizdirish jarayonida kislota va ishqor o’zaro reaksiyaga kirishib natriy sovuni hosil bo’ladi. Qorishmaning tiniq holatga kelishi va gaz pufakchalarini yukolishi sovun-glitserinli asos tayyor bo’lganini bildiradi. Tayyor asosni oldindan vazelin moyi surtib quyilgan qoliplarga quyiladi va sovitiladi hamda yuqoridagi kabi jihozlanadi. Bu shamchalarga boshqa dori modda qo’shilmagan holda engil surgi sifatida ishlatiladi.
Shamchalarning sifatini baholash.
SHamchalar sifatiga baho berishda barcha dori turlaridagi kabi avval tegishli xujjatlar (dorixat,pasport) tekshiriladi. So’ngra shamchalarning rangi, hidi, yot zarrachalardan holiligi, qanday joylanganligi, qanday idishda va qanaqa yorliqlar bilan jihozlanganligi kuriladi. Asosiy e’tibor karatilishi kerak bo’lgan sifat ko’rsatkichlari quyidagilardir:
1. Dozalashdagi aniqligi va shakli. Bu ko’rsatkichlar xuddi dorixatda ko’rsatilgandek bo’lishi kerak.
2. Bir xil aralashganligi - shamchani kundalangiga kirkib kurilganda uning yuzasi bir xil ko’rinishda bo’lishi, yigilib qolgan kakao moyi yoki dori modda kuzga tashlanmasligi kerak.
3. Shamchalar etarli darajada qattiqlikka ega bo’lishi kerak.
4. Tayyor shamcha kesimida xavo bo’shliqlari uchramasligi kerak.
5. O’rtacha og’irlik 20 ta shamchani 0,01g gacha aniqlikda tortib topiladi. O’rtacha og’irlikdagi chetlanish 5% gacha bo’lishi mumkin. Ko’pi bilan 2 ta shamcha uchun 7,5% (XI DF) yo’l quyiladi.
6. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun erish harorati XI DF da berilgan usul buyicha aniqlanadi (DF XI, 2 bob, 151 bet “SHamchalar” maqolasi).
7. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun tulik ezilish (deformatsiyalanish) vaqti XI DFda berilgan usul buyicha aniqlanadi. (DF XI, 2 bob, 151 bet “SHamchalar” maqolasi).
8. Suvda eruvchan asoslarda tayyorlangan shamchalar uchun erish vaqti aniqlanadi, bu vaqt 60 daqiqadan oshmasligi kerak.
9. Agar Davlat farmakopeyasida biror modda bilan tayyorlangan shamcha uchun xususiy maqola berilgan bo’lsa, u holda tekshirilayotgan shamcha shu maqoladagi talablarga to’liq javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |