Òzbekistonda tashkil qilingan erkin iqtisodiy zonalarning asosiy yònalishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ma’muriy kengash zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli hududda maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat yo‘li bilan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy tartibga rioya etilishini nazorat qilish;
maxsus iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishlarini tashkil etish, maxsus iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarining direksiyalarini shakllantirish va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash va joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish;
tadbirkorlik subyektlarini tanlash va kichik sanoat zonalarida joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasi funksiyalarini bajarish;
maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini ko‘rib chiqish, maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik- kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;
kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga olish loyihalari va shartnomalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimlarning asosiy shartlarini belgilash;
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ishlarning natijadorligi, shuningdek, tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlash, xorijiy investorlarning kompetentligi nuqtai nazaridan MIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga taqdim etiladigan investitsiyaviy buyurtmalarni sifatli va har tomonlama ko‘rib chiqish;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari bilan birgalikda ishlamayotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish xonalari va yerlarni sinchiklab xatlovdan o‘tkazish va ularda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yangidan qurilayotgan korxonalarini joylashtirish hamda MIZ va KSZning yangi hududlarini yaratish yoki ularni kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritish; Ma’muriy kengashning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash ma’muriy kengash raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy kengash organi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi hamda m etodikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ma’muriy kengash organi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi hamda metodikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.