Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar qattiq va
mo‘rtdir. Sababi shuki, bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki
ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe 3)
holatida, qolgani grafit tarzida b o ‘ladi.
Quyma cho‘yan!ar. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi
erkin holatda, ya’ni grafit tarzida bo‘fadi. Quyma cho‘yanlaming
boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligi shundaki, ular yuqori oquv-
chanlik, qotganda hajmning kam kirishishi, suyuqlanish temperatu-
rasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi kabi xossalarga ega.
Maxsus cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar tarkibidagi doimiy mavjud
element Si, Mn laming miqdori odatdagi cho‘yanlamikiga nisbatan
ko‘p bo iad i.
Shuni qayd etish kerakki, cho‘yanlaming asosiy stmkturasidan tash
qari tarkibidagi grafitning qanday shaklda boiishiga qarab ular kulrang,
juda puxta va bolg‘alanuvchan cho‘yanlarga ham ajratiladi. Kulrang
cho‘yanlardan juda puxta cho‘yanlar olish maqsadida suyuq holatdagi
cho‘yanga oz miqdorda Mg, yoki boshqa elementlar qo‘shiladi.
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yanlar
quymalari maxsus rejimda yumshatiladi.
Domna shlagi. Shlakdan shlak paxtasi, g ish t, sement, shlak
bloklari va boshqa materiallar olishda foydalaniladi.
Domna gazi. 0 ‘rtacha bir tonna cho‘yan olinganda 3000 m
3
hajmgacha domna gazi ajraladi. Bu gaz tarkibida 26-32 % CO, 2-4 %
H2, 0,2-0,4 % CH
4
, 8-10 % C 0
2
va 56-63 % N
2
boiadi.
Domna gazining tarkibidagi ko‘pgina yonuvchi gazlar tozalan-
gach, ulardan havo qizdirgichlarda, bug‘ qozonlarida va boshqa
joylarda y o q ilg i sifatida keng foydalaniladi.
Koloshnik changi. Koloshnik changi tarkibida 40-50 % gacha
temir b o ia d i. Domna gazlari maxsus gaz tozalash qurilmalaridan
o'tkazilib, yigilgan chang aglomerat tayyorlovchi mashinalarda
aglomeratga aylantiriladi.
Domna pechining tuzilishi
2. Domna pechining qo‘shimcha qurilmalari. Havo isitgichlar Havo rekuperatorlaraa 800—1160° gacha qizdirilib, maxsus nasoslar yordamida taqsimlash quvuri va furmalar orqali pechga yuboriladi. Rekuperatorlarning soni pechning katta-kichikligiga qarab toʻrttagacha, furmalar esa 20 tagacha boʻladi.
Domna gazi quvurlar orqali gaz tozalash kurilmalariga kelib tozalanadi. Domnaga berilgan havo furma atrofida uglerod bilan birikib, karbonat angidrid (SO2) hosil qiladi. Domna gazlarining temperaturasi 1900° gacha koʻtariladi. SO2 yuqori temperaturada qisman uglerod (II)-oksid (SO) ga aylanadi. Issiklikning shixtaga sarflanishi va reaksiya natijasida domna gazlarining temperaturasi pasayib, koloshnikda 200—360° atrofida boʻladi. 570° dan past temperaturada temir oksidlaridan ajralgan kislorod SO bilan birikib, SO2 ga aylanadi. temperatura oshganda (750—900°) temir kisloroddan juda tez ajralib, sof temir (Fe) va SO hosil boʻladi. Bu reaksiyalar ortiqcha uglerod taʼsirida utgani uchun qaytarilgan temir uglerod bilan birikib, toza temirga qaraganda pastroq temperaturada suyuklanadigan choʻyan hosil boʻladi (toza temir 1539° da suyuklanadi). Choʻyan va shlak domna pechi gorniga yigʻilib, vaqt-vaqti bilan teshikdan chiqariladi. Shixta materiallari (ruda va koks) da boshqa aralashmalar ham boʻlgani uchun kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor va b. chuyan tarkibiga utadi. Ulardan baʼzilari (kremniy, marganets) foydali, baʼzilari (oltingugurt, fosfor) zararli hisoblanadi. Domna jarayoni ulchov asboblari yordamida kuzatib boriladi. Olinadigan chuyan turi va asboblarning kursatishiga qarab shixta tarkibi, havo temperaturasi va miqdori oʻzgartirib turiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |