4. Urug’chilikning ahamiyati, vazifasi va nazariy asoslari.
Urug’chilik O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hududidagi O’zbekiston Qishloq Xo’jaligi
ilmiy-ishlab chiqarish markazi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari,
oliy o’quv yurtlari va boshqa ilmiy tashkilotlar tomonidan ilmiy jihatdan
ta’minlanib, ular:
-seleksiya va urug’chilik bo’yicha ilmiy texnika dasturlarini;
-urug’chilik, urug’shunoslik va navshunoslikning ilmiy asoslangan
tizimini;
-yangi va istiqbolli navlarni joriy etishga doir tavsiyalarni;
-yuqori sifatli urug’lik yetishtirish samaradorligini oshirishining uslub
va usullarini;
-urug’chilikda axborot bilan ta’minlash tizimini ishlab chiqadilar.
Urug’chilikning nazariy asoslari-genetikadir. Seleksiya va urug’chilik
genetik qonuniyatlardan foydalanishga asoslangan.
Urug’chilik o’zining barcha amaliy ish faoliyatini irsiyat va
o’zgaruvchanlik to’g’risidagi ta’limotga amal qilgan holda olib boradi.
Shunga asoslanib navning hosildorlik imkoniyatlarini to’la-to’kis ro’yobga
chiqarish hamda uning xo’jalik-biologik xususiyatlarini saqlab qolishga
qaratilgan ish rejalari dasturi va uslublarini ishlab chiqadi va ulardan amalda
foydalaniladi.
Bir nav (geterozisli duragay) ichida o’simliklarning bir xilligi tanlash
orqali amalga oshiriladi va o’zidan changlanuvchi o’simliklarda o’zidan
changlanish orkali saqlanib turiladi. Navning biologik saqlanuvchanligi
(o’simliklarning bir xilligi) changlanish usulining davomiyligi va
modifikasion o’zgaruvchanlik darajasi bilan aniqlanadi.
O’zidan
changlanishning
o’zidan
changlanuvchi
va
chetdan
changlanuvchi ekinlarning navlari uchun ahamiyati har xil. Birinchilarda u
tanlash orqali yaratilgan tizimni mustahkamligini ta’minlaydi, ikkinchilarida
esa uni yo’qqa chiqaradi. Shuning uchun o’zidan changlanuvchi ekinlar
navlari uzoq vaqt saqlanadi, chetdan changlanuvchi navlar esa tez (kisqa)
vaqtda buziladi.
O’zidan changlanuvchi ekinlarning evolyusiyasi va seleksiyasid
chetdan changlanish katta rol o’ynaydi. Spontan (tabiiy) va sun’iy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
duragaylanish hamma organizmlar, jumladan o’zidan changlanuvchi
o’simliklarning evolyusiyasi va seleksiyasida boshlang’ich materialini hosil
qilinishi va shakllanishining asosiy manbaidir.
Chatishish natijasida duragay shakllar hosil bo’ladi. O’zidan
changlanuvchilarda
duragay
shakllarni
navga
aylanish
jarayoni
geterozigotalilikdan gomozigotalilikka qarab o’zidan changlanish orqali
o’tadi. Tanlash turg’un gomozigotali tizimlarni o’zidan changlanish
jarayonida hosil qiladi va mustahkamlaydi. Demak, o’zidan changlanish
natijasida tanlash orqali o’zidan changlanuvchi ekinlarning qimmatli xo’jalik
belgi va xususiyatli navlari hosil bo’lar ekan, u ular uchun zararli bo’la
olmaydi.
Chetdan changlanuvchi ekinlarda o’zidan changlanish zararli ta’sir
qiladi. U insuxtning birinchi avlodidayoq kuzatiladi: hosildorligi keskin
kamayadi, o’simlikning o’sishi va rivojlanishi pasayadi va boshqa ko’pchilik
belgi va xususiyatlari yomonlashadi. O’zidan changlanuvchi ekinlarda
o’zidan changlanish natijasida hyech qanday yomonlashish (depressiya) va
qarish bo’lmaydi.
Urug’chilik ishlarini to’g’ri olib borish uchun parvarish qilinayotgan
navlarning biologik va o’zgaruvchanlik xususiyatlarini yaxshi bilish shart.
Shuning uchun navlarning eng muhim xossalari va ishlab chiqarishda ulardan
foydalanish paytida ularning o’zgaruvchanligiga ta’sir ko’rsatadigan ayrim
omillar bilan tanish bo’lishi kerak. Masalan, changlanish xillarining navlarga
ta’siri.
O’zidan
changlanuvchi
o’simliklarning
xo’jalik-biologik
xususiyatlarini saqlanishi yoki o’zgarish sabablari. Ch.Darvin o’zining
«O’simliklarga chetdan va o’zidan changlanishning ta’siri» asarida
ko’rsatishicha, chetdan changlanuvchi o’simliklarni sun’iy ravishda o’zidan
changlashtirish keskin salbiy ta’sir ko’rsatadi, ammo bu hol o’zidan
changlanuvchi o’simliklarda ro’y bermaydi.
O’zidan changlanuvchi o’simliklarning navlari uzoq muddat o’zidan
changlantirish tufayli emas, balki boshqa sabablar ta’sirida yomonlashib
ketishi mumkin. Akademik N.I.Vavilov bu haqda «Seleksioner va
urug’chilarning tajribalari bug’doy, arpa, suli kabi o’simliklarda genetik
aynish mavjudligini ko’rsatmaydi, ko’pchilik navlar yuzlab yillar davomida
genetik aynishning hyech qanday sezilarli izisiz mavjuddir» deb yozadi.
Aslida navlarning yomonlashuviga ularning biologik va tasodifiy ifloslanishi
sabab bo’lib, tanlash olib borilmaganda bu xodisa o’zidan changlanuvchi
o’simlik navlarida ham, chetdan changlanuvchi o’simlik navlarida ham sodir
bo’ladi.
Ekinlarning barcha navlarini yaratishda tanlashdan foydalanib,
o’simliklardagi qimmatli xo’jalik belgi va xususiyatlar kuchaytiriladi.
Seleksiya nuktai nazaridan mukammal bo’lgan har bir nav irsiy
xususiyatlarini uzoq vaqt, bir necha bo’g’inlar davomida mustahkamlab
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
saqlab bora oladi. Biroq nav urug’ini ko’paytirish va undan foydalanish
jarayonida navga xos bo’lgan muhim xo’jalik-biologik belgilar asta-sekin
o’zgarib, nav yomonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: