Urug’chilik pitomnigi. Har yili hamma boshqa pitomniklar va
makkajo’xori
ekinlardan
masofaviy
izolyasiya
qilingan
maydonda
joylashtiriladi. 3-4 yillik davrning birinchi yili tanlash pitomnigidan olingan
tipik o’zidan changlatilgan liniyalarning urug’lik zahirasidan ekiladi. Undan
keyingi 2-3 nchi yili shu pitomnikning o’zida tipik oilalardan tanlab olingan
tipik so’talar urug’liklari ekiladi. Har bir oila urug’liklari orasida izolyasiya
qo’llanilmay, qator-qator qilib ekiladi. Notipik oila va o’simliklar
gullashgacha va dala aprobasiyasi yakunlariga qarab hosilni yig’ib olish
vaqtida brak qilib chiqarib tashlanadi. Tipik oilalar hosili bir partiya qilib
birlashtiriladi va o’zidan changlatilgan liniyalarning superelitasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |