Odatdagi fertil liniyalar urug’ligini yetishtirish. Tanlash pitomnigi.
3–4 yilda bir marta urug’lik pitomnigidagi o’zidan changlatilgan eng tipik
o’simliklar urug’liklari asosida tashkil qilinadi. O’zidan changlatilgan
o’simliklar so’talaridan olingan urug’liklarning yarmi alohida qatorlar qilib
ekiladi, qolgani esa zahiraga qoldiradi. Har qaysi oilada fenologik kuzatishlar
o’tkaziladi va hosilidagi so’talar bo’yicha tipikligi bo’yicha baholanadi.
Ko’paytirish uchun faqat tipik oilalarning urug’idan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |