Po‘lat va qayta ishlanadigan cho‘yanning kimyoviy tarkibi
PoMat ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlarga ajratiladi:
•Shixtani suyuqlantirish. Bu davrda aw al Fe, so‘ngra Si, P, Mn
elementlari oksidlanadi va bu oksidlar o ‘zaro birikib shlak hosil
qiladi;
Uglerodning oksidlanishi. Vanna haroratining ko‘tarilishi bilan
uglerod shiddatli oksidlana boshlaydi. Bunda metall erigan shlakdagi
CaO bilan reaksiyaga kirishib, CaS tarzida shlakka o ‘tadi. Shlak
tarkibida kalsiy oksidi ko‘p, temir oksidi esa kam miqdorda bo‘lsa
metall oltingugurtdan yaxshiroq tozalanadi.
Temir oksididan temirning qctytarilishi. PoMatda kislorod boMishi
uning mexanik va texnologik xossalariga putur yetkazadi. Shu sababli
poMat ishlab chiqarish jarayonida undagi temir oksididan Fe ni ajratish
muhim davr hisoblanadi. Fe ni ajratish maqsadida temirga nisbatan
kislorodga yaqinroq boMgan birikmalar va alumin boMaklari yoki
ularning kukunlari vannaga maMum miqdorda kiritiladi. Natijada hosil
boMayotgan oksidlar osongina birikma hosil qilib shlakka o ‘tadi.
Temir oksididan temimi qaytarish jarayonni toMa qaytarilgan,
qaytarilmagan va chala qaytarilgan xillarga ajratiladi.
PoMat olishda asosan konvertor, marten yoki elektr pechlaridan
foydalaniladi.
Bu pechlar maMum afzallik va kamchiliklarga ega.
Bessemer konvertori nok shaklidagi qurilma boMib, ichki
devorlari o ‘tga chidamli materiallar va sirti poMat list bilan qoplanadi.
Qurilmaning o‘rtasi ikkita sapfadan iborat metall halqa bilan o‘raladi
Sapfa (3) ning ichi g‘ovak. Sapfalar poydevorga o‘matil-
gan ustunlar (6) ga tayanadi. Qurilma tubida diametri 15 mmli teshiklar
bo‘lib, havo qutisi (1) bilan tutashgan. Sapfa (3) ga gidravlik porshen
bilan bog‘langan shestemya (4) o‘matilgan. Gidravlik porshen
harakatga kelganda konvertor tishli reyka (5) va shestemya (4) orqali
o ‘z o‘qi atrofida aylanadi.
Konvertomi ishga tushirayotganda yotiq (gorizontal) holatga
keltirilib, unga suyuq cho‘yan quyiladi. Keyin past bosimda havo
haydaladi. Havo kanallari suyuq cho‘yan bilan bekilib qolishini
bartaraf etish maqsadida konvertor tik (vertikal) holatga asta-sekin
keltiriladi.
Konvertomi tik holatga keltirish mobaynida havo bosimi 2,5 atm
oshirib boriladi. Bu vaqtda suyuq cho‘yan shiddat bilan oksidlana
boshlaydi:
2Fe + 0 2 = 2FeO + Q kkal
Si + 0 2 = S i0 2 + Q kkal
2Mn + 0 2 = 2MnO + Q kkal
Si + 2FeO = S i0 2 + 2Fe + Q kkal
Mn + FeO = MnO + Fe + Q kkal
Oksidlar o‘zaro birikib silikat tarzida shlak hosil qiladi:
MnO + S i0 2 = Mn S i0 2
FeO + S i0 2 = FeO S i0 2
Dastlab uglerod yonmaydi, chunki vannadagi harorat uning
yonishi uchun yetarli bo‘lmaydi. Kremniy va marganeslaming oksid-
lanishi natijasida vannadagi harorat ko‘tarilib, uglerod yona boshlaydi:
2C + O2 = 2CO - Q kkal
С + FeO = CO + Fe - Q kkal
Konvertoming sig'imi, qayta ishlanayotgan cho‘yan tarkibi va
ulaming miqdoriga ko‘ra uglerodning yonishi 8-10 daqiqa davom
etadi. Cho‘yan tarkibidagi uglerod yonib kamayishi natijasida alanga
pasayib qo‘ng‘ir tutun chiqa boshlaydi. Bu esa cho'yan tarkibidagi
qo‘shimchalar deyarli yonib tugaganligini bildiradi. Kutilgan
tarkibdagi po‘lat olingach, jarayonni tugatish uchun konvertomi yotiq
holatga keltira borish bilan havo bosimi asta-sekin pasaytirib boriladi
va to ‘xtatiladi.
Ingliz metallurgi S.Tomas fosforga boy cho‘yandan po‘lat olish
maqsadida Bessemer konvertorining ichki devorlarini asosan o ‘tga
chidamli dolomit g‘ishtidan terishni va suyuq cho‘yanni quyishdan
oldin flyus sifatida ohaktosh kristallari kiritishni taklif qilgan.
0 ‘zgartirilgan Bessemer konvertori Tomas usuli deb ataldi.
1953-yildan e’tiboran asosli konvertorlarga quyilgan qayta
ishlanadigan cho‘yan sathiga texnik toza kislorod haydash yo‘li bilan
turli markalardagi uglerodli va kam legirlangan po‘latlar olish usullari
qo'llanila boshlandi. Bu usulning oddiy konvertor usulidan farqi
shundaki, jarayonning boshidanoq metall yaxshi aralashgani uchun
uglerod, kremniy va boshqa qo‘shimchalar yaxshi oksidlanadi.
Natijada kisloroc|iing ta’sir doirasida harorat 3000°C gacha
ko‘tariladi. Konvertorda metall tez qizib, yaxshi qizigan faol shlak
hosil bo‘ladi. Bunda fosfor va oltingugurt shlakka o ‘tadi. Bu usul
sanoatda borgan sari keng qo‘llanilmoqda, chunki u oddiyligi,
ixchamligi, yoqilg‘i talab etmasligi, ish unumi yuqoriligi, ishlash
sharoitining yaxshiligi, po‘latda azot va vodorod gazining kamligi,
kapital mablag‘lami kam talab etishi, chiqindilami qayta ishlashga
imkon berishi kabi afzalliklarga ega. Pechning kamchiligi shuki, u
suyuq cho‘yanni ko‘proq talab etadi. Bundan tashqari, metall
kuyindisi ko‘p, ancha miqdorda chang ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |