Aralashtirilgandan keyin dastlabki namuna ikkinchi marta kvadrat shaklida (mayda urug‘lik ekinlari uchun 1,5 sm va yirik urug‘liklar uchun 5 sm dan ortiq bo‘lmagan qalinlikda) taqsimlana-di va yupqa taxtacha yoki chizg‘ich bilan dioganal bo‘yicha 4 ta uchbur-chakka bo‘linadi (3-rasm). So‘ngra ikki qarama-qarshi uchburchaklar-dagi donlar yig‘ishtiriladi, qolgan ikki uchburchakdagi donlar esa bir-biriga aralashtiriladi va yuqorida qayd etilganidek, o‘sha usulda aralashtiriladi va yana 4 ta uchburchakka bo‘linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi don yig‘ishtirib olinadi, qolgan-lari yana aralashtiriladi. Bu ish ikki uchburchakdagi don og‘irligi taxminan 2 kg ga etguncha davom etadi. Shunda o‘rtacha namuna yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |