Don omborlari va elevatorlarning qurilish maydonga qo`yiladigan talablar



Download 0,8 Mb.
Sana06.04.2022
Hajmi0,8 Mb.
#532843
Bog'liq
un don omborlari

Don omborlari va elevatorlarning qurilish maydonga qo`yiladigan talablar

Qurilish maydoniga qo`yiladigan talablar

  • Don omborxonalari qurishga sarflanadigan kapital harajatlarning hajmi va foydalanish harajatlarining miqdori qurilish maydonini to`g’ri tanlashga bog’liq bo`ladi.
  • Don omborxonasi uchun uchastkani tanlash maxsus tasdiqlangan izlanishlarga asoslangan bo`lishi kerak. Belgilangan joyda don omborxonasi qurishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va texnik imkoniyatlari tekshirilishi kerak.
  • Korxonani qurilish maydonini tanlash birinchi navbatda hosildorlikka qarab korxona sig’imini tanlashga qaratilgan bo`ladi. Keyin don omborxonasining donni aylantirish sharoitlari hisobga olinadi va nixoyat, yaqin va uzok kelajakda shu sig’imga bo`ladigan talab hisobga olinadi.
  • Don omborxonasi quriladigan uchastkaga katta talablar qo`yiladi. Hudud tekis, oqova suvlarni olib kYetishni ta`minlaydigan qiyalikka ega bo`lishi kerak.
  • Hudud uchun 0,003 dan 0,03 gacha qiyaliklar tavsiya etiladi. U tyemir yo`l stantsiyasiga etarlicha yaqin bo`lishi kerak. Daryo yaqinida uchastka suv bosmaydigan qirg’oqda joylashtirilishi kerak.
  • Hududdagi gruntning ko`tarish qobiliyati omborxonalar va elevator qurish uchun etarli bo`lishi kerak. elevator poydevorining gruntga beradigan yuklanish (3…4)*105 Pa (3…4 kg/sm2) ga etadi, shuning uchun poydevor joylashadigan gruntning ko`tarish qobiliyatini to`g’ri baholash kerak. elevatorning asosi muhandislik – geologik izlanishlar va gruntlarni tadqiq qilish asosida loyihalanadi.

Qoidasiga ko`ra silos korpusi balandligi bo`yicha uchta zonaga bo`linadi. Har bir zona ketma – ket yuklanadi. Keyingi zonani yuklash oldingi zonalarni yuklash tugagandan keyin amalga oshiriladi. Har bir zona chegarasida siloslar tekis va simmetrik to`ldiriladi.

  • Qoidasiga ko`ra silos korpusi balandligi bo`yicha uchta zonaga bo`linadi. Har bir zona ketma – ket yuklanadi. Keyingi zonani yuklash oldingi zonalarni yuklash tugagandan keyin amalga oshiriladi. Har bir zona chegarasida siloslar tekis va simmetrik to`ldiriladi.
  • Elevator ishchi binosining tekis cho`kishini ta`minlash faqat vertikal holatda ishlashi mumkin bo`lgan noriyalarning me`yordagi ishlatilishini ta`minlash uchun ham kerak bo`ladi.
  • Hududni tanlashda quyidagi talablar inobatga olinadi:
  • tabiiy rel’efni iloji boricha saqlab qolish;
  • er ishlarini hajmi iloji boricha kam bo`lishi;
  • yuza belgilarining, bino quyi qavatlari pollari bilan bog’lash;
  • er massalarining joylashuvi siljish va o`tirish holatlarinig yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaslik, er osti suvlari rejimlarining buzilishiga yo`l qo`ymaslik kerak.

Tayyorlov korxonasining bosh rejasi

  • To`g’ri tanlangan maydondan samarali foydalanish kerak, ya`ni korxonaning bosh rejasini tuzish kerak.
  • Don omborxonalarini joylashtirishda davlat qonunlari bilan belgilangan SN va P (qurilish me`yorlari va qoidalari) hisobga olinadi.
  • Bosh reja korxona ishining kelajakdagi sharoitlarini har tomonlama o`rganish, yangi va tajribada sinovdan o`tgan mashinalarni joriy qilish, qurilish uslublarini hisobga olib ishlab chiqiladi. Bu qurilshini barcha jihozlar bilan tez ta`minlash va ishlab chiqarish ishlarini yuqori sifatini ta`minlash imkoniyatini beradi.
  • Korxonaning bosh rejasi, rejada barcha asosiy, yordamchi binolar va inshootlarni, kirish yo`llarini, energiya va suv ta`minoti oqimlarini bog’lashdan iborat bo`ladi.
  • YOng’in xavfsizligi qoidalari binolar va inshootlarni orasida ma`lum uzilishlar qoldirish va o`t uchirish mashinalarini korxonaning barcha ob`ektlariga qulay va tez kirishishni ta`minlashni ko`zda tutadi.
  • YOng’in xavfsizligi talablariga va neft’ omborlari, gaz zavodlari va boshqa yong’in xavfiga ega bo`lgan ob`ektlargacha bo`lgan minimal masofaga bir xilda rioya qilish kerak.

Tayyorlov elevatorining bosh rejasi:

  • 1-silos korpusi; 2-yuqorigi va pastki konveyrli mexanizatsiyalashtirilgan don omborxonalari; 3-reversiv konveyrlar uchun ayvon; 4-noriyalar uchun minora; 5-tyemir yo`l transportiga yuklash-bo`shatish qurilmasi; 6-nasos stantsiyasi va suv idishi; 7-artezon kudug’i; 8-vizalash maydoni va laboratoriya; 9-idora va laboratoriya; 10-avtomobil tarozisi; 11-aspiratsion chang uchun bunkerlar; 12-elevatorning ishchi binosi; 13-avtomobil transportidan qabul qilish qurilmasi; 14-chiqindilar va chang uchun bunker; 15-don quritgich; 16-yordamchi korpus; 17-suyuq yoqilg’i uchun ombor; 18-ko`mir ombori; 19-suyuq yoqilg’ini tsisternalardan qabul qilish qurilmasi.

Port elevatorining bosh rejasi:

  • 1-silos korpusi; 2-tyemir yo`l; 3-tyemir yo`l transportidan qabul qilish qurilmasi; 4-er osti konveyr galereyyasi; 5-don quritgich; 6-chiqindilar tsexi; 7-teplovoz uchun depo; 8-yoqilg’i quyish qurilmasi; 9-yoqilg’i ombori; 10-jo`natish konveyrlari uchun er usti ayvoni; 11-donni kyemalarga yuklash qurilmasi; 12-ta’mirlash ustaxonasi va qozonxona; 13-aylanuvchi minora; 14-qabul qilish va jo`natish konveyrlari uchun er usti ayvoni; 15-ishchi bino; 16-bog’lovchi ayvon; 17-ma’muriy bino va laboratoriya; 18-elevatorni kengaytirish joyi; 19-qabul qilish konveyrlari uchun er usti ayvoni; 20-pnevmatik donni qayta yuklagichlar.

Ishlab chiqarish, port, uzatish va boshqa elevatorlarning bosh rejasi tayyorlov elevatorlarnikidan farq qiladi.

  • Ishlab chiqarish, port, uzatish va boshqa elevatorlarning bosh rejasi tayyorlov elevatorlarnikidan farq qiladi.
  • Un tortish kombinatining bosh rejasi elevatorning ishchi binosini va silos korpusi donni qayta ishlash korxonalari bilan bir qatorda joylashtirishni ko`zda tutadi. Ayrim hollarda bunday imkoniyat bo`lmaganida elevator donni qayta ishlash korxonasi bilan ishchi bino tegirmonining donni qayta ishlash bo`limi qarshisida joylashadigan va u bilan konveyerli ayvonlar bilan bog’lanadigan qilib joylashtiriladi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish