Marten pechi. Yuqorida qayd etilganidek, konvertorli pechlarda po‘lat ishlab chiqarish usullarining kamchiliklarini kamaytirish borasidagi izlanishlar Marten usuli paydo bo‘lishiga olib kelgan. Marten pechining ish bo‘shlig‘i gorizontal yo‘nalishda cho‘zilgan kameradan iborat (7.3-rasm). Ish bo‘shIig‘ining devorlari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlanadi. Pechning qiziydigan qismlari suv bilan sovitish qurilmalari bilan ta’minlangan. Pechning old qismida shixta materiallarini yuklash uchun darchalar mavjud. Orqa devorida esa erigan metall va shlakni chiqarish uchun maxsus teshiklar bo‘lib, ularga novlar o‘matilgan. Suyuq metallni pechdan ravon chiqishi uchun uning tubi va devorlari ma’lum qiyalikda ishlangan. Pech juft regeneratorlarga ega. Pech vannasidagi shixtani eritish uchun regeneratorlarda 1880-2000°C ga qizdirilgan yonuvchi gaz pech bo‘shlig‘idagi havo kislorodi hisobiga yondiriladi. Buning uchun jarayonning boshlanishida pechga haydalayotgan gaz bilan havo I200-1300°C gacha qizdiriladi. Keyinchalik regeneratorlar pechdan chiquvchi yonish mahsulotlari issiqligi hisobiga qizib, pechga haydab turiladigan sovuq gaz bilan havoni kerakli haroratgacha qizdirib turadi. Qizigan gaz va havoning harorati regeneratorlaming yuqori qismida 1100°C ga yaqin boMadi. Regeneratorlardan pechga haydalayotgan gaz bilan havo pech og'zida aralashib yonadi. Pechga kiritilgan shixta materiallari yonuvclti gaz mahsulotlari issiqligi ta’sirida qizib, suyuqlana boshlaydi. Yonish mahsulotlari pech vannasining yuza qismidan o‘tib, ikkinchi juft regeneratorlarni qizdiradi. Pechdan chiqayotgan yonish mahsulotlari mo‘ridan chiqib ketadi. Birinchi juft regeneratorlar kameralari liaydalgan havo va gazni yetarli darajada qizdira olmaydigan darajada sovigach, maxsus klapanlar vositasida yonish mahsulotlarining linrakat yo‘nalishi o'zgartiriladi. Marten pechlarida qayta ishlanuvchi shixta materiallarini eritish quyidagi ikki variantda olib boriladi: • skrap-jarayon; • skrap-ruda jarayoni. Mashinasozlik va kichik metallurgiya korxonalarida sifatli poMatlar olishda skrap-jarayon qo‘llaniladi. Bunda shixtaning 55-75 % temir-tersak, qolgani esa qayta ishlanadigan cho‘yandan iborat boMadi. Domna pechlari mavjud boMgan yirik metallurgiya korxonalarida skrap-ruda jarayoni ishlatiladi. Bunda shixtaning 60-75 % suyuq cho‘yandan, qolgani esa po‘lat skrapdan iborat bo'ladi. Zamonaviy pechlarning sig‘imi 200-900 tn atrofida boiib, ularda uglerodli, kam va o‘rtacha legirlangan po‘latlar olinadi. Bunday pechlar yordamida olingan po‘latlar pech gazlari bilan birmuncha ko‘proq to‘yinganligi yuqori legirlangan asbobsozlik va maxsus xossali po‘latlar olishni cheklaydi.