Grechixa shaffofligini aniqlash. Grechixaning shaffofligi faqat qo‘lda aniqlanadi. SHunda har biri 2,5 gr bo‘lgan ikki grechixa namunasini navbat bilan chinni idishchaga joylab, don-larni maydalashiga yo‘l qo‘ymasdan, cho‘p bilan shaffoflar ajrati-ladi. Shaffof yaxshi ajratilishi uchun cho‘p yupqa temir to‘r bilan o‘rnatiladi. Xuddi shunday to‘rni idishcha tubiga qo‘yiladi. CHo‘p bilan 40-60 marta harakat qilingandan keyin idishchadagi mahsu-lotni cho‘zinchoq 2,2x20 yoki 1,8x20 mm kattalikdagi teshikli labora-toriya elagiga to‘kiladi va shaffoflar elab olinadi. Agarda elakda po‘sti tozalanmagan don uchrab qolsa, unda ular tozalanganlardan ajratib olinib, yana idishchaga joylanadi va tozalashni shaffof to‘liq ajraguncha qaytariladi.
Shaffoflarni qo‘lda aniqlashni laboratoriya elagida amalga oshirish mumkin. SHu maqsadda uzunchoq 1,2x20 mm teshikli elak olinadi, uni tubi yuqoriga qaratib stolga qo‘yiladi, unga don namunasi joylanadi va donni barmoq bilan bosib shaffof ajra-tiladi. Ajratilagan shaffoflar (har bir namuna bo‘yicha) torti-ladi, o‘rtacha arifmetik natija hisoblanadi va olingan namuna og‘irligiga nisbatan u foizda ifodalanadi. Topilgan kattalik grechixa shaffofligi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Aralashma bilan birga don og‘irligidan shaffoflar 22% va toza mag‘izi miqdori 75% li grechixaning bazis sifati hisobla-nadi.
Tariq va sholi shaffofligini aniqlash. Tariq va sholi shaffofligi qo‘lda va tozalagichda aniqlanadi. Shaffoflarni elash uchun uzunchoq teshikli, quyidagi kattalikdagi laboratoriya elakla-ridan foydalaniladi: tariq uchun -1,4x20 mm, sholi uchun 2,2x20 yoki 1,8x20 mm, elaklar teshigi sholi va tariq donlarining yirikligiga bog‘liqdir.
Shaffoflikni Gorodetskiy tozalagichida aniqlashni amalgaoshirish mumkin. Ushbu moslama korpusi to‘rt qirrali yog‘ochdan iborat bo‘lib, unda aylana uya va ishqalagichdan do‘ng yoki yassi shaklli va yuqorisida dastalik tashkil topgan. Uya ishqalagich rezina bilan qoplangan. Tariq (2,5 gr) yoki sholi (5 gr) namunasini ishqalagich uyasiga joylanadi, unga ishqalagichni qo‘yib, dastani bosish va aylantirish bilan, yarim aylana va qaytish harakatlari bilan don po‘sti shilinadi. SHunday 40-60 marta harakatdan keyin uyadagi mahsulot elakka to‘kiladi (elak o‘lchami yuqorida qayd etil-gan) va shaffoflar elanadi. Po‘sti shilinmagan donlar terib olinadi va yana qaytadan ishqalagichda ishqalanadi. Birinchi namunani po‘sti shilinganidan keyin ikkinchisi tozalaniladi va shaffofli yoni o‘rtacha miqdori foizda hisoblab chiqiladi. Tariqda shaffoflik miqdori 5 dan 35% gacha,ammo ko‘p hollarda 18 dan 25% orasida o‘zgaradi. Donli aralashmalar bilan birgalikdagi og‘irligidan shaffofligi 18% va toza mag‘zi 76% miqdorida bo‘lganda tariqning bazis sifati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |