Donni saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi


T ahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlash



Download 19,88 Mb.
bet3/56
Sana12.07.2022
Hajmi19,88 Mb.
#783252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
2 5359811635684840715

T ahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlash. Namu-na dastlabki to‘plamdan bir yo‘la olingan oz miqdordagi donga ayti-ladi. Dastavval don to‘plamini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi va uning bir turligi aniqlanadi, chunki namunaga olinadigan nusxa miqdori uning bir turligi va hajm darajasiga bog‘liqdir.
Namuna materiali olish uchun turli sistemadagi (konus, silindr va qopli) shuplar va maxsus namuna olgichlar qo‘llaniladi (1-rasm).Konusli vagon shupi 1-rasm shuplarning asosiy turi hisoblanib, idishga joylanmagan to‘plamlardan namuna materiali olishda foydalaniladi. Ushbu shup konus shaklidagi stakandan, qopqoq va shtangadan tashkil topgan. Stakan hajmi 150-180 ml. SHtanganing quyi tarafi qopqoqqa mahkamlangan, yuqori tarafi vintli rezbaga ega bo‘lib, unga tirsak yoki qo‘shimcha shtanga buralgan bo‘ladi. Namuna materiali olish uchun konusli shupni yopiq holatda don uyumiga tushuriladi. SHtangani ko‘tarishda shup qopqog‘i ochiladi va stakan donga to‘ldiriladi. So‘ngra shup olinadi va stakandagi don brezent yoki qop matosiga to‘kiladi.
Qop shupi qoplarga joylangan donlardan namuna qismi olishda foydalaniladi (1-rasm). SHupni ichki qismining uzunligi 20-30 sm, tutqichi 10 sm atrofida. Don chiqish darchasi diametri 1-2 sm. Shup yog‘och g‘ilofda saqlanadi.
Silindrli shupda 2 latun quvurchalar bir-biriga o‘rnatilgan. Ichki quvurcha kameralarga bo‘lingan (1-rasm). Ichki, shuningdek tashqi quvurchalar ichki quvurchadagi kamera miqdoriga to‘g‘ri keladigan bir taraflama darchalardan iborat. Ichki quvurcha yog‘och tirsak bilan tugaydi. Uning yordamida quvurcha aylantirib turiladi. Namuna materiali olishda shup yopiq holatida don xirmoniga tushiriladi. So‘ngra tirsak yordamida ichki quvurchaning teshiklari tashqi quvurcha darchalari bilan to‘g‘ri kelgunicha aylantiriladi. SHup don bilan to‘lganidan so‘ng tirsak qarshi tomonga buriladi va darchalar berkiladi. Keyin shup olinadi va undagi don oldindan tayyorlab qo‘yilgan qop matosi yoki brezentga to‘kiladi. Silindr shupining qulayligi shundaki, uni qo‘llash paytida bir vaqtning o‘zida xirmonning bir necha qatlamida namuna qismlarini olish mumkin, ammo bu kameralarni berkitishda donlarni kesilish hollari yuz beradi, bu esa o‘z yo‘lida namunada uringan donlar foizning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Konus shuplari yordamida namuna qismi olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: namuna qismi avval yuqori qatlamdan, so‘ng o‘rtagi va eng keyingi navbatda quyidagi qatlamdan olinadi.
Avtomshinadan donning namuna qismi kuzovning to‘rt nuqtasidan olinadi, buning ustiga olinish nuqtalari kuzov chekkasidan 0,5 metr uzoqlikda bo‘lishi shart. Namuna qismlarini yoxud yuqori qatlam va kuzov sathiga yaqin erdan, yoxud xirmonning butun chuqurligidan (shupning tuzilishiga qarab) olinadi. Namuna qismlarining umumiy og‘irligi 1 kg dan kam bo‘lmasligi kerak.
Namuna qismlarini erkin olish imkonini beradigan vagon-larda don ortiladi, ikki o‘qli vagonlardan ularni shup bilan 5 nuqtasidan: 4 burchagidan (50-75 sm masofada) va vagonning o‘rtasi-dan (A chizma) olinadi. Xar bir nuqtada qismlari xirmonning uch qatlamida: yuqori qatlamida 10 smgacha chuqurlikda, o‘rtagi qatlamda xirmonning taxminan yarmiga yakin chuqurlikda va vagon sathidan olinadi. To‘rt o‘qli vagonlarda namuna qismlari don xirmoni usti-dan 11 nuqtada, ya’ni vagonning yon devorlaridan (4 nuqtadan) va 3 nuqtada vagon o‘rtasidan, shuningdek, uch qatlamda olinadi (B chizma.)


Download 19,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish