ommaviy tanlash yo’li bilan yaratilgan navlarning urug’chiligida va yangi
istiqbolli hamda kamyob (defisit) navlarning urug’chiligini jadalashgan holda
ko’paytirishda qo’llaniladi.
Ommaviy tanlash usulidan foydalanganda elita urug’liklarini
yetishtirish tartibi quyidagi bosqichlardan iborat (28-rasm):
1 nchi yil tanlash pitomnigida yoki
superelita, elita ko’paytirish pitomnigida
eng yaxshi tipik o’simliklarni tanlash
Eng yaxshi o’simliklarning
urug’ini birlishtirish
28-rasm. Donli ekinlarning elita urug’ligini ommaviy tanlash usulida
yetishtirish sxemasi
-birinchi va ikkinchi yilgi ko’paytirish pitomnigi, super elita va elita.
Elita o’simliklarini tanlash superelita va elita ekinlarining yuqori mahsuldor
maydonlarida o’tkaziladi. Morfologik belgilari bo’yicha tahlil qilingandan
so’ng ular alohida-alohida qilib yanchiladi, mahsuldorligi va doni bo’yicha
baholanadi, undan keyin eng yaxshi o’simliklarning urug’liklari birlashtirilib
ko’paytirish pitomnigida ekish uchun foydalaniladi. Bunday o’simliklarning
Биринчи-иккинчи йил
кўпайтириш питомниги
Суперэлита
Элита
Уруғликни кўпайтириш, нав ва тур
ўртоғи, негатив танлаш
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
soni ekinning turi va elita urug’likka bo’lgan talabiga qarab belgilanadi.
Odatda uning soni 2-3 ming dan kam bo’lmasligi kerak.
Elita urug’ligiga talab katta hajmda bo’lganda urug’lik ikkinchi yilgi
ko’paytirish pitomnigida qayta ekiladi.
Ko’paytirish pitomnigida yig’ib olingan urug’lik yaxshi saralanib-
tozalanib superelita ekish uchun foydalaniladi. Superelita urug’liklari elita
urug’ligini olish uchun ekiladi.
Ommaviy tanlash ko’pchilik ekinlarning elita urug’ligini yetishtirilish
muddatini ancha qisqartirishi tufayli yakka tanlashga nisbatan yangi navlarni
joriy etishning dastlabki bosqichlarida afzalroq bo’ladi. Morfologik va
genetik jihatdan bir tekis navlarda ommaviy tanlash yakka tanlashga
o’xshash natijalarga ega. Urug’ligidan ko’paytirish jarayonida ajralish davom
etayotgan navlar bilan ishlaganda avlodlarning yuqori darajadagi bir
tekisliligi faqat yakka tanlashdan foydalanishda amalga oshadi.
Mexanik va biologik ifloslanishni va kasalliklar bilan zararlanishni
oldini olish uchun bitta navning hamma urug’chilik pitomniklarini boshqa
urug’chilik ekin maydonlaridan, ayniqsa shu turga mansub ekin seleksion
pitomniklaridan ishonchli ravishda ajralgan (masofaviy izolyasiya) holda
joylashtirish lozim.
Vegetasiya davrida ekinlarni parvarishi, begona o’tlar, kasallik va
zararkunadalarga qarshi kurashish choralari va nav o’tog’i yuqori darajada
o’tkazilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: