Un tortish bulimi. Kup navli un tortishda texnologik jarayon 4 boskichdan iborat. buladi: yormalash yorma boyitish, qayroqlash va yanchish jarayonlari. I....IV yormalash sistemalaridatortish rejimimaksimal miqdorda yormacha va duns maxsulotlarini olishga imkonberishi kerak. Yorma boyitish jarayoni xosil kilingan yormachalar yuzasidan kobik kisimlariniajratib olishdan iborat. Bu narsa yorma boyitish mashinalari va qayroqlash sistemalarida amalga oshiriladi. Yanchish jarayonining vazifasi boyitilgan yorma va dunslarni yanchib, unga aylantirishdan iborat. yanchish jarayonining oxirgi boskichi sidirish amali bulib, bunda kobik bulaklarida kolgan endosperm koldiklari ajratib olinadi.
ICHTL boshligi bosh texnolog bilan birgalikda barcha texnologik mashinalarning ish rejimini tanlaydi. Valli dastgoxlarning ish rejimi umumiy maxsulot ajratib olishi bilan baxolanadi.
Umumiy maxsulot ajratib olish ko’rsatkichi deb.mashinagacha va undan sungi maxsulotda ushlangan elanma kisimlarining foizlarda ifodalangan farkiga aytiladi.
Yormalash sistemalarivalli dastgoxlarning ishi umumiy ajratib olish miqdori bilan baxolanadi. Barcha un tortish uchun umumiy ajratib olish kiymatlari qoidalar bilan belgilangan. Bu pastdagi jadvalda keltirilganQayroqlash, yanchish va sidirish sistemalarivalli dastgoxlariningish rejimlari ajratib olingan un miqdoriga karab urnatiladi. Qayroqlash sistemalari valli dastgoxlarining ish rejimini urnatishda minimal miqdorda un olishni mo’ljallash kerak. Chunki bu sistemalarning asosiy vazifalari yormachalarni butun saqlab qolib. Ulardagi kobik kisimlarini ajratib olishdan iborat. un zavodlaridan texnologik jarayonni boshkarish va tashkil kilish qoidalarida ko’rsatilishicha, uch Navli 75…..78% lik va bir Navli 72% lik un tortishda 1 chi va 2 chi qayroqlash sistemalarida 1chi sifatli yormachalarni qayroqlash paytida sistemaga tushgan massa miqdoriganisbatan olingan un 12% dan oshmasligi kerak. 3 chi va 4 chi qayroqlash sistemalarida olingan un miqdori 15% dan oshmasligi kerak, 2 chi sifatli maxsulotni qayroqlashda olingan un miqdori 18 % oshmasligi kerak.
Yanchish sistemalarining vazifasi – yanchishga yuborilgan yormachalardan maksimal miqdorda un olishdan iborat. uch Navli 75…..78% lik non pishirishga mo’ljallangan un olishda birinchi uchta yanchish sistemalari vali dastgoxlarining ish rejimi uchun ajratib olingan un miqdori (49 kapron elakda ) xar kaysi sistemaga yuborilgan maxsulot miqdoriga nisbatan 45….55% bo’lishi kerak. 1chi sifatli maxsulotni kayta ishlashga mo’ljallangan boshka yanchish sistamalari uchun esa un chikimi 35….40% bo’lishi kerak 2-chi sifatli maxsulotni yanchadigan sistemalarningvalli dastgoxlari un chikimini 20…25% oralikda (43 kapron elak elanmasi ) taminlashlari kerak. Koldik sistemalarning vali dastgoxlari un ajratib olish miqdorini 15…..25 % oralikda (43 – kapron elak elanmasi) taminlamoklari zarur.
Ikki Navli 75….78% lik non pishirishga mo’ljallangan un olishda yanchish sistemalaridan olingan un chikimining miqdori 50% dan ( 49 kapron elak elnmasi ) kam bulmasliklari kerak.. Bir navli 85% lik un tortishda 1chi 2 ta yanchish tizimidagi un miqdori 50…60% bo’lishi kerak.
Ajratib olish rejimlaridan tashkari, mashinalarga yuklanmalar xam urnatiladi. Vali dastgoxlar uchun yuklama bir sutkada 1sm vallar uzunligiga tugri keladigan maxsulotning kilogrammlarda ulchanmas massasi bilan, elakdonlarda 1sutkada 1sm kvadrat elash yuzasiga tugri keladigan maxsulot kilogrammi bilan, yorma boyitgichlar uchun esa bir sutkada 1 sm kabul galviriga tugri keladigan maxsulot kilogrammi bilan urnatiladi.
Vali dastgoxlarning ishi laboratoriya tomonidan bir oyda 2marta nazoart kilinadi. Nazzorat paytida ajratib olish miqdorini aniqlash uchun ta’minlash va maydalash vallari ostidan 200…..300 g ogirlikda maxsulot namunasi olinadi. Nuktaviy namunalar 2…3 dakika oarlak bilan olti-sakkiz marta olinadi. Namunalar yaxshi aralashtirilib, 100g massada ajratib olinadi va ular tajriba elak – analizatorida 5 dakika davomida elanadi. Elanma maxsulotlarining massasi ulchab aniqlanadi.
Ajratib olish koeffitsienti foizlarda kuyidagi formula yordamida aniqlanadi .
bu erda: Un – vali dastgoxgacha maxsulotdagi elanma massasi; Uk – valli dastgoxdan keyinmaxsulotdagi elanma kisimlar massasi, g Tekshiruv natijalari laboratoriya jurnaliga yoziladi.
Valli dastgoxga tushadigon maxsulot yuklamasininazorat kilish uchun maydalash vallari orasidan namuna olinadi. Eni 100 mm bulgan kurakchani butun valning uzunligi buylab 30 s mobaynida utkazib olinadi. Olingan maxsulot ulchanib, sung maxsulot yuklamasi aniqlanadi. Un zavodi barcha vali dastgoxlarning ishini baxolash uchun umumiy solishtirma yuklama-bir sutkada barcha vali dastgoxlarning 1 sm uzunlikdagi maydalash chizigiga tugri
Tugri keladigan kilogrammlar bilan ifodalanadi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun tegirmonning bir kalendar oy ichidagi urta sutkaviy unumdorligi barcha vali dastgoxlar maydalash chizigining umumiy uzunligiga (sm larda ) bulinadi.
Yorma boyitgichlarda yormacha va dunstlarni boyitish jarayoni asosiy texnologik jarayonlardan biri bulib xisoblanadi. Olinadigan unning sifati yorma boyitish mashinalarining ish unumdorligiga boglik. Bu mashinalarning ishini doimiy ravishda nazorat kilib turish kerak. Mashinalardan olinadigan yormachalar fraksiyalarining miqdori va sifati buyicha uning ishi tugrisida xulosa kilish mumkin. Yormachalar miqdori yorma boyitish mashinalarining ishidan miqdoriy balans olish yuli bilan aniqlanadi. Yorma boyitgichni nazorat kilish uchun tushayotgan maxsulot okimidan namunalar olinadi. Dastlabki maxsulot mashinaning kabul tarnoviga tushadigan kuvur ostidan olinadi. Yormachalarning elanma fraksiyasi kuzov yiggich kuvuri ostidan olinsa kolgan maxsulotlar koldik kamerasi tagidan olinadi. Namuna olish jarayoni 30 sek ichida amlga oshirilishi kerak. Barcha maxsulotlar ulchanib, mashinaga tushadigan tushadigan va undan chikib ketadigan maxsulotlar miqdori buyicha miqdoriy balans tuziladi. Yormachalar chikimi foizlar ulushida kuyidagi formula yordamida xisoblanadi.
Bu erda: G – tushadigan maxsulot miqdori, kg; G1 – mashinaning birinchi 2 elagining o’tgan elanma maxsuloti miqdori, kg/soat; G2 – mashinaning 2-chi ikkita elagidan o’tgan elanma maxsuloti miqdori, kg/ soat