Elita pitomnigi. Har yili steril analogi superelita va sterillikni
mustahkamlovchi analog urug’liklari asosida tashkil etiladi. Qatorlari bir-biri
bilan navbatlashib ekiladi. Vegetasiya davrida nav o’tog’i o’tkaziladi, shu
bilan birga notipik o’simliklar va steril analoglari qatoridagi ro’vagi gullagan
o’simliklar chiqarib tashlanadi. O’zidan changlatilgan liniyaning elitasini
ifloslanishdan saqlash uchun mustahkamlovchi analoglar qatoridagi hosil
to’la pishish davri boshlanishigacha yig’ib olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |